Ekologik muammolar echimidagi asosiy yo`nalishlar.
Tabiiy resurslardan
43
foydalanish bilan bog’liq va hududiy majmuali ekologik muammolar murakkabliligi, ko`p
omilliligi, serqirraligi va ko`p vaqtdan beri shakllanib kelayotganligi hamda ularning
barchasi bir-birlari bilan bog’liq, o`zaro aloqada va ta`sirida bo`lganliklari sababli ularni
echimi ham o`ta murakkabligi, chalkashligi bilan xarakterlanadi. Bu borada eng dolzarb,
eng dinamik, ustivor, bosh muammolar guruhi aniqlanishi va ular bilan bevosita hamda
bilvosita aloqada bo`lgan (1 darajali o`zaro ta`sir va aloqa) muammolar ajratilishi
maqsadga muvofiq. Ular muammolar guruhlari ora- sida boshlovchi (harakatga
keltiruvchi) funktsiyasini bajarayotganliklari tu- fayli umumiy ma`lum tezlikda harakatga
keladilar. SHuni e`tiborga olib umumiy echim strategiyasini tanlashda boshlovchi yoki
harakatga keltiruvchi bosh faol muammolar aniqlanib echim taktikasiga asos solinishi
maqsadga muvofiq.
O`zbekistonda bosh ekologik muammolar sifatida bizningcha, suv, er, atmosfera
havosini ifloslanishi va o`simliklar degredatsiyasini ko`rsatish mumkin, chunki barcha
muammolar tizimlaridan yo`nalgan aloqa va ta`sir yo`nalishlari shu muammolarga kelib
taqaladi. Ular orasida suv va er muammolari eng ustuvor bosh muammolar bo`lishi
mumkin. Respublika hudu- dining arid sharoitida suvga bo`lgan talabi (O`zbekistonda suv
tanqisligi 1970-yillardan boshlab sezila boshlagan va bu jarayon bundan buyon ham
jiddiylashib boradi) katta, lekin u chegaralangan, har qanday talab belgi- langan limitdan
ortmaslik kerak yoki suvni iqtisod qilinishi hisobiga yangi talabni qondirish mumkin.
Mazkur suv tanqisligi sharoitida mavjud suv resurslarini antropogen ifloslanishi
muammoni yanada jiddiylashtir- moqda, bunda daryolarning o`rta va quyi oqimlarida
aholini ichimlik suvi bilan to`liq ta`minlashning iloji bo`lmayapti, shuningdek sug’orma
erlarga daryolarning sho`r suvlari bilan ortiqcha tuz kelib to`planmoqda. Bunda orol,
vohalarda grunt suvlari sathini ko`tarilishi natijasida gidromeliorativ va gidroekologik
vaziyatlari tang muammolari, sun`iy tamonlama ko`llarni vujudga kelgani, kanallardan
suvni gruntga shimilib o`tishi (u 30-35 ni tashkil qiladi), sug’orish texnikasining etarli
darajada samarador emasligi (40-45% suv tuproqqa shimilishga sarf bo`ladi) va boshqa
jarayonlar suv muammosini keskinlashtirmoqda. Er usti suvlarining ifloslanishi er osti
suvlarini sifatini buzilishiga ta`sir etmoqda.
Suv muammolarining echimi borasida bosh tadbir, bizningcha, avvalo suvdan
44
rasamadiga yarasha foydalanishni yo`lga qo`yish, buni birincha navbatda sug’orma
dehqonchilikda qo`llanishi talay suv hajmini iqtisod qilishga imkon beradi. Sug’orish
meyorini gidromodul’ rayon ko`rsatkichlariga qadar kamaytirish bilan 20-30 % suvni
tejash mumkin. Mavjud sug’orish texnologiyasini joriy etish bilan yana 30-40% suv
xajmini iqtisod qilishga erishiladi. egat oralab sug’orishni zamonaviy sug’orish
texnologiyasi-yomg’irlatib, tuproq ostidan tomchilatib, diskret usullarini qo`llash katta
samara berishligi avvaldan fanga ma`lum, chet ellarda amalda keng qo`llanilmoqda.
Sug’orish meyorini biologik me`yorga qadar kamaytirish bilan sug’orish suvlarini
gruntga bekorga shimilib o`tadigan qismini cheklash imkoniyati vujudga keladi. Bu bilan
grunt suvlarini vujudga keltiradigan sug’orish suv hajmi keskin kamayadi va shu bilan
birga qaytgan suvlar miqdori ham o`z navbatida bosqichma-bosqich kamaya boradi.
50-yillarning oxirlarigacha respublikada qaytgan suvlar deyarli bo`lmagan, chunki
ekinlarni sug’orish me`yor asosida olib borilgan.
Suvni sanoat,transport, qurilish, baliq xo`jaligi, maishiy-kommunal xizmatlarida ham
yangi texnologiyani qo`llish, suvdan foydalanishni barcha sohvlarda me`yorlash, suvdan
foydalanishning pullik yo`liga o`tish, ayniqsa ifloslantirilganligi uchun katta xajmda
jarima to`lashni joriy etish muammosini echimini tezlashtiradi. Bu borada mutaxassislar
ishtirokida o`lkada suvdan foydalanishning ilmiy asoslangan strategiyasi va taktikasini har
tomonlama hamda chuqur ishlab, resurslardan foydalanuvchilar va olimlar, mutaxassislar
o`rtasida muhokama qilib, ishlangan ilmiy kontseptsiya ishlab chiqilishi maqsadga
muvofiq. U ko`p yilga mo`ljallangan bo`lishi va bosqichma-bosqich amalga oshirilib
borishi lozim.
Erdan foydalanish, ayniqsa sug’oriladigan erlardan samarali foydalanishni amalga
oshirish eng avvalo erlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash bilan erishish mumkin.
Bu borada tuproqlarni sho`rsizlantirish melioratsiyasini amalga oshirish bilan vohalarning
yarmidan ko`p qismidagi sho`r erlarni ahvolini sifat jihatidan butunlay o`zgartirishga
erishish asosiy masala bo`lishi kerak.
Keyingi 50 yil mobaynida vohalarda quritish melioratsiyasiga katta ahamiyat berildi.
To`g’ri, davlat tomonidan bu sohaga sarf qilingan mablag’ miqdori ulkan yordam berdi,
mutaxassislarning xizmatlari ham, joylarda maxalliy melioratorlarning tajribasi ham katta
45
miqyosda amaliyotga tadbiq qilindi. Lekin vohalarda meliorativ holat yaxshilanishiga
erishilmadi. Ahvol murakkabligicha qolmoqda. Bizningcha, eskidan sug’oriladigan
zonalarda irrigatsiya-melioratsiya tizimlarini yangi injenerlik loyihalari asosida qaytatdan
qurish maqsadga muvofiq. Bu ish har bir vohada bosqichma-bosqich amalga oshirilishi
lozim. Zovur tizimlari mavjud bo`lmagan, lekin unga talab bo`lgan tegishli o`lchamlarda
ular loyihalanishi zarur. Zovur tarmoqlarini zichligini meliorativ xususiyatlarini e`tiborga
olgan holda ularni loyihalash kerak.
Qurigan tik zovurlarni barchasini samarali ishlashiga erishish, yopiq zovurlarning
samaradorligi eng yuqori bo`lishligini nazorat qilib turish, ochiq zovurlarning faoliyatini
muntazam yaxshi bo`lganligiga amalda erishish yo`li bilangina ahvolni yaxshilanishiga
asos yaratiladi.
Qiya tekisliklarda irrigatsiya eroziyasi va mexanik tarkibi engil bo`lgan tuproqlarda
deflyatsiya jarayonlari rivojlanganligi tufayli sug’oriladigan erlarning mahsuldorligina
kamligi bilan tavsiflanadi. Bu holda sug’orish texnikasini takomillashtirish, ihotazorlar
bunyod etish, yonbag’irlarni terassalash va boshqa tadbirlarni qo`llash yaxshi natija beradi.
Tuproqni chuqur haydash, mahalliy o`g’itdan ko`p foydalanish, almashlab ekishni barcha
joylarda joriy etish eng zaruriy choralar hisoblanadi.
O`zbekistonda ekologik muammolarni barqaror boshqarish ya`ni turli tadbirlarni
qo`llash bilan ularning echimini tezlashtirish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu borada
tabiatdan foydalanishning ilmiy asoslangan tamoyil va usullarda amalga oshirish,
resurslardan samarali foydalanish, bu jarayonda ekologik muvozanatni barqaror saqlash,
shuningdek boyliklarni tiklash, sanoat ishlab chiqarishida zamonaviy texnologiyalarga
o`tish, xom-ashyolarni majmuali qayta ishlash, chiqindilarni atrof muhitga iloji boricha
kam chiqarishga harakat qilish tabiiy muhitning musaffoligini saqlashga imkon beradi. Bu
jarayonda ekologik muammolar ham asta-sekin o`z echimini topib boradi.
Dostları ilə paylaş: |