Tabiiy resurslardan foydalanishning geoekologik asoslari hal qiluvchi axamiyatga
ega. Bu borada ekologik muvozanat-ekologik vaziyat ekologik toza texnologiya va
55
atrof-muhit ifloslanishini to`xtatish va uni barqaror tozalanishida eng samarali hisoblanadi.
Bizningcha, avvaliga qisman, keyinchalik vaqt mobaynida to`liq amal qilishga
bosqichma-bosqich o`tish bilan tabiiy muhitni tozalanishiga erishish mumkin bo`ladi.
Tabiat resurslaridan me`yoriga yarasha foydalanish tamoyilini oldingi tamoyil bilan
birgalikda qo`llanilishi maqsadga muvofiq, chunki ular bir-birlarini taqozo etadi. Tabiat va
uning resurslari cheksiz emas, ular o`z o`lchamiga ega. Ularni ifloslanishi esa foydalanish
jarayonini murakkablashtiradi, su`niy taqchilliklarga sabab bo`ladi. Binobarin, tabiiy
boyliklardan ehtiyoj va me`yoriga katta e`tibor bergan holda foydalanishni tashkil etish
ayni muddao. Bu borada tiklanadigan, tiklanmaydigan, ikkilamchi resurslarni barcha
o`lchamlarini hisobga olgan holda me`yoriy foydalanishga amal qilish tamoyili barcha
turdagi ishlab chiqarish jarayonida va insonni kundalik turmushida qo`llanilishi darkor.
Tabiatdan foydalanish jarayonining majmualigi va bu borada tadbir- larni ekologik
jihatdan asoslanganlik tamoyili ishlab chiqarishni atrof- muhitga salbiy ta`sirini iloji
boricha kamaytirishga, muhitning tozala- nishiga, aholining turli kasalliklarga mubtalo
bo`lmasligiga ijobiy ta`sir etadi. Tabiiy resurslarda foydalanish chog’ida barcha
texnologik jarayonlarni ekologik jihatdan atrof-muhitga ta`siri eng kichik ko`rsat-
kichlarga qadar pasaytirilishi ekologik muammolarni echimini tezlashti- radi.
Ikkilamchi resurslarni majmuali to`liq qayta ishlash tamoyiliga amal qilish bilan
ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelgan terrikonlar, ag’darmalar va boshqalarni,
maishiy turmushda tarkib topayotgan turli chiqindilarni qayta ishlash bilan atrof muhitni
ifloslanishini va yaylovlarni band bo`lishini oldi olinadi.
Dostları ilə paylaş: