8. Quyidagilardan qaysi biri makroiqtisodiyot darajasidagi muvozanatlikni to‘liq xarakterlaydi? a) ishlab chiqarish va iste’molning mos kelishi;
b) mavjud iqtisodiy resurslar va jamiyat ehtiyojlarining mos kelishi;
c) aholining sotib olish layoqati va tovarlar massasining mos kelishi;
d) byudjet daromadlari va xarajatlarining mos kelishi;
e) alohida tovarlarga talab va taklifning mos kelishi.
9. Umumiy iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlab borishning asosiy yo‘li qanday? a) iste’molni cheklash;
b) iqtisodiyotni bir me’yorda rivojlantirish;
c) barcha bozorlarda talab va taklifni muvozanatga keltirish;
d) resurslardan samarali foydalanish;
e) ehtiyojlarni cheklash yoki resurslarni ko‘paytirish va ularni optimal uyg‘unlashtirish.
10. Quyidagi tengliklarning qaysi birida umumiy iqtisodiy muvozanatlikka erishiladi? a) aholi pul jamg‘armalari=investitsiyalar;
b) aholi iste’mol hajmi=tovarlar va xizmatlar massasi;
c) korxonalarning investitsion tovarlarga talabi=investitsion tovarlar massasi;
d) yalpi milliy mahsulot=barcha sarflar (aholi, korxona, davlat va chet elliklar sarflari);
e) ishlab chiqarish=iste’mol darajasi.
11. Investitsion sarflarning 5 mlrd. so‘mga ko‘payishi, sof milliy mahsulotning 20 mlrd. so‘mga ko‘payishiga olib kelsa multiplikator samarasi qanday miqdorni tashkil qiladi? a) 5,0;
b) 10,0;
c) 4,0,
d) 8,0;
e) 6,0.
12. Quyidagi nisbatlardan qaysi biri inflyatsion farqni ifodalaydi? a) SMM=yalpi sarflar;
b) SMMc) SMM>yalpi sarflar;
d) SMM=yalpi talab;
e) SMM>yalpi talab.
13. Quyidagi mutanosibliklardan qaysi biri umumiqtisodiy xarakterga ega? a) sanoat va qishloq xo‘jaligi o‘rtasidagi;
b) qazib oluvchi va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi;
c) YAMM va uning harakat shakllari o‘rtasidagi;
d) hududiy bo‘linmalar o‘rtasidagi;
e) ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi sohalar o‘rtasidagi.