Bu belgi yo‘lning ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismlari yaqinida o‘rnatilib, haydovchini ehtiyot bo‘lib o‘tishi kerakligi to‘g‘risida ogohlantiradi. Yo‘lning bunday qismlari qorong‘i paytlarda xavfli hisoblanadi.
«Mol qaydab o‘tish».
Bu belgi mol boqiladigan yaylov yoqalab o‘tadigan yo‘llarda, fermalar yaqinida, mol haydab o‘tiladigan joylarda o‘rnatilib, yo‘lga mollar podasi chiqib qolishi mumkinligidan ogohlantiradi.
«Yovvoyi hayvonlar».
Bu belgi yo‘lning o‘rmon xo‘jaligi, qo‘riqxona va shunga o‘xshash joylardan o‘tadigan qismlarida o‘rnatilib, yo‘lga yovvoyi hayvonlar chiqib qolishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
«Yonlama shamol» yo‘l belgisi kuchli shamol avtomobil, mototsiklni boshqarishga salbiy ta’sir etib, yo‘l fojiasini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan (tog‘ daralari, jarlik, suv havzalari) joylarga o‘rnatiladi. Ayniqsa, io‘lning ustki qismi muzlab, sirpanchiq bo‘lgan paytlari yonlama shamol avtomototransportni boshqarishga salbiy ta’sir etishi mumkin.