“ Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar ”



Yüklə 92 Kb.
səhifə4/7
tarix17.10.2023
ölçüsü92 Kb.
#156823
1   2   3   4   5   6   7
Falsafa G’ulomov

Sivilizatsiya tushunchasi aloxida olingan bir xalq, xudud, jamiyat, davlat va xatto jahonga, ularning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan ham qo`llanildi. «Sivilizatsiya» lotincha «sivilius» so`zidan olingan bo`lib, aynan «fukarolikka oid» degan ma’noni anglatadi.
Mavjud ilmiy adabiyotlarda sivilizatsiyaga turlicha ta’riflar berilyapti: sivilizatsiya-madaniy-texnik taraqqiyotning yuqori bosqichi (bunda yozuvning kashf etilishi, texnik kashfiyotlar, sanoat inqilobi sivilizatsiyaning muxim belgisi sifatida talqin etiladi); sivilizatsiya — jamiyatning muayyan namunasi (bunda u formatsiya tushunchasi bilan aynanlashtiriladi); sivilizatsiya — insoniyatning yovvoyilik va vaxshiylikdan keyingi taraqqiyot davri.
Sivilizatsiya rivojlanishning muayyan bir bosqichida to`rgan xalq va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotidagi sifatiy o`ziga xosligidir. Ayrim tadqiqotchilar sivilizatsiya asosini madaniyat, xalq, xudud bilan bog`lasalar, boshqalari dinni asos qilib oladilar. Aslida esa ularning hammasi ham sivilizatsiyaning taraqqiyotida o`z o`rniga ega.
Ammo tarix taqozosi bilan muayyan xududda shakllangan sivilizatsiyaga gox tabiiy muxit, goxida ijtimoiy shart-sharoit ko`proqta’sir ko`rsatgan bo`lishi mumkin. Masalan, bizning Vatanimiz sivilizatsiyasida bu omillarning barchasi o`ziga xos ahamiyat kasb etganini ko`ramiz. Shu bilan birga, yurtimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va sivilizatsiyalashgan taraqqiyotida dunyoviy ilmlar qatorida turli diniy ta’limotlar ham o`ziga xos o`rin to`tgan.
Vatanimiz tarixining keyingi uch ming yiliga nazar tashlasak, dunyoviy bilimlar va diniy qarashlar yonma-yon yashab kelganining guvohi bo`lamiz. Хalkimiz «Avesto»ni yaratgan davrlardan tortib bizning kunlargacha ana shu umumiy tamoyil o`z ta’sirini o`tkazib kelgan. Ularning biri mutloqlashtirilgan davrlarda madaniy taraqqiyot qanday aziyat chekkan bo`lsa, ikkinchisi taxkirlangan zamonlarda ham ana shunday yo`qotishlar sodir bo`lgan. Тarix bu borada ham buyuk mo`rabbiydir. U bizdan sivilizatsiyamiz utmishini holisona o`rganish, undan to`g`ri xulosalar chiqarish va o`zimiz uchun sabok olishga undaydi.

Yüklə 92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin