“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Bifurkatsiya 
ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish davomining har xilligini 
nazarda tutadi
. (Masalan, bitta oila negizida yangi oila paydo bo‘ladi va yangi oila o‘zining 
rivojlanish tamoyillariga
 
ega bo‘ladi). Ularning faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin.
 
I.Prigojinning fikriga ko‘ra, bifurkatsiya jarayonlari tizimning murakkablashuvidan dalolat beradi. 
N.Moiseevning fikricha, «ijtimoiy tizimning har
 
bir holati bifurkatsiya holatidir».
Kumatoid – 
suzayotgan ob’ektni anglatadi va ob’ektlarning tizimli xususiyatini aks ettiradi. U 
vujudga kelishi, hosil bo‘lishi, shuningdek, yo‘qolishi,parchalanishi mumkin. 
U o‘zining barcha 
elementlarini birvarakay emas, balki
 
o‘ziga xos «hissiy-o‘ta hissiy» tarzda namoyon etadi. 
Masalan, tizimli ob’ekt –o‘zbek xalqini ma’lum vaqt, makon bo‘lagida ifoda etish va 
mahalliylashtirish
 
mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, ob’ektni yaxlit ifoda etish uchun 
o‘zbek
 
xalqining barcha vakillarini yig‘ish mumkin emas. Shu bilan birga, mazkur ob’ekt soxta 
emas, realdir. Uni kuzatish, o‘rganish mumkin. U butun sivilizatsion tarixiy jarayonning 
yo‘nalishini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Yana bir
 
misol – talabalar guruhi. U dam paydo 
bo‘ladigan, dam ko‘zdan yo‘qoladigan suzuvchi ob’ekt sifatida o‘zaro aloqalarning deyarli barcha 
tizimlarida namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘quv mashg‘ulotlari tugaganidan keyin guruh yaxlit 


6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
103
ob’ekt
 
sifatida mavjud bo‘lmaydi, ammo institutsiyaviy belgilangan ma’lum vaziyatlar (guruh 
raqami, talabalar soni, guruh tuzilishi, umumiy xususiyatlari)da u ob’ekt sifatida namoyon bo‘ladi 
va o‘z-o‘zini identifikatsiya qiladi. Bundan tashqari,mazkur kumatoid guruh a’zolari o‘rtasidagi 
do‘stlik, raqobat va boshqa munosabatlar bilan ham qo‘llab-quvvatlanadi.
 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin