“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 
180 
ko‘rinishini uchratish mumkin. Chunonchi, estetikasidagi ulug‘vorlik tushunchasi, 
axloqshunoslikda 
qahramonlik 
tarzida 
tavsiflanadi. 
SHuningdek, 
estetikada 
ildizi 
axloqshunoslikka borib taqaladigan inson axloqiyligi darajasi bilan bog‘liq xulqiy go‘zallik degan 
tushuncha ham mavjud. Demak, estetika o‘rganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda, ma’lum 
ma’noda, axloqshunoslik nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan bo‘ladi.
Axloqshunoslik va dinshunoslik. Axloqshunoslikning dinshunoslik bilan aloqasi shundaki, 
har ikkala fan ham bir xil muammo - axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratilgan. CHunki 
umumjahoniy dinlar vujudga kelguniga qadar mavjud bo‘lgan ma’lum urf-odatlar va qadriyatlar 
muayyan diniy qonun-qoidalarga, muqaddas diniy kitoblarga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ayni paytda, 
dinlar ham axloqqa ana shunday ta’sir o‘tkazganlar.
CHunonchi, islom dinini oladigan bo‘lsak, Qur’oni karim, Hadisi sharif, Ijmo’ va muayyan 
fatvolardagi mezonlar hamda talablar musulmon Sharqi millatlari axloqiy darajasining 
shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan. Tasavvuf ta’limotini esa rosmana islomiy axloq falsafasi 
deyish mumkin. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi. 
Farq shundaki, axloqshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondashadi.
Axloqshunoslik va huquqshunoslik. Axloqshunoslikning huquqshunoslik bilan aloqasi uzoq 
tarixga ega. Ma’lumki, juda ko‘p hollarda axloq me’yorlari bilan huquq me’yorlari mohiyatan va 
mazmunan bir xil bo‘ladi. SHunga ko‘ra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa 
qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. Zero, axloqshunoslik bilan huquqshunoslikning 
tadqiqot ob’ektlari ko‘p jihatdan o‘xshash, ular faqat yondashuv usuli nuqtai nazaridan farq qiladi, 
ya’ni huquq me’yorlarining bajarilishi, odatda, maxsus adliya idoralaridagi lavozimli kishilar 
orqali, majburiy sanksiyalar vositasida yo‘lga qo‘yiladi; axloq me’yorlari esa umumiy qabul 
qilingan milliy urf-odatlar, jamoatchilik fikri yordamida, alohida belgilangan kishilar tomonidan 
emas, balki muayyan ijtimoiy guruh, jamiyat tomonidan amalga oshiriladi.
SHuningdek, huquqshunoslik kasbi uchun muhim bo‘lgan amaliy axloq jihatlarini 
axloqshunoslikning huquqshunos odobi deb ataladigan maxsus sohasi tadqiq qiladi va tavsiya 
etadi.
Axloqshunoslik va pedagogika. Axloqshunoslik pedagogika bilan ham chambarchas 
aloqada. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, ta’lim berish jarayonlarini 
pandnasihatlarsiz, odobnoma darslarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu bois axloqshunoslik 
o‘zining nazariy va, ayniqsa, amaliy jihatlari bilan pedagogikaning asosi hisoblanadi. Zero, maorif 
tizimidagi ta’lim-tarbiya o‘zini har bir qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi.
Axloqshunoslik 
va 
ruhshunoslik. 
Qadimdayoq 
axloqshunoslikning 
ruhshunoslik 
(psixologiya) bilan aloqasi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Zotan, bu ikkala fan kishilar 
xattiharakati, fe’l-atvori va mayl-istaklarini o‘rganadi. Lekin bu o‘rganish ikki xil nuqtai nazardan 
olib boriladi: ruhshunoslik u yoki bu xatti-harakat, fe’l-atvor, sababiy asos (motiv)larning ruhiy 
tabiati va shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi, axloqshunoslik esa ruhshunoslik tadqiq 
etgan hodisalarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi. Ruhshunoslik hissiyotlar sifatida 
o‘rganadigan insondagi ko‘pgina ma’naviy hodisalar axloqshunoslik tomonidan falsafiy-axloqiy 
tushunchalar tarzida tadqiq etiladi.
Axloqshunoslik va sotsiologiya. Axloqshunoslikning ijtimoiyshunoslik (sotsiologiya) bilan 
aloqasi o‘ziga xos. Bu ikkala fan inson faoliyatini boshqarishning ijtimoiy murvatlaridan bo‘lmish 
axloqni o‘rganadi. Lekin axloqshunoslikning miqyosi bu borada keng. Ma’lumki, sotsiologiya 
insonlarning ommaviy xatti-harakati va ularning qonuniyatlarini faqat muayyan ijtimoiy tuzum 
doirasidagina tadqiq etadi. Axloqshunoslik esa, o‘z mohiyatiga ko‘ra, lozim bo‘lganda, muayyan 
ijtimoiy tuzum yoki davr doirasidan chiqib, inson axloqining yuksak yutug‘i sifatida kelgusi 
davrlar uchun ham tarixiy va axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli xattiharakatlarni 
hamda ularning sababiy asoslarini o‘rganadi.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin