Materialistik monizm dunyo yagona, uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida ayni shu moddiylik yotadi , deb hisoblaydi. Bu konsepsiyada
olam ong va ideallikdan emas, balki moddiylikdan
keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning o‘ta rivojlangan ko‘rinishlariga biz Fales, Geraklit,
Spinoza va uning izdoshlari asarlarida duch kelamiz.
Idealistik monizm esa,
materiyani har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yo‘q bo‘lmasligi va birinchi asosiga ega bo‘lgan qandaydir ideal narsaning mahsuli deb hisoblaydi. Bunda
ob’ektividealistik monizmni (masalan, Platonda – bu o‘lmas g‘oyalar, zardo‘shtiylikda olov, o‘rta asr
falsafasida – Xudo,Gegelda – yaratilmaydigan va o‘z-o‘zidan rivojlanadigan «mutlaq g‘oya») va
sub’ektiv-idealistik monizmni (masalan, borliqning barcha jismoniy va ruhiy
holatlarini «neytral»
asosdan – dunyoning qandaydir mavhum konstruksiyalari,«elementlari»dan keltirib chiqargan Max)
farqlash mumkin.
Dualizm (lot. «dualis» – «ikki yoqlama»)
birinchi asos sifatida ikkita substansiya tan olingan falsafiy yondashuv . Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr
boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga
kiritgan. X.Volf dunyoda
barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, g‘oyalar va aqlidrokning alohida
o‘rnini aniqlashga harakat qilgan.Falsafa tarixida Rene Dekart dualizmning yorqin vakili sifatida
o‘rinoldi. R.Dekartning radikal mexanitsizmi uni materiyaning butunlay ruhsizligi
haqidagi
yondashuvga olib keldi.
Plyuralizm (lot. – «ko‘plik», «ko‘p xillik», «ko‘p sonlik»)
dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko‘proq mohiyat borligini tan oluvchi ta’limotdir atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan.
Bu Ayni shu ta’limot borliqning ko‘p sonli mustaqil va o‘zaro bog‘lanmaydigan asoslari borligi
haqidagi g‘oya ham ilgari surilgan. Leybnitsning monadalar haqidagi ta’limoti
(monadologiya) plyuralizmning klassik ko‘rinishi hisoblanadi. Ushbu ta’limotga ko‘ra, dunyo
sonsanoqsiz ruhiy substansiyalardan tashkil topadi. Plyuralistik yondashuvning bundan oldinroq ilgari
surilgan ko‘rinishlari ham mavjud. Masalan, Empedokl yaratgan dunyoning to‘rt asosi haqidagi
ta’limot plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi.