Bajardi:____________ Guruh talabasi ____________________ Qabul qildi: _________________________ Olmaliq 2023 Mavzu: Ekskavatorlar asosiy mexanizmlari elektr yuritmalarining quvvatlari va energetik ko’rsatkichlari
Reja: Kirish Asosiy qism EKG tipidagi bir cho’michli ekskavatorlar ishchi uskunalari tuzilishi va ishlash prinsipini o’rganish
EKG tipidagi bir cho’michli ekskavatorlar kuch beruvchi mexanizmlari tuzilishi va ishlash prinsipini o`rganish
Ekskavatorlarning elektr uskunalarini va unda elektr energiyasining taqsimlanishini o’rganinsh.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Ochiq kon ishlarida bir kovshli ekskovatorlardan tashqari qulay kon-geologik sharoitlarida ish unumdorligi yuqori bo’lgan ko’p kovshli zanjirli va rotorli ekskovatorlar ishlatiladi. Ko’mir qazib olishda ish unumdorligi 630, 1250, 2500 va 5250 bo’lgan rotorli ekskovatorlar keng qo’llaniladi. Qazish rotorli ekskovatorlar ekspluatatsiyasi amaliyoti ular yil davomida noqulay ob-havo sharoitlarida ham ishonchli ishlashini ko’rsatdi.
Kichik ish unumdorligiga ega ekskovatorlar odatda ichki yonuv dvigatelli yoki uch fazali asinxron dvigatelli bir dvigatelli uzatmaga ega. O’rtacha va yuqori ish unumdorligiga ega zamonaviy ko’p kovshli ekskovatorlarda faqatgina ko’p dvigatelli uzatma qo’llaniladi. Masalan, ERG-1600 32 ochish rotorli ekskovatorida umumiy quvvati 7100 kW bo’lgan 124 ta elektr mashinalari o’rnatilgan.
ERShR- rotorli ekskovatorida ikki dvigatelli uzatma rotori umumiy quvvati 2300 kW ga, burilish ikki dvigatelli uzatmasida – 140 kW, to’rt dvigatelli harakat uzatmasida – 1024 kW ga teng. ERShRD- qazish rotorli ekskovatorida umumiy quvvati 13490 kW bo’lgan 160 ta elektr mashinalari o’rnatilgan.
Ko’p dvigatelli uzatmaga ega ko’p kovshli ekskovatorlarda asosan quyidagi elektro dvigatellar qo’llaniladi: 1) kovsh zanjiri yoki kovshli rotorni harakatga keltiruvchi asosiy dvigatel; 2) ekskovator kovsh yoki rotor o’qini ko’tarish uchun chig’iriq dvigateli; 3) harakat mexanizmlari dvigatellari; 4) burilish mexanizmlari dvigatellari; 5) konveyerlar dvigatellari; 6) yordamchi mexanizmlar (kompressorlar, to’yintirgichlar, kranlar, moynasoslar, kabel barabani va boshqalar) dvigatellari. Ko’p kovshi ekskovatorlarda asosiy uzatma kovsh zanjiri yoki rotor uzatmasidir.
Ekskovator barcha dvigatellarini boshqarish boshqaruv postidan amalga oshiriladi. Odatda ko’p kovshli ekskovatorlarda ikkita uskunalar komplektiga ega ikkita boshqaruv posti - ekskovator har bir yo’nalishi uchun ikkiatadan o’rnatiladi. Har ikkila postdan bir vaqtning o’zida ekskovatorni boshqarishni oldini olish uchun pultlar orasiga elektr bloklash ko’rib chiqilgan.
Ko’p kovshli ekskovatorni boshqarishdagi asosiy operatsiyalarni uch guruhga ajratish mumkin:
1) qazish jarayonini boshqarish, ya’ni mexanizmlar berilgan ish rejimini ta’minlovchi boshqaruv;
2) qazish jarayoni bilan bevosita bog’lanmagan va berilgan texnologiyalar bilan zaboy geometrik parametrlarini ta’minlovchi o’rnatish operatsiyalarini (ekskovatorni ko’chirish, o’q tushishi va ko’tarilishi, kovsh yoki rotorli o’q burilishi burchagini cheklash) boshqarish;
3) ekskovator ishining kompelks unumdor ishlashini, ta’minlovchi kompelks tarkibiga kiruvchi boshqa mashinalar va qurilmalari (konveyer qurilmalari, ag’darma hosil qiluvchilar, transport-ag’darma ko’priklari) ishiga mos tushish operatsiyalarini boshqarish.
O’rtacha va yuqori ish unumdorligidagi ko’p kovshli ekskovatorlar faqatgina ko’p dvigatelli uzatmaga ega bo’lganligi sababli, o’zaro ulangan uzatmalar elektro dvigatellari mexanizmlar ishga tushirilish va o’chishi ma’lum ketma-ketligi ta’minlanadigan qilib ulanishi kerak. Masalan, zanjirli gusenitsali ekskovator uchun mexanizmlarni ishga tushirish va ishlatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: yuklovchi konveyer, to’yintirgich, kovshli zanjir dvigateli, harakat va burilish mexanizmi, gusenitsalarni boshqarish uzatmasi. Bu mexanizmlarni to’xtatish teskari tartibda amalga oshiriladi.