5
laboratoriya stendlarining yetarli emasligi;
mavjud laboratoriya stendlari zamonaviy priborlar, qurilmalar va
apparatlar bilan ta’minlanmaganligi;
ko‘pchilik laboratoriya stendlarining zamonaviy talablarga javob
bermasligi va ma’naviy eskirganligi;
laboratoriya ishlari va stendlarini mukammallashtirib turish
zarurligi;
ayrim laboratoriya sxemalarini yig‘ish uchun ko‘p vaqt talab
qilinishi sababli talabalarning ajratilgan vaqtdan unumli foydalana
olmasligi.
Yuqorida keltirilgan kamchiliklarning ko‘pchiligini o‘quv jarayoniga
virtual laboratoriyalarni kiritish yo‘li bilan bartaraf qilish mumkin.
Virtual laboratoriya (VL) dasturiy kompleks bo‘lib, foydalanuvchiga
har xil turdagi qurilmalar va tizimlar bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil
qilish va ularni har tomonlama tadqiq qilish imkoniyatini beradi.
Foydalanuvchining VL bilan ishlashi laboratoriya ishlari (LI) deb
ataluvchi ayrim seanslar ko‘rinishida tashkil qilinadi.
Virtual laboratoriya – tajribalar o‘tkazish va fanlarni qiziqarli tarzda
o‘rganish uchun ideal muhit bo‘lib hisoblanadi. Interaktiv virtual reallik
oddiy eksperimentlar bilan bir qatorda quyida sanab o‘tilgan murakkab
eksperimentlarni ham o‘tkazish imkoniyatini beradi:
qimmat va murakkab jixozlarni talab qiluvchi eksperimentlar;
real sharoitlarda o‘tkazish qiyin yoki amalda mumkin bo‘lmagan
eksperimentlar;
real sharoitlarda katta mablag‘larni talab qiluvchi eksperimentlar;
qisqa vaqt davomida o‘tkazilishi zarur bo‘lgan eksperimentlar va
h.k.
Virtual laboratoriya ishlarini ma’ruza materiallariga qo‘shimcha
ravishda ma’ruza vaqtida ham namoyish qilish mumkin. Bunda ma’ruza
va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘rtasidagi vaqt baryeri olib tashlanadi,
natijada o‘qitish effektivligi va sifati ortadi.