• Основные стратегические варианты


Savdo xodimlarining strategik marketingdagi roli



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   169
Strategik marketing (1)

Savdo xodimlarining strategik marketingdagi roli.
Umuman aytganda, 
savdo xodimning asosiy vazifasi, avvalgidek, tovarning o‘z talablariga mos kelishi 
masalalari bo‘yicha ikkiyoqlama aloqadan yaxshi xabardor bo‘lgan xaridorning 
ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liqdir. Firma uchun esa, savdo xodimining yangi 


188 
vazifasi 
firmaning 
bozordagi 
o‘zgarishlarga moslashuvini tezlashtiruvchi 
ma’lumotlarni to‘plashdan iboratdir. 
YApon firmalaridan biri o‘z savdo xodimlarining roli shunday ifodalaydi: 
«Sotuvchilar - tengi yo‘q ma’lumot to‘plovchilardir; axborotlarni yaxshiroq 
tekshirish va to‘plash uchun ularni o‘zining sotish rejasinigina bajarishga, ya’ni faqat 
o‘z ko‘rsatkichlarinigina yaxshilashga intiluvchi o‘ziga bino qo‘ygan sotuvchi 
bo‘lishga emas, balki boshqa sotuvchilar va umuman boshqa firma bilan 
hamjihatlikka o‘qitish kerak». 
Sotuvchilarning roli konsepsiyasidagi bunday evolyusiya ularning strategik 
marketingdagi ishtirokini kuchaytiradi, bu ishtirok quyidagi strategik funksiyalarni 
bajarishdan iboratdir: bozorning yangi tovarlarni qabul qilishiga erishish; yangi 
mijozlarni topish; mavjud mijozlarning qo‘ldan chiqarmaslik; texnik yordam 
ko‘rsatish; iste’molchilarga tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni etkazish; axborot 
to‘plash. 
Savdo xodimlari tovar siyosatini ishlab chiqishda, ya’ni strategik marketingda 
xaridorlarning ehtiyojlari haqidagi axborotni ta’minlash yo‘li bilan ishtirok etadi. 
 
10.3. Reklama kommunikasiyasi jarayoni 
Reklama - kommunikasiya vositasi bo‘lib, u firmaning bevosita muloqot 
o‘rnatilmagan potensial xaridorlariga axborot uzatishga imkon beradi. Firma reklama 
yordamida markaning imidjini yaratadi va sotuvchilar tomonidan hamkorlik orqali 
pirovard 
iste’molchilarda ma’lumlik sarmoyasini shakllantiradi. Reklama 
kommunikasion strategiyaning asosiy vositasidir. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin