• Основные стратегические варианты


Savdo xodimlarining maqsad va vazifalari



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   169
Strategik marketing (1)

Savdo xodimlarining maqsad va vazifalari.
SHaxsiy muloqot strategiyasini 
ishlab chiqish eng avval firmaning marketing strategiyasini amalga oshirishda savdo 
xodimi o‘ynaydigan rolni belgilab olishni talab qiladi. Buning uchun firma har bir 
tovar bozorida o‘z mijozlari bilan o‘rnatmoqchi bo‘lgan aloqa xarakterini aniqlab 
olish kerak. 
Savdo xodimining tur vazifalarini uch yo‘nalish bo‘yicha guruhlash mumkin: 
-savdo qilish, shu jumladan potensial mijozlarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini 
o‘rganish, sotish sharoitlarini muhokama qilish va bitim tuzish; 
-mijozlarga xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan tovardan foydalanishda yordam 
ko‘rsatish, xariddan keyingi xizmat ko‘rsatish, tovarni ilgari surish va boshqalar; 
-firma uchun ehtiyojlarning o‘zgarishi, raqobatchilarning faolligi, tovarlarning 
moslashuvi haqida axborot to‘plash. 
Shunday qilib, savdo xodimi faqat firmaning tijoriy organi emas, balki uning 
marketing axboroti tizimidagi muhim elemet hamdir. 


187 
Aytib o‘tilgan u yoki bu funksiyalarga berilayotgan e’tiborga bog‘liq ravishda, 
«savdo xodimi» va «savdo agenti» atamalariga amalda turlicha ma’no berilishi 
mumkin. Savdo xodimlarining quyidagicha turlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: 
-sotish hududida faoliyat ko‘rsatuvchi, buyurtmalarni qabul qiluvchi va undan 
tashqari, ayniqsa yirik do‘konlarda mijozga maslahatchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
sotuvchi. 
-buyurtmalar qabul qilish va tovarlarning uzluksiz etkazib berilishini 
ta’minlash maqsadida ulgurji va chakana sotuvchilar bilan uchrashib turuvchi sayyor 
vakil; 
-savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha vakil: u reklama va reklama tadbirlarini 
bevosita savdo shohobchasining o‘zida tashkil qiladi; 
-tijoriy targ’ibotchi: u buyurtmalarni qabul qilmaydi, faqat yangi tovarlar 
haqida, ayniqsa tibbiyot sohasidagi yangi tovarlar haqida axborot beradi; 
-texnik jihatdan chuqur bilimga ega bo‘lgan hamda mijozga uning 
muammolarini hal qilishda o‘z maslahatlari bilan yordam bera oluvchi savdolar 
bo‘yicha injener. IBM firmasining savdolar bo‘yicha injeneri aynan shunday 
ishlaydilar; 
-avtomobillar, maishiy elektr asboblari, ensiklopediyalar, sug‘urta polislari 
kabi tovarlarni sotish bilan shug‘ullanuvchi kommivoyajer, bunda ijodiy qobiliyatlar 
va kommunikasiya strategiyalari muhim rol o‘ynaydi; 
-murakkab loyihalar bo‘yicha kontrakt tuzuvchi, u texnik va moliyaviy 
bilimlardan tashqari muzokaralar olib borish iste’dodiga ham ega bo‘lishi kerak. 
Aytib o‘tilgan barcha xodimlarning vazifalari u yoki bu darajada ijodiy va 
strategik funksiyalar bilan bog‘liqdir. Bu erda vazifa tijoriy munosabatlarni to‘g‘ri 
tashkil qilish hamda savdo xodimlari, sotish tarmog‘i va kommunikasiya vositalari 
o‘rtasida majburiyatlarni optimal taqsimlashdan iboratdir. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin