• Основные стратегические варианты



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   169
Strategik marketing (1)

Tashkilot reklamasi.
YUqoridagi uch xil reklama yo‘nalishi bir tovar yoki 
markaga qaratilgan edi. Tashkilot reklamasining (firma reklamasining) vazifasi - 


190 
ommaning turli tabaqalari orasida firmaga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish 
yoki kuchaytirishdan iboratdir. 
Gap firmaning imidjini shakllantirish uning faoliyat turlarini tavsiflash va 
uning afzal tomonlari, ustunliklari, xislatlari va imkoniyatlariga e’tiborni jalb qilish 
orqali firma va uning mijozlari o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamjihatlik muhitini 
yaratish haqida bormoqda. Bunda reklamaga boy bo‘lgan, xaridorlar xilma-xil 
tovarlarning reklamasidan charchagan muhitda alohida kommunikasiya yo‘llarini 
topish zarurdir. 
Ko‘rinib turibdiki, bunday reklama munosabatga asoslangan va uning samarasi 
faqat uzoq kelajakdagina bilinadi. 
Marketingning kommunikatori quyidagi masalalarni hal etishi lozim: 
-maqsadli auditoriyani aniqlash: maqsadli auditoriyani aniqlash bu 
kommunikatorning eng asosiy vazifasi hisoblanadi. Siz kim uchun tovar ishlab 
chiqargan bo‘lsangiz o‘sha sizning maqsadli auditoriyangiz hisoblanadi. Masalan, 
aholining ma’lum bir qatlami, ayollar, yoshlar, biznesmenlar va hokazo; 
-reklama qilishdan asosiy maqsadni aniqlash: siz turli maqsadlarda tovaringizni 
reklama qilishingiz mumkin. Bu maqsadlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 
a) tovar haqida ma’lumot berish. Bunda xaridorlar shunday tovar borligi, 
tovarning nomi, markasi haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar; 
b) xaridorlarning tovar haqidagi bilimlarini oshirish. Bunda xaridor tovar 
haqida ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin, lekin bu ma’lumotlar etarli bo‘lmasligi 
mumkin. Shu tovar haqida to‘liq ma’lumot beriladi. 
v) xaridorlarni tovarga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirish. 
Bunda asosan xaridorlarning tovar haqidagi fikri va tovarga bo‘lgan 
munosabati yaxshi bo‘lmagan holda foydalaniladi. YA’ni kommunikator xaridorlar 
tovarni yoqtirmasliklari sababini aniqlab reklama oraqali o‘sha kamchiliklarni 
bartaraf etilganligini ko‘rsatib berishi kerak; 
g) xaridorlarni ishontirish; buning uchun ishontiruvchi reklamadan 
foydalaniladi. Bunda sizning tovaringizni raqobatchilar tovaridan ustunliklari va 


191 
uning foydaliligi ko‘rsatiladi. Ishontirishning asosiy vositalaridan biri bu omma bilan 
aloqa hisoblanadi. 
d) Sotish hajmini oishirish maqsadida qilinadigan reklama. Bunda tovar haqida 
hamma etarli ma’lumotga ega, lekin xaridorlarga tovarni eslatib turadi. 
- axborotni tanlash. Siz qanday maqsadda reklama qilishingizni aniqlab 
olganingizdan keyin shunday reklama matnni tayyorlashingiz kerakki, u maqsadli 
auditoriyaga o‘z ta’sirini o‘tkazsin. 

axborotlashtirish 
vositalarini 
tanlash. 
Kommunikator 
ma’lumotni 
tayyorlagandan keyin uni qaysi kanal orqali etkazishni aniqlashi kerak.
Ma’lumot etkazishning ikki asosiy turi farqlanadi: shaxsiy va umumiy. 
1. Shaxsiy kanalga xaridor bilan alohida suhbat o‘tkazish, telefon orqali aloqa 
qilish, pochta orqali murojaat qilish va boshqalar. 
2. 
Umumiy 
kanalga 
ommaviy 
axborot 
vositalari, 
chora-tadbirlar, 
konferensiyalar va boshqalar. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin