siljitish va kommunikasiya faoliyatining maqsadi markaga sodiqlikni
ta’minlash, tovar harakatini amalga oshirish, yangi paydo bo‘lgan savdo markalarini
qo‘llab-quvvatlash, savdo-sotiq shartlari va hokazolar haqida axborot berishdan
iborat.
6. Tovar foydalanilgandan yoki iste’mol qilingandan so‘ng iste’molchilarning
qoniqish hosil qilgan yoki qilmaganligini tekshirish, ishlab chiqaruvchiga taklifni
ularga moslashtirishga imkon beradi.
7. Tovarlar foydalanilgandan yoki iste’mol qilingandan so‘ng
arizalar yoki baholar yakka va uyushgan (konsyumerizm) xaridorlar tomonidan o‘z-o‘zidan
tarqatiladi.
Kichik
bozorlarda
ayirboshlash
jarayoni
ishtirokchilari
o‘rtasidagi
kommunikasiya o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladi. Katta bozorlarda esa ishtirokchilar
o‘rtasida jismoniy va ruhiy masofa katta bo‘lib, bunday sharoitda kommunikasiyani
maxsus tashkil qilish kerak bo‘ladi.
Marketing, ayniqsa, strategik marketing xo‘jalikning bozor tizimida muhim
iqtisodiy rol o‘ynashi lozim. Bunga sabab nafaqat strategik marketingning talab va
taklifni samarali birlashtirishi, balki iqtisodiy taraqqiyotning quyidagi bosqichlardan
iborat siklini ishga tushirishdir:
-strategik
marketing
qondirilmagan
ehtiyojlarni
topadi
va
ularga
moslashtirilgan tovarlarni ishlab chiqadi;
-operasion marketing esa bu yangi tovarlarga bo‘lgan talabning kuchayishiga
olib keladigan ishlar rejasini amalga oshiradi;
-o‘sib borayotgan talab xarajatlarning kamayishiga va natijada narxlarning
pasayishiga olib keladi, shu tufayli bozorga xaridorlarning yangi guruhlari jalb
qilinadi;
-bozorning bunday kengayishi yangi investitsiyalarni jalb qiladi, bu
investitsiyalar esa ko‘lam hisobiga tejashga va takomillashtirishga yoki yangi
tovarlarni ishlab chiqishga imkon beradi.