65
Vaziyat tahlili mavjud strategiyalarni tahrir qilishda, xuddi shuningdek, yangi
strategiyalar ishlab chiqishda zarurdir.
Marketing strategiyasini amalga oshirishning birinchi bosqichi, ya’ni vaziyat
tahlili
bozor
imkoniyatlarini
aniqlashga,
bozor
segmentini
aniqlashga,
kompaniyaning kuchli va zaif tomonlarini belgilashga imkon beradi. Bozor
tahlilining natijalari marketing strategiyasini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi.
Iste’mol tovarlari bozori uchun birinchi bosqichda tovar bozorlarini quyidagi
usullar yordamida segmentlarga ajratish mumkin:
-iste’molchilarning ijtimoiy-demografik tavsifnomalari asosida (ijtimoiy-
demografik segmentlash);
-potensial iste’molchilarning tovardan qidirayotgan foydalari asosida (foydalar
bo‘yicha segmentlash);
-faollik, manfaatlar va hayot tarzi asosida (ijtimoiy-madaniy segmentlash);
-xarid paytidagi xulq-atvor tavsifnomalari asosida (xulq-atvorga ko‘ra
segmentlash).
Bu segmentlash usullarining har biri o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega
bo‘lib, ular quyida ko‘rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: