• Основные стратегические варианты



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

1.4 -jadval 
Zamonaviy marketing kompleksi elementlari 


23 
Model 
nomi 
Tarkibiy tuzilishi 
Muallifi 
5R 
4R+Packaging(qadoqlash) 
Dj.T. Rassel, U.R. 
Leyn 
5R 
4R+Preception(qabul qilish) 
N. Xart 
6R 
4R+Public opinion(jamoatchilik fikri)+Politics(siyosat) 
F. Kotler 
7R 
4R+People(insonlar)+Process(savdo jarayoni)+Physical 
Evidence(sharoit, firma stili) 
Ya. Ellvud 
8R 
7R+Pace(vaqt bo‘yicha muvofiqlik) 
L. Tvide 
12R 
8R+Permission(muloqotda ixtiyoriylik)+Paradigm(yangi qoidalar 
yaratish)+Pass along(bevosita marketing(og ‘izdan og ‘izga 
etkazish))+Practice(tajriba) 
S. Godin 
 
Marketing-miks keng qo‘llanadigan shaklda 4 ta marketing submiksini 
o‘z ichiga oladi. Bular quyidagilar: tovar miksi, shartnoma miksi, taqsimot 
miksi, kommunikativ miks.
Tovar miksi tovar siyosatini shakllantiradi, tovar bilan bog‘liq bo‘lgan 
chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar: dizayn, uning 
bezatilishi, mahsulot sifati, o‘rovi, xaridorlarga xizmat ko‘rsatish, kafolat 
xizmati siyosati, tovar diversifikatsiyasi, assortiment siyosati va hokazolar. 
Shartnoma miksida tovarni oldi-sotdi akti shartlari kelishuvini va bitim 
ko‘rinishida ularni rasmiylashtirishni amalga oshirish nazarda tutiladi. 
Bunday chora-tadbirlarga: narx siyosati, ustama va chegirma tizimi, tovar 
yetkazib berish va uni to‘lov shartlari, shuningdek kredit siyosati kiradi. 
Taqsimot miksida tovarni tayyorlanish joyidan oxirgi pirovard oluvchiga 
yetkazib berishni amalga oshirish nazarda tutiladi. Bu siyosat sotish kanalini 
asoslash va tahlil qilish, marketing-logistika, savdo siyosati, sotish vositalari 
siyosati, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish siyosati, iste’molchilar va 
bozorlar joylashuvi siyosati, yetkazib berish siyosati, tayyor mahsulotlarni 
omborlarga joylashtirish siyosati va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 
Kommunikativ miksning vazifasi xaridor ehtiyojini qondirish va foyda 
olish maqsadida talabni shakllantirish hamda tovar va xizmatni siljitish 
bo‘yicha muqobil va samarali faoliyatni ta’minlash uchun marketing 
tizimining barcha obyektlarini korxona – mahsulot tayyorlovchilar bilan 
o‘zaro harakatini tashkil etishdan iboratdir. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin