• Основные стратегические варианты



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

Raqobatchilik
muhiti
diagnostikasi 
- marketing tadqiqotining 
raqobatchilar xatti-harakatlarining ichki motivlari haqida to‘liq va aniq 
tasavvurni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan o‘ziga xos mustaqil bosqichi. 
Regional marketing
- 1) regionda marketing faoliyatini tashkil etish; 
2) regionning mahalliy, milliy va xalqaro investorlarga ko‘rsatiluvchi xizmat 
va tovarlar marketingi; 3) regionning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni 
boshqarish tizimidagi marketing. 
Reklama
-1) g‘oya, tovar va xizmatlarni ma’lum xomiy nomidan 
taqdim tatbiq taklif qilishning shaxsiy bo‘lmagan pulli shakli; 2) tovar va 
xizmatlar sifatini xaridorlarning talab va ehtiyojlari tiliga o‘girishga 
intiluvchi kommunikatsiya shakli. 
Reklama
auditoriyasi
- muayyan axborot manbalari orqali e’lon 
qilingan reklama xabarlarini eshitishi, qurishi va o‘qishi mumkin bo‘lgan 
barcha shaxslar. 
Reklama samaradorligi
- reklama vositalarining ishlab chiqaruvchi 
yoki vositachilari manfaatlari yo‘lida iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatish 
darajasi. Reklama murojaatidan oldin va keyin aniqlanadi. Reklamaning 
savdo natijalariga ko‘rsatuvchi ta’sirini aniqlash (iqtisodiy samaradorlik) 
reklama xarajatlarini avvalgi faoliyat natijalari bo‘yicha tovar sotish hajmiga 


171 
nisbati yordamida aniqlanadi. Bu usulning aniqligi yuqori emas, chunki savdo 
natijalariga reklamadan tashqari boshqa ko‘plab omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Servis
(xizmat ko ‘rsatish)
- korxona marketing faoliyatining 
mashinalar, asbob-uskunalar va transport vositalarini sotish va ekspluataцiya 
qilishni ta’minlovchi bo‘limi, quyi tizimi. 
Sifat
- tovarning muayyan iste’molchilar ehtiyojini qondirish 
qobiliyatini belgilab beruvchi, qo‘yilgan talablarga mos keluvchi 
xususiyatlari 
majmui. 
Oldi-sotdi 
shartnomalarida 
tomonlar 
sifat 
ko‘rsatkichlari, uni tekshirish tartibi, tovar sifatining belgilangan talablarga 
mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish tartibi kelishib olinadi, 
zarur hollarda tovarni sifati bo ‘yicha qabul qilish va topshirish shartlari, 
shuningdek tovar sifati yoki uni saqlash muddati bo‘yicha kafolatlar belgilab 
qo‘yiladi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin