Muntazam xatolik deb umumiy xatolikning takroriy o‘lchashlar mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil bo‘ladigan, saqlanadigan yoki o‘zgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi.
Umumiy xatolikni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin:
t – tasodifiy xatolik
q – qo‘pol xatolik
Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli tuman bo‘lib, tahlil va tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin bo‘ladi. Muntazam xatoliklarning asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi:
O‘lchash usulining nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi natijasida uslubiy xatolik kelib chiqadi.
O‘lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan xatolik asbobiy xatolik deb ataladi. Masalan: asbob shkalasining noto‘g‘ri graduirovkalanishi (darajalanishi), qo‘zg‘aluvchan qismning noto‘g‘ri mahkamlanishi va hokazolar.
Sub’ektiv xatolik - kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolikdir.
Takrorlash uchun savollar. 1. O‘lchashlarning sifat mezonlari nimalardan iborat?
2. Metrologiyaning aksiomalari va postulatlarini tushuntiring.
3. Xatoliklarni kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?
4. O‘lchash xatoliklarining qanday turlarini bilasiz?
6-ma’ruza. Xatoliklarning taqsimlanishi va ularning ehtimoliy baholanishi.
Reja.
6.1. Muntazam xatoliklarni kamaytirish usullari.
6.2. Tasodifiy xatoliklar va ularning taqsimlanishi.
6.3. O‘lchash aniqligining ehtimoliy baholanishi.