­ O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


Ekspert-auditor muayyan talablarga javob berishi lozim



Yüklə 13,63 Mb.
səhifə88/96
tarix20.11.2023
ölçüsü13,63 Mb.
#162543
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   96
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Ekspert-auditor muayyan talablarga javob berishi lozim:

  • to‘liq oliy ma’lumotli va sertifikatlashtirish sohasida yetarli bilimga ega bo‘lib, faoliyati sertifikatlashti-rishning ma’lum turi bo‘yicha attestatlangan bo‘lishi kerak;

  • oliy o‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng kamida 5 yillik amaliy stajga ega bo‘lishi, shundan kamida 3 yili standartlashtirish, metrologiya, sinovlar, sifatni boshqarish va ta’minlash sohalarida ishlagan bo‘lishi kerak.

Ekspert-auditor chuqur bilimli, tadbirkor bo‘lmog‘i lozim. U quyidagi sohalar bo‘yicha bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi shart:

  • respublika sertifikatlashtirish milliy tizimining qoida va tartiblar;

  • sertifikatlashtirish o‘tkazish bo‘yicha bilimlar va me’yoriy hujjatlarni tushunish;

  • sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha asosiy ishlar mazmuni;

  • sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha iqtisodiy va huquqiy asoslari;

  • mamlakat ichidagi va chet ellardagi sertifikatlashtirish va akkreditlash tajribasi;

  • standartlashtirish, metrologiya va sifat tizimlarining asoslari;

  • tekshiruv o‘tkazish va sifatni boshqarishning statistik usullari.

Ekspert-auditor tahlil qilish, mantiqiy asoslash, o‘zining fikrini qattiq va asoslangan holda himoya qilishlik; ijodiy qobiliyatga va murakkab vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish xususiyatlariga ega bo‘lishi; haqqoniy, ma’suliyatli, prinsipial ravishda hayrihoh, xushmuomalali, odobli va o‘zini tutabilishlik kabi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Ekspert-auditor tekshirilayotgan ob’ektning xodimlari bilan aloqada bo‘lish va kerakli hujjatlar bilan tanishish; ma’lumot uchun har qanday qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilish (sertifikatlashtirish maqsadlari uchun); tizimda amaldagi me’yoriy-uslubiy hujjat-larni takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklifini berish; sertifikatlashtiriluvchi mahsulot, jarayon, xizmatlar, sifat tizimi va ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarni tuzatish yuzasidan o‘z mulohazalarini kiritish huquqiga egadir.
Korxonalarda sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarni inobatga olib, sertifikatlashtirish milliy idorasi “O‘zstandart” tomonidan ekspert-auditorlar tayyorlash maxsus kurslari tashkil etilib, bu sohadagi o‘qishning tashkiliy tomonlari O‘zSMSITI ning asosiy faoliyatlaridan biri deb qaralmoqda. Ekspert-auditorlarni tayyorlash odatda ikki bosqichda olib boriladi: nazariy bilimlarni olish va attestatlash natijasida ularga tegishli rasmiy hujjatlar topshirish.
Maxsus kurs tinglovchilarining nazariy bilimlarini “O‘zstandart” agentligi tomonidan tuzilgan maxsus komissiya baholaydi. Baholanish natijalari yetarli darajada bo‘lsa, ularga sertifikatlashtirish milliy tizimining ekspert-auditori degan guvohnomasi beriladi (agar attestatlashdan o‘tmasa rad etiladi).
Ekspert-auditorlar ularga yuklatilgan vazifalari bo‘yicha muayyan burch va ma’suliyatlarga egadirlar.

Yüklə 13,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin