1.2.8. AutoCAD – 2004da obyektni formatlash. Har qanday obyektlarni ishlab chiqishda ularga rang, xil va chiziq qalinligini «Типи линии», (Chiziqlar turi), «Цвет», (Ranglar) «Вес линии» (Chiziq qalinligi) tugmalari yordamida aniqlash mumkin bo‘ladi (5-rasmga qarang).
6-rasm 1.2.9.Rang tanglash. AutoCADda rang tanlashda 255 rangdan iborat rang palitrasidan foydalaniladi. Rang turlarini tanlashda «Цвета» (Ranlar) tugmasi ochiladi va Другое (Boshqa) punkti ko‘rsatiladi. Bundan tashqari BYLAYER (QATLAM BO‘YIChA) – rangni avtomatik ravishda o‘rnatadigan, BYBLOCK (BLOK BO‘YIChA) – blok tuzganda avtomatik ravishda rangni o‘rnatadigan Continuous –uzluksiz o‘rnatadigan muhim so‘zlar beriladi.
RANG BERISH ALGORITMI 1) obyekt (obyektlar)ni belgilaymiz;
2) «Цвета» (Ranglar) tugmasi ochgan ro‘yxatdan kerakli rangni tanlaymiz («другое» (boshqa) punkti ko‘rsatilganda AutoCAD rang palitrasidan qo‘shimcha ranglarni tanlaymiz);
3)Ajratitlgan obyektni Esc klavishini ikki marta bosib, olib tashlaymiz.
1.2.10.Chiziq turini tanlash. Chiziq turini tanlash uchun «Типи линии» (Chiziq turlari) tugmasi ishlatiladi. Agar kerakli chiziq turi « Типи линии » (Chiziq turlari) ro‘yxatida yo‘q bo‘lsa, «Другое» (Boshqa) punktiga sichqon bilan ko‘rsatiladi (6-rasmga qarang.), va unda:
• «Загрузить» (Yuklash)tugmasi orqali « Загрузить или Вигрузить Тип линии» (Yuklash yoki bo‘shatish)dialog oynasi yuklanadi va unda kerakli chiziq turi tanlanadi;
• Удалить (Olib tashlash) tugmasi orqali ajratilgan chiziq turi yo‘qotiladi;
• Текущий (Joriy ) tugmasi orqali belgilangan chiziq turi joriy bo‘lib qoladi;
• Показать(скрить)/детали (Ko‘rsatish (bekitish)/detallar)–tugmasi orqali ushbu chiziq turi formatlanadi.
Bundan tashqari BYLAYER (QATLAM BO‘YICHA) chiziq avtomatik ravishda o‘rnatadigan, BYBLOCK (BLOK BO‘YICHA) blok tuzganda avtomatik ravishda rangni o‘rnatadigan, Continuous –uzluksiz o‘rnatadigan muhim so‘zlar beriladi.