― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   266
pul va banklar (2)

kassa operatsiyalari
orqali mijozlarga naqd pullarni berish va 
ulardan naqd pullarni qabul qilish bilan bog‗liq ishlarni amalga oshiradi.
Banklarning
 
valyuta operatsiyalari
 
bevosita xorijiy mamlakatlar milliy 
valyutasini oldi – sotdisi bilan bog‗liq operatsiyalar hisoblanib, milliy valyutaning 
xorijiy valyutalarga nisbatan kursini o‗zgarishi hisobiga foyda yoki zarar ko‗rishi 
mumkin. 
Banklar yirik va yuqori darajadagi to‗lov qobiliyatiga ega moliyaviy 
muassasa sifatida kompaniya, korporatsiya va boshqalarga uchinchi shaxs sifatida 
kafolatlar
 
berishi mumkin. Albatta, berilgan kafolatlar evaziga banklar ma‘lum 
darajadagi foydani olishni rejalashtiradi.
Hisob – kitob operatsiya - 
banklar mijozlarning topshiriqlariga asosan 
turli maqsadlarga ularning hisobvaraqlarini debetlash orqali o‗tkazadi, 
shuningdek, ssuda operatsiyalari ham bevosita kredit oluvchining ssuda 
hisobvarag‗ini debetlash orqali amalga oshiriladi. 
Investitsiya operatsiya -
banklar ho‗jalik yurituvchi sub‘ektlar va 
davlatning qimmatli qog‗ozlariga moliyaviy mablag‗larni joylashtiradi. 
Kassa operatsiyalari
- orqali mijozlarga naqd pullarni berish va 
ulardan naqd pullarni qabul qilish bilan bog‗liq ishlarni amalga oshiradi.
Valyuta operatsiyalari 
- bevosita xorijiy mamlakatlar milliy 
valyutasini oldi – sotdisi bilan bog‗liq operatsiyalar hisoblanib, milliy 
valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursini o‗zgarishi hisobiga foyda 
yoki zarar ko‗rishi mumkin
 


25 
YUqorida qayd eilganlarga asoslanib, banklarning aktiv operatsiyalarini 
to‗rtta guruhga ajratish mumkin. 
1.Erkin zahiralar – bunga kassadagi naqd pullar, Markaziy bankdagi vakillik 
hisobvaraqlaridagi 
qoldiqlar, 
boshqa 
kredit 
tashkilotlarning 
vakillik 
hisobvaraqlaridagi mablag‗lar. Erkin zahirlar yuqori likvidli mablag‗lar hisoblanib, 
bankka qisman yoki umuman daromad keltirmaydi. 
2.Berilgan kreditlar va depozit ko‗rinishida boshqa moliya muassasalariga, 
shuningdek Markaziy bankka joylashtirilgan mablag‗lar. 
3.Investitsiyalar – bu bankning qimmatli qog‗ozlarga va nomoddiy aktivlarga, 
shuningdek pay ko‗rinishida xo‗jalik faoliyatiga yo‗naltirilgan resurslari. 
4.Bankning o‗ziga (ichki investitsiyalar) moddiy va nomoddiy aktivlarga 
yo‗naltirilgan mablag‗lari. Bunga bank faoliyatini tashkil etish uchun zarur 
bo‗lgan binolar, jihozlar va boshqa uskunalar kiradi.
Tijorat banklarining daromadi bankning 2 va 3 guruhiga kiruvchi aktiv 
operatsiyalari hisobidan tashkil topib, bank aktivlarining risk darajasi qancha 
yuqori bo‗lsa, ushbu operatsiyalardan kelayotgan daromadlar miqdori ham 
shuncha yuqori bo‗ladi va aksincha.
Demak, banklarning aktiv operatsiyalari daromad keltirish darajasiga qarab: 
1.
Daromad keltiradigan (kredit va investitsiyalar) aktivlar; 
2.
Daromad keltirmaydigan (erkin zaxiralar, moddiy) aktivlarga 
bo‗linadi. 
Aktivlar Markaziy bankning 2000 yil 26 apreldagi 420 – sonli 
yo‗riqnomasiga asosan riskka tortilgan darajasiga qarab to‗rtta guruxga bo‗linadi. 
3.
Birinchi guruxga – riskdan ozod bo‗lgan aktivlar – 0; 
4.
Ikkinchi guruxga –minimal risk darajasiga ega aktivlar – 20; 
5.
Uchinchi guruxga – o‗rta risk darajasiga ega aktivlar – 50; 
6.
To‗rtinchi guruxga – yuqori riskli aktivlar – 100. 
Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998 yyil 9 sentyabrda tasdiqlangan 
242 – sonli ―Tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan aktivlar sifatini 
tasniflash, ssudalar bo‗yicha yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan yo‗qotishlar o‗rnini
qoplash uchun tashkil etiladigan zaxirani shakllantirish va undan foydalanish‖
tartibiga asosan bank kreditlari yaxshi kreditlar, standart kreditlar, substandart 
kreditlar, shubhali kreditlar va umidsiz kreditlar sifatida tasniflanadi.
Bank kreditlarini tasniflashdan asosiy maqsad ularni to‗liq qaytarishini 
ta‘minlash bo‗yicha tegishli ishlarni amalga oshirishga qaratiladi. Bank kreditlari 
―YAxshi‖ deb tasniflanganda ularda qaytarilmasligi alomatlari bo‗lmaydi, shu bois 
ushbu kreditlar bo‗yicha tegishli zaxiralar ajratilmaydi. Foizlar muddati o‗tgan 
ssudalar "YAxshi" deb tasniflanishi mumkin emas. 
Kreditlar ―Standart‖ sifatida tasniflangan aktivlar bo‗yicha qaytarilmagan 
kredit summasining 10 foizi miqdorida zaxiralar tuzishi shart. 
―Substandart‖ sifatida tasniflangan aktivlar bo‗yicha bank asosiy qarzning 
to‗lanmagan summasining 25 foiziga teng bo‗lgan zaxiralarni shakllantirishi lozim. 
―Shubhali‖ deb tasniflangan aktivlar bo‗yicha bank asosiy qarz to‗lanmagan 
summasining 50 foizi miqdorida zaxirani tashkil etishi shart. 
Bank tomonidan berilgan kreditlar kamida 180 kunga kechiktirilganda bular 
―umidsiz‖ deb tasniflanadi. Umidsiz deb tasniflangan aktivlar bo‗yicha bank asosiy 


26 
qarzning to‗lanmagan summasining 100 foizi miqdorida zaxiralar yaratishi kerak. 
Bank aktivlari likvidli, ya‘ni tez naqd mablag‗ga aylantirish imkoniyati 
bo‗lishi kerak. Bank aktivlari likvidlilik nuqtai nazaridan quyidagilarga bo‗linadi: 
7.
Yuqori likvidli aktivlar – bevosita pul ko‗rinishidagi mablag‗lar 
bo‗lib, ushbu aktivlar istalgan paytda bank maburiyatini bajarishga yo‗naltirilishi 
mumkin; 
8.
Qisqa muddatli likvidli aktivlar – qisqa muddatli kreditlar va 
ikkilamchi bozorga ega bo‗lmagan qimmatli qog‗ozlar; 
9.
Qiyin realizatsiya qilinadigan aktivlar – o‗rta va uzoq muddatli 
kreditlar, ikkilamchi bozorga ega bo‗lmagan qimmatli qog‗ozlar, pay ulushlari va 
boshqalar; 
10.
Past likvidli aktivlar – bankning asosiy vositalariga yo‗naltirilgan 
mablag‗lar kiradi. 
Xulosa qilib aytganda, banklarning aktiv operatsiyalari ularning foydasini 
shakllantirishga xizmat qilish bilan birga, ma‘lum darajadagi risklarni vujudga 
kelishiga sabab bo‗ladi. Banklar aktiv operatsiyalarni bajarishda asosiy e‘tiborni 
mavjud risklarning darajasini pasaytirish orqali balansning likvidligini 
ta‘minlashga qaratadi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin