― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   266
pul va banklar (2)

Qiymat o„lchovi. 
Pulning ikkinchi funksiyasi – iqtisodiyotda pul o‗lchov vositasi sifatida xizmat 
qilganda xisob birligini ta‘minlashi lozim. Og‗irlikni funtda yoki masofani milda 
ulchaganimiz kabi biz tovarlar va xizmatlarning qiymatini pul birliklarida 
ifodalaymiz. Ushbu funksiyaning muhimligini anglashimiz uchun pul qiymat 
o‗lchovi funksiyasini bajarmaydigan barter iqtisodiyotni yana bir ko‗rib chiqamiz. 
Agarda iqtisodiyotda faqatgina uchta tovarlar, aytaylik, shaftolilar, iqtisodiyot 
bo‗yicha leksiyalar va filmlar mavjud deb qarasak, unda tovarlar almashinuvini 
ta‘minlash uchun faqatgina uchta narxlarni bilishimiz zarurdir: iqtisodiyotdagi 
ma‘ruza nuqtai-nazardan shaftolining narxi (shaftoliga pul to‗lashingiz uchun 
iqtisodiyotdan nechta ma‘ruza o‗qishingiz lozim), film nuqtai-nazaridan 
shaftolining narxi, film nuqtai-nazaridan iqtisodiy ma‘ruzaning narxi. Agarda 
iqtisodiyotda 10 ta tovarlar bo‗lganida edi - 45 ta tovarning narxini, 100 ta tovar 
mavjud bo‗lsa – 4950 ta tovarning narxini, 1000 ta tovar mavjud bo‗lsa – 499 500 
ta tovarlarning narxini bir tovarni boshqasiga ayirboshlashimiz uchun bilishimiz 
zarurdir.
18
 Tasavvur qilib ko‗ringki, barter iqtisodiyot sharoitida polkada minglab 
turli xil tovarlar joylashgan supermarketda bir funt tovuq go‗shtining narxi to‗rt 
funt yog‗ narxiga, bir funt baliqning narxi sakkiz funt pomidorning narxiga teng 
bo‗lgan sharoitda tovuq yoki baliqdan qay birining narxi arzon ekanligini 
aniqlashga to‗g‗ri kelar edi. Barcha tovarlarning narxlarini solishtirishingiz 
uchun xar bir narsaning ustidagi yorliqda 999 ta narxlar ro‗yxati mavjud bo‗lish 
lozim edi. Natijada ularni o‗qishga sarflangan vaqt juda katta tranzaksion 
xarajatlarni keltirib chiqarar edi.
Ushbu muammoni xal etish uchun iqtisodiyotga pulni tatbiq etish va barcha 
tovarlarning (shaftolilar, iqtisodiyot bo‗yicha ma‘ruza, filmlar) narxlarini pul 
birliklarida, masalan, dollarlarda aks ettirish kerak. Iqtisodiyotda faqatgina uchta 
tovarlar mavjud bo‗lgan holatda tranzaksiyalarni o‗tkazish uchun uchta narxga 
nisbatan ehtiyojimiz mavjudligi bois barter tizimiga nisbatan unchalik katta foyda 
bo‗lmaydi. Ko‗rishimiz mumkinki, puldan qiymat o‗lchovi vositasi sifatida 
foydalanish ko‗rib o‗tilgan xolatda narxlar sonini kamaytirib, operatsion 
17
An extremely entertaining article on the development of money in a prisoner-of-war camp during World WII is R. 
A. Radford, ―The Economic Organization of a RO.W Camp,‖ 
Economica 
12 (November 1945): 189-201 
18
N та товарлар мавжуд бўлган шароитда нархнинг миқдорини хисоблаш, N бирликдан жуфтлик миқдорини 
аниқлаш формуласи билан айнан бир хилдир.
Масалан, 10 та товарлар мавжуд бўлган ҳолатда. 


xarajatlarni pasaytiradi. Iqtisodiyot yanada murakkablashib borishi barobarida 
pulning ushbu funksiyasidan olinadigan foyda yanada oshib boradi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin