― pul va banklar


-MAVZU: PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   266
pul va banklar (2)

4-MAVZU: PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI 
 
REJA: 
4.1. ―Pul aylanmasi‖ tushunchasining mazmuni va pul aylanmasining 
tarkibiy tuzilishi.
4.2. Naqd pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari.
4.3. Naqdsiz pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari.
4.4. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari.
4.5. To‘lov tizimi va uning rivojlanish bosqihclari. 
4.6. Plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar
 
 


4.1
 
. Pul aylanmasi tushunchasining mazmuni va pul aylanmasining 
tarkibiy tuzilishi. 
ul aylanmasi-bu pulning naqd va naqdsiz shakildagi uzluksiz 
harakatlari yig`indisidir. Pulning doiraviy aylanishi – bu pulning 
bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga o‘tishidir. Pulning doiraviy 
aylanishining takrorlanishi pulning aylanishi deyiladi. Demak, pul 
aylanmasini pulning aylanishi sifatida talqin qilish mumkin. I. 
Shakerning ta‘rif berishicha pul aylanmasi bu pullarning naqd va 
naqd bo‘lmagan shakllardagi doiraviy aylanish jarayoni bo‘lib, 
bunda pullar muomala vositasi va to‘lov vositasi funktsiyasini bajaradi. Pulning bir 
qo‘ldan ikkinchi qo‘lga o‘tishini Shaker doiraviy aylanish deb atadi. Pullarning bir 
subektdan ikkinchi subektga otishi, pulning doiraviy aylanishi takrorlanishi 
pulning aylanishi deyiladi.
Naqd pul va naqd pulsiz shaklida hisob – kitoblarni amalga oshirish pul 
aylanmasini tashkil etadi. Naqd pul aylanmasi – bu qog‗oz pullar va tanga pullar 
vositasida amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon bo‗ladi. Naqd 
pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o‗rtasida vujudga 
keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga xizmat qiladi. 
Naqd pulsiz aylanmalar – bu kredit muassasalarida ochilgan hisobraqamlar 
yordamida pullarni hisobdan hisobga ko‗chirish orqali amalga oshiriladi.
Pul doimiy ravishda ―harakatda‖ bo‗ladi, bu harakat davomida juda ko‗plab 
tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish jarayonida bevosita ishtirok etib, sotuvchi 
va sotib oluvchilarga xizmat qiladi. Xususan, pul o‗z harakati jarayonida bozordagi 
talab va taklifdan kelib chiqqan holda tovarlar va xizmatlar bahosini belgilaydi, bu 
pulning qiymat o‗lchovi, muomala vositasi va to‗lov vositasi funksiyalari orqali 
amalga oshiriladi. 
Pul vaqtinchalik hisob – kitoblar va aylanmalarda ishtirok etmagan vaqtda 
jamg‗arma vositasi funksiyasini bajarish orqali, o‗zining sohibiga qo‗shimcha 
daromad keltirdi va real iqtisodiyotda muhim rol o‗ynaydi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob – kitoblar bilan amalga 
oshirilayotgan to‗lovlar hajmining yuqori yoki pastligiga pulning barqarorligi
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va boshqa qator omillar ta‘sir qiladi. 
Pulning aylanmasi mohiyatini yanayam chuqurroq aniqlash uchun uning 
ob‘ekti va sub‘ektlariga e‘tibor berish maqsadga muvofiq. Pul aylanmasi 
sub‘ektlari sifatida davlat va davlat muassasalari, Markaziy bank, kredit va moliya 
muassasalari, mamlakat rezidenti va norezedentlari, korxona va tashkilotlarni 
keltirish mumkin. Uning ob‘ekti esa tovar va tovarsiz operatsiyalar jarayonida 
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya‘ni aylanmalar hisoblanadi.
Pul aylanishi tushunchasi – bu ma‘lum davr davomida iqtisodiyotda pulning 
qanchalik darajada tez ko‘chishib yurishi jarayonini anglatadi. Bu ko‘rsatkich 
nominal YaIM ni pul taklifiga (
𝑀
2
) bo‘lish orqali topiladi. Shuningdek bu 
mamlakatdagi umumiy pul massasini aylanish darajasini bildiradi ya‘ni masalan, 
1 dollarni necha marta tovar yoki xizmatlar sotib olish uchun ishlatilinish 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin