16.4.Valyuta tizimi
alyuta tizimi - bu, mamlakatlar o'rtasida valyuta munosabatlarini
tashkil etish shaklidir.
Valyuta tizimi - bu, milliy qonunchilik yoki davlatlararo kelishuvlar bilan
mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishning
shaklidir.
152
Valyuta tizimi - bu, davlatlararo shartnomalar va kelishuvlar bilan
belgilanadigan, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil etishning davlat-huquqiy
shaklidir.
153
Valyuta tizimi - bu, xo‘jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan
shakllangan, valyuta amali bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning
iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi.
Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy
faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub‘ektlarning ushbu
faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Valyuta qonunchiligi - bu, mamlakat ichkarisida valyuta qimmatliklari bilan
bir mamlakat tashkilotlari va fuqarolari hamda boshqa mamlakat tashkilotlari va
152
Международные валютно-кредитные и финансовые отношения: учебник / под ред. Красавиной Л.Н. - 3-е
изд., перераб. и доп. – М.: Финансы и статистика, 2006. – 576 с.
153
Финансово-кредитный энциклопедический словарь / Колл. авторов; Под общ. ред. А.Г. Грязновой. – М.:
Финансы и статистика, 2004. – 1168 с
V
108
fuqarolari o'rtasidagi shartnomalarni hamda mamlakat ichkarisidan xorijga va
xorijdan mamlakat ichkarisiga milliy hamda xorijiy valyutalar va boshqa valyuta
qimmatliklarini olib kirish, olib chiqish, o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilishini
tartibga soluvchi qonuniy me'yorlar yig‘indisidir.
Maxsus adabiyotlarda valyuta tizimlarining 3 ko'rinishi farqlanadi, ya'ni
milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari.
Milliy valyuta tizimi mamlakat pul tizimining tarkibiy qismi bo'lib, valyuta
munosabatlarining yig‘indisi sifatida maydonga chiqmaydi, balki ushbu
munosabatlarni faqat qonunchilik aktlari bilan tashkil etilish tartibini belgilaydi.
Valyuta munosabatlarini tashkil etishning bunday tartibi birinchi navbatda valyuta
tizimi elementlarini belgilashni o'z ichiga oladi.
Milliy valyuta tizimining qonunchilik asosida belgilanadigan elementlariga
quyidagilar kiradi:
1.
Milliy valyuta va uning nomi;
2.
Milliy valyuta paritetini belgilash;
3.
Milliy valyutaning konvertatsiya shartlari;
4.
Milliy valyuta kursining rejimi;
5.
Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanishni tartibga solish
(reglamentatsiya);
6.
Xalqaro zahira aktivlari tarkibiy qismlari (komponentlari) o'rtasidagi
nisbatni aniqlash;
7.
Mamlakatning
xalqaro
hisob-kitoblarini
tartibga
solish
(reglamentatsiya);
8.
Milliy valyuta va oltin bozorlari faoliyatining rejimi;
9.
Valyuta cheklanishlarining o'rnatilish tartibi;
10.
Valyuta
munosabatlariga
xizmat
ko'rsatuvchi
va
ularni
muvofiqlashtiruvchi milliy organlar maqomi.
Yuqorida zikr etilgan elementlar yig‘indisi xalqaro valyuta-kredit va hisob-
kitob munosabatlarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan belgilanadigan
valyuta mexanizmidir.
Milliy valyuta va uning nomi milliy valyuta tizimining asosi bo'lib
hisoblanadi, u qonun asosida davlatning pul birligi sifatida belgilanadi. Xalqaro
iqtisodiy munosabatlarda ishlatiladigan milliy pullar valyutaga aylanadi. Xalqaro
hisob-kitoblarda odatda xorijiy valyuta, ya'ni boshqa mamlakatlarning erkin
muomalada yuradigan valyuta maqomiga ega pul birliklari ishlatiladi. Ushbu pul
birliklari bilan deviz tushunchasi bog‘liq.
Deviz - bu, xorijiy valyutadagi har qanday to'lov vositasidir. Xorijiy valyuta
valyuta bozorida oldi-sotdi ob‘yekti bo'ladi, xalqaro hisob-kitoblarda ishlatiladi,
banklarda hisob-varaqlarda saqlanadi, ammo ushbu davlat hududida qonuniy
hisob-kitob vositasi bo'lib hisoblanmaydi (kuchli inflyatsiya davrlarini hisobga
olmagan holda). Mamlakatda kuchli inflyatsiya va inqiroz holatida milliy valyutani
nisbatan barqaror bo'lgan xorijiy valyuta siqib chiqaradi, zamonaviy sharoitda bu
AQSh dollari va Yevrodir.
"Valyuta" kategoriyasi, milliy va yahon xo‘jaliklarining o'zaro aloqasi hamda
munosabatlarini ta'minlaydi.
109
Milliy valyuta paritetini belgilash. Valyuta pariteti - bu, ikki valyuta
o'rtasidagi, qonuniy asosda belgilangan nisbat. Monometalizm davrida (oltin yoki
kumush) valyuta kursining asosi bo'lib tanga pariteti hisoblangan. Tanga pariteti -
bu, turli mamlakatlar pul birliklarini o'zidagi metall sig‘imiga ko'ra o'zaro
solishtirishdir. Tanga pariteti tushunchasi valyuta pariteti tushunchasi bilan mos
keladi.
Oltin monometalizmi davrida valyuta kursi oltin paritetiga asoslangan edi.
Bunda valyutalar zaminidagi rasmiy oltin miqdorlari bo'yicha o'zaro solishtirilar
edi. Bu sharoitda valyuta kursi ushbu oltin pariteti atrofida, oltin nuqtalar
chegarasida, tartibsiz asosda tebranar edi. Oltin nuqtalarning klassik mexanizmi 2
shart mavjudligi holatida amal qilar edi, ya'ni oltinning erkin asosdagi oldi-sotdisi
va uning chetga cheklanmagan miqdorda erkin olib chiqilishi. Valyuta kursining
tebranish chegaralari oltinni xorijga olib chiqish xarajatlari bilan belgilangan va
amalda paritetdan +;- 1%-dan oshiq bo'lmagan. Oltinni xorijga olib chiqish
xarajatlariga fraxt, sug‘urta, kapitalga foiz yo'qotishlari, probani aniqlash va
boshqa shu kabi xarajatlar kirgan. Oltin standartini bekor qilinishi bilan oltin
nuqtalar mexanizmi o'z harakatini to'xtatdi.
Jahon xơjaligi jahon valyuta tizimi oldida quyidagilardan iborat bơlgan
muayan talablarni ku di:
- xalqaro ayirboshni ishonch kozongan va mikdor jihatdan etarli bơlgan tơlov,
hisob-kitob vositalari bilan ta'minlash;
- jahon iqtisodi sharoitlarining ơzgarishida valyuta mexanizmining nisbiy
barqarorligi va tez moslashuvchanligini qơllab-kuvvatlab turish;
- barcha a'zo-mamlakatlar manfaatiga xizmat kilish.
Ushbu talablarning bajarilishiga takror ishlab chiqarishning karama-
karshiliklari, jahon xơjaligining tarkibiy tuzilishi va jahon maydonidagi kuchlar
nisbatidagi ơzgarishlar tuskinlik kiladi.
Valyuta gegemonligi markazlari, 'ni valyuta jarayonidagi xukmronlik
markazlari, davriy ravishda mamlakatlar rivojlanishining notekisligi sababli,
ơzgarib turadi. Birinchi jahon urushigacha valyuta gegemonligi, jahon ishlab
chiqarishi va savdosida, bank va suğurta ishida, valyuta munosabatlarida xukmron
bơlgan Buyuk Britani ga tegishli di. Birinchi jahon urushi natijasida moli viy
markazning Yevropadan AQShga kuchishi funt sterling va dollar ơrtasidagi
valyuta gegemonligi uchun kơrashni kuchaytirib bordi. Ikkinchi jahon urushidan
sơng AQSh dollari gona gegemon valyuta bơlib koldi. 1970-1990 yillarda 3 ta
kuch markazlarining shaklanishi, valyuta hukmronligi ngi markazlarining paydo
bơlishiga olib keldi. Bơlar Garbiy Yevropa va Yaponiya markazlaridir. Bu, ơz
navbatida, AQSh dollarining monopol holatiga putur etkazdi.
Jahon valyuta tizimining amal kilish xususi ti va muvozanatliligi
tamoyillarining jahon xơjaligi tarkibiy tuzilishi, kuchlarning joylashishi va etakchi
mamalakatlar manfaatlariga mosligi darajasiga boğliqdir. Ushbu sharoitlarning
ơzgarishi natijasida jahon valyuta tizimining davriy inkirozi vujudga keladi. Bu
inkiroz, zikr tilgan valyuta tizimining emirilishi va ngi valyuta tizimining barpo
tilishi bilan kunlanadi.
110
Mintaqaviy valyuta tizimi – bu, xududiy birlashma a'zolari bơlmish
mamlakatlarning davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan valyuta
munosabatlarini tashkil tish shaklidir.
Jahon va xududiy valyuta tizimlari ơzgaruvchan sharoitlarga tez moslasha
oladigan, qiluvchan bơlishi hamda alohida davlatlar va jahon manfaatlarida
muvozanatni saqlash xususi tiga ga bơlmogi lozim. Fakatgina shunday
sharoitlarda valyuta tizimi ơzok muddat davomida muvaffaki tli amal kilishi
mumkin.
Davlatlararo kelishuvlar bilan ơrnatiladigan valyuta munosabatlarini tashkil
tishning davlat huquqiy shakli sifatidagi valyuta tizimi bir vaqtning ơzida paydo
bơlgani yơq. Uning pul tizimidan ajralib chiqishi va mustaqil kategori ga aylanishi,
qiymat pul shaklining ơzok rivojlanishi va pulning urinbosar kơrinishlarining
paydo bơlishi jarayonida sodir bơlgan.
Pul tizimi qiymatning pul shakli paydo bơlishi, pul vazifasini noyob
metallarga va sơng oltinga utishi bilan vujudga keladi. Bunda, pul tizimini tashkil
tish asoslari barcha mamlakatlar uchun umumiy bơlgan. Bu, birinchi navbatda, pul
metallidan tangalarning rkin zarb tilishi, tuskinliksiz qiymat belgilarining oltinga
almashtirilishi va oltinning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga rkin xarakatini
ta'minlaydi.
Jahon valyuta tizimi - bu, jahon bozori (xo‘jaligi) ning rivojlanishi asosida
shakllangan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta
munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Jahon valyuta tizimining tashkiliy asosi
bo'lib, milliy valyuta tizimi hamda ushbu tizimga kirayotgan har bir mamlakat
valyuta mexanizmini tashkil etilishining davlat-huquqiy shakli hisoblanadi.
Jahon valyuta tizimi XIX asrning o'rtalariga kelib shakllandi. Jahon valyuta
tizimi milliy valyuta tizimi elementlari bilan yaqindan aloqada bo'lgan ma'lum bir
elementlarni o'z ichiga oladi. Ular quyidagilar:
1.
Zahira valyutalari, xalqaro hisob-kitob valyuta (pul) birligi (SDR);
2.
Valyutalarning o'zaro konvertatsiya qilinish shartlari;
3.
Valyuta paritetlarining soddalashtirilgan (unifikatsiya) rejimi;
4.
Valyuta kurslari rejimlarini tartibga solish (reglamentatsiya);
5.
Valyuta cheklanishlarini davlatlararo muvofiqlashtirish;
6.
Xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo muvofiqlashtirish;
7.
Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanish qoidalarini
soddalashtirish (unifikatsiya);
8.
Xalqaro
hisob-kitoblar
asosiy
shakllarini
soddalashtirish
(unifikatsiya);
9.
Jahon valyuta va oltin bozorlari rejimi;
10.
Davlatlararo valyuta muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi xalqaro
tashkilotlar.
Zahira valyutalari, xalqaro hisob-kitob valyuta (pul) birligi (SDR). Jahon
valyuta tizimi jahon pullarining amal qiluvchi shakllariga asoslangandir. Jahon puli
deb xalqaro munosabatlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy) xizmat ko'rsatuvchi
pullarga aytiladi. Jahon pullari amaldagi shakllarining evolyutsiyasi birmuncha
kechikib bo'lsa-da, oltin pullardan boshlab to kredit pullargacha bo'lgan milliy
pullarning rivojlanish yo'lini qayta bosib o'tadi. Bunday qonuniyat asosida jahon
111
valyuta tizimi XX asrga kelib jahon yetakchi mamlakatlarining bir yoki bir nechta
milliy valyutalariga (an'anaviy yoki Yevrovalyuta shaklida) yoki xalqaro valyuta
birligiga (SDR) asoslanadi.
Valyuta munosabatlarining ba'zi bir lementlari qadimiy Rimda veksellar
asosida va bir mamlakat savdogarining pulini ikkinchi bir mamlakat savdogariga
almashtirib berish zaminida vujudga kelgan. Valyuta munosabatlarining
rivojlanishining keyingi bosqichi qadimiy Lionda va boshqa Ğarbiy vropa
mamlakatlarida ơtkaziladigan tratta operasi larining rivojlanishi hisoblanadi. Ishlab
chiqarish kuchlarining rivojlanishi, jahon bozorining barpo bơlishi, xalqaro mehnat
taqsimotining chuqurlashuvi va jahon xơjalik tizimining rivojlanishi xalqaro
valyuta munosabatlari rivojlanishining asosidir. Valyuta munosabatlari xalqaro
iqtisodiy munosabatlarning bir bơlagi hisoblanib, uning holati milliy va jahon
iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga, siyosiy ahvolga, mamlakatning iqtisodiy
potensialiga, uning jahondagi ơrniga va boshqa omillarga boğliq bơladi.
Xalqaro hisob-kitob valyuta birligi xalqaro talab va majburiyatlarni o'zaro
solishtirish, valyuta pariteti hamda kursni belgilash uchun shartli masshtab va
xalqaro
to'lov
hamda
zahira
vositasi
sifatida
ishlatiladi.
Oltinning
demonetizatsiyasi jarayoni, ya'ni Yamayka (1976-1978 y.y.) valyuta islohoti
natijasida oltinning yuridik jihatdan pul funksiyasini yo'qotishi, jahon puli sifatida
muvozanatsiz milliy pullar ishlatilishining salbiy oqibatlari valyuta tizimiga SDRni
(qarz olishning maxsus huquqlari), EKYuni (Yevropa hisob-kitob pul birligi)
tadbiq etishga sharoit yaratib berdi. Jahon pullarining ushbu yangi shakllari
mamlakatlarning maxsus hisob-varaqlarda yozuvlarni amalga oshirish yo'li orqali
naqdsiz xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ishlatilgan: SDR - Xalqaro
Valyuta Fondida, EKYu - valyuta hamkorligining Yevropa fondida, 1994 yildan
boshlab Yevropa Ittifoqining Yevropa valyuta institutida. SDR va EKYuning
shartli qiymati o'rtacha tortilgan qiymat hamda valyuta savatiga (korzina) kirgan
valyutalar kurslarining o'zgarishi asosida hisoblanadi. Yevropa Markaziy banki
dastlab 1999 yilning boshidan naqdsiz hisob-kitoblar uchun, 2002 yildan boshlab
esa naqdli shaklda EKYu o'rniga Yevroni muomalaga kiritdi.
Xalqaro hisob-kitob pul birliklari kursi savat (korzina) asosida aniqlanadi.
Valyuta savatini hisoblashdagi muhim muammolardan biri bo'lib, savatdagi
valyutalar tarkibi va ularning solishtirma og‘irligi, valyuta komponentlarining
katta-kichikligi, ya'ni to'plamdagi har bir valyuta sonining miqdorini aniqlash
hisoblanadi. Bunga ko'ra savatning quyidagi turlari farqlanadi: ma'lum bir davrga
valyutalar
tarkibi
qayd
etilgan
standart
savat;
o'zgaruvchan
tarkibli
muvofiqlashtiriluvchi savat; valyutalarning o'zaro teng bo'lgan solishtirma
og‘irligiga ega simmetrik savat; valyutalarning turli ulushlarga ega asimmetrik
savati.
Yevropa valyuta ittifoqida valyuta paritetlarining asosi sifatida Yevropa
Ittifoqi mamlakatlarining 12 valyutasidan iborat EKYu valyuta savati ishlatilgan.
1999 yildan boshlab Yevropa valyuta ittifoqining yagona valyutasi Yevrodir.
Bundan tashqari bir qator mamlakatlar (taxminan 20ta davlat) o'z valyutalari
kursini boqlash maqsadida yakka tartibdagi valyuta savatidan foydalanmoqda.
Valyutalarning o'zaro konvertatsiya qilinish shartlari. Milliy valyuta tizimiga
qaralsin.
112
Valyuta paritetlarini soddalashtirilgan (unifikatsiya) rejimi. Milliy valyuta
tizimiga qaralsin.
Xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo muvofiqlashtirish. Xalqaro valyuta
likvidligini muvofiqlashtirish valyuta tizimining elementi sifatida xalqaro hisob-
kitoblarni zarur to'lov vositalari bilan ta'minlashdan iborat.
Xalqaro valyuta likvidligi - bu, mamlakatning (yoki bir guruh
mamlakatlarning) vaqtida o'z Xalqaro majburiyatlarini kreditor uchun muqobil
bo'lgan to'lov vositalarida so'ndirilishini ta'minlashdan iborat. Jahon xo‘jaligi
nuqtai nazaridan Xalqaro valyuta likvidligi jahon to'lov muomalasini
moliyalashtirish va kreditlash manbalarining yig‘indisini bildiradi hamda u jahon
iqtisodiyotining Xalqaro zahira aktivlari bilan ta'minlanganligiga bog‘liqdir.
Xalqaro valyuta likvidligi 4 asosiy qism (komponent)dan iborat:
-mamlakatning rasmiy oltin zahiralari;
-mamlakatning rasmiy valyuta zahiralari;
-Xalqaro hisob-kitob pul birliklaridagi hisobvaraqlar;
-Xalqaro Valyuta Fondidagi zahira pozitsiyasi (a'zo mamlakatning o'z
kvotasining 25 foizi chegarasida, xorijiy valyutada, so'zsiz kredit olish huquqi).
Xalqaro valyuta likvidligining ko'rsatkichi bo'lib, odatda mamlakat rasmiy
oltin-valyuta zahiralarini uning yillik tovar importining summasiga nisbati
hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkichning qimmatligi cheklangandir, chunki u mamlakat
oldida turgan barcha joriy to'lovlarni, xususan notijoriy xizmatlar hamda kapital va
kreditlarning xalqaro harakati bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalarni hisobga
olmaydi.
Xalqaro kredit muomala vositalaridan foydalanish qoidalarini soddalashtirish
(unifikatsiya). Milliy valyuta tizimiga qaralsin.
Xalqaro hisob-kitoblarning asosiy shakllarini soddalashtirish (unifikatsiya).
Milliy valyuta tizimiga qaralsin.
Jahon valyuta va oltin bozorlari rejimi. Jahon valyuta bozori yer kurrasi
bo'ylab joylashgan jahon moliyaviy markazlarida mavjuddir. Zamonaviy jahon
valyuta bozori elektron telekommunikatsiya tizimidagi bozor desak mubolag‘a
bo'lmaydi. Ushbu bozor operatsiyalar hajmi bo'yicha moliyaviy bozorlar ichida eng
yirigi bo'lib, "Spot", "Forvard", "F'yuchers", "Opsion", "Svop" va boshqa
moliyaviy hosilalar bozorlaridan iboratdir.
Jahon valyuta bozori o'z faoliyat xususiyatiga ko'ra yopilmaydi va sutkada 24
soat faoliyat ko'rsatadi. Ushbu bozordagi kurslar bozor kon'yunkturasiga muvofiq
erkin shakllanadi. Birja ko'rinishidagi valyuta bozorlari esa albatta ma'lum bir
vaqtda ochiladi va ma'lum bir vaqtda yopiladi.
Oltin bozorlari - bu, oltin savdosining maxsus markazlari. Ushbu bozorlarda
sanoat-maishiy
iste'mol,
xususiy
iste'mol,
investitsiya,
tavakkalchilik,
chayqovchilik, xalqaro hisob-kitoblar uchun zarur bo'lgan valyutani sotib olishni
sug‘urtalash maqsadida oltinni bozor bahosidagi muntazam oldi-sotdisi tashkil
etilgan.
Bozordagi oltin taklifi manbasining asosiy qismini (80%) uning yangi ishlab
chiqarilgan hajmi tashkil etadi.
Jahon oltin bozorlarida yirik va kichik hajmdagi standart oltin quymalar
sotiladi hamda sotib olinadi. Ular qatoriga: 995 probadan kam bo'lmagan va hajmi
113
400 troya untsiyasida (12,5 kg) xalqaro turdagi quymalar, og‘irligi 900 grammdan
916,6 grammgacha bo'lgan yirik quymalar kiradi.
Oltin bozori tashkiliy jihatdan oltin bilan bitimlarni amalga oshirish
vakolatiga ega bo'lgan bir nechta banklardan tashkil topgan konsortsiumdan iborat.
Ushbu banklar sotuvchi va sotib oluvchilar o'rtasida vositachilik operatsiyalarini
amalga oshirgan holda o'zida mijozlar buyurtmalarini to'playdi, ularni solishtiradi
hamda o'zaro kelishilgan shartlarga muvofiq o'rtacha bozor bahosi darajasini qayd
etadi (odatda bir kunda ikki marotaba). Bundan tashqari maxsus firmalar oltinni
tozalash va saqlash, quymalar yasash ishi bilan shug‘ullanadi.
Jahonda 50dan ziyod oltin bozorlari mavjud, ulardan 11tasi G‘arbiy
Yevropada (London, Syurix, Parij, Jeneva va boshqalar), 19tasi Osiyoda (masalan
Bayrut, Tokio), 14tasi Amerikada (AQShda - 5), 8tasi Afrikada joylashgan.
Davlat tomonidan joriy etilgan rejimga bog‘liq holda oltin bozorlari 4 toifaga
bo'linadi:
1) jahon bozorlari (London, Syurix, Nyu-York, Chikago, Gonkong, Dubay va
boshqalar);
2) ichki erkin bozorlar (Parij, Milan, Stambul, Rio-de-Janeyro);
3) nazorat ostidagi maqalliy bozorlar (Afina, Qohira);
4) qora bozorlar.
1968 yilgacha jahonning yirik oltin bozori bo'lib London bozori hisoblangan.
Chunki ushbu bozorga Janubiy Afrika Respublikasidan oltin muntazam ravishda
yetkazib turilgan. Janubiy Afrika Respublikasidan yetkazib berilayotgan oltinning
Syurix bozoriga kelib tushishi ushbu jahon oltin bozorining mavqeini o'sishiga olib
keldi.
London va Syurix bozorlarida sotilgan oltin hajmining deyarli yarmi boshqa
bozorlardagi oldi-sotdilarni tashkil etadi.
1975 yilda AQSh fuqarolariga oltin bilan operatsiyalarni amalga oshirishga
bo'lgan 40 yillik taqiqning bekor qilinishi munosabati bilan jahon oltin bozorlari
ichida N‘yu-York va Chikago oltin bozorlari oldinga chiqib, peshqadamlik qila
boshladi. 1980 yildan boshlab N'yu-York jahonning yetakchi oltin bozoriga
aylandi.
Oltinning ichki erkin bozorlari (Parij, Gamburg, Frankfurt-Mayna,
Amsterdam, Vena va boshqalar) faoliyatini ichki investorlar va iste'molchi
bo'lmish jismoniy shaxslar talabiga moslashtiradi. Natijada ushbu bozorlarda
tangalar, medallar, mayda quymalar bilan operatsiyalar salmog‘i nisbatan katta.
Oltinning qora bozorlari davlatlar tomonidan oltin bilan operatsiyalarga ham
tegishli bo'lgan valyuta cheklovlarini kiritishi oqibatida paydo bo'ladi.
Davlatlararo valyuta muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi xalqaro
tashkilotlar. Davlatlararo valyuta muvofiqlashtirilishini Xalqaro Valyuta Fondi
(1944 yil), Yevropa valyuta tizimida esa valyuta hamkorligining Yevropa fondi
(1973-1993 y.y.) amalga oshiradi, keyinchalik u Yevropa valyuta instituti bilan
almashtirilgan (1994-1998 yy.), 1998 yilning 1-iyulidan boshlab esa Yevropa
Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi. Zikr etilgan xalqaro institutlar
xalqaro valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlarning xavfsiz, inqirozsiz rejimini
ishlab chiqish va ta'minlashga intiladilar.
114
Jahon xo‘jaligi jahon valyuta tizimi oldiga quyidagilardan iborat ma'lum bir
talablarni qo'yadi:
- xalqaro almashuvni ishonch qozongan va miqdor jihatidan yetarli bo'lgan
to'lov, hisob-kitob vositalari bilan ta'minlash;
- jahon iqtisodiyoti sharoitlarining o'zgarishiga valyuta mexanizmining nisbiy
barqarorligi va tez moslashuvchanligini qo'llab-quvvatlab turish;
- barcha a'zo mamlakatlar manfaatiga xizmat qilish.
Ushbu talablarning bajarilishiga takror ishlab-chiqarishning qarama-
qarshiliklari, jahon xo‘jaligi tarkibiy tuzilishi va jahon maydonidagi kuchlar
nisbatidagi o'zgarishlar to'sqinlik qiladi.
Valyuta gegemonligi markazlari, ya'ni valyuta jarayonidagi hukmronlik
markazlari davriy ravishda mamlakatlar rivojlanishining notekisligi sababli
o'zgarib turadi. Birinchi jahon urushigacha valyuta gegemonligi jahon ishlab
chiqarishi va savdosida, bank hamda sug‘urta ishida, valyuta munosabatlarida
hukmron bo'lgan Buyuk Britaniyaga biriktirilgan edi. Birinchi jahon urushi
natijasida moliyaviy markazning Yevropadan AQShga ko'chishi, funt sterling va
dollar o'rtasida valyuta gegemonligi uchun kurashni kuchaytirib yubordi. Ikkinchi
jahon urushidan so'ng AQSh dollari yagona gegemon valyuta bo'lib qoldi. 1970 va
1990-yillardagi 3ta kuch markazlarining shakllanishi valyuta hukmronligining
yangi markazlari paydo bo'lishiga olib keldi. Bular G‘arbiy YYevropa va
Yaponiya markazlaridir. Bu o'z navbatida AQSh dollarining monopol holatiga
putur yetkazdi.
Jahon valyuta tizimining amal qilish xarakteri va muvozanatliligi uning
tamoyillarining jahon xo‘jaligi tarkibiy tuzilishi, kuchlarning joylashishi va
yetakchi mamlakatlar manfaatlariga mosligi darajasiga bog‘liqdir. Ushbu
sharoitlarning o'zgarishi natijasida jahon valyuta tizimining davriy inqirozi vujudga
keladi. Bu inqiroz zikr etilgan valyuta tizimining yemirilishi va yangi valyuta
tizimining barpo etilishi bilan yakunlanadi.
Hududiy valyuta tizimi - bu, hududiy birlashma a'zolari bo'lmish
mamlakatlarning davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan valyuta
munosabatlarini tashkil etishning shaklidir. Bunga yaqqol misol sifatida YYevropa
valyuta ittifoqini keltirish mumkin.
Hududiy valyuta tizimining elementlari jahon valyuta tizimi elementlariga
o'xshashdir.
Jahon va hududiy valyuta tizimlari o'zgaruvchan sharoitlarga tez moslasha
oladigan, egiluvchan bo'lishi hamda alohida davlatlar va butun jahon manfaatlarida
muvozanatni saqlash xususiyatiga ega bo'lmoqi lozim. Faqatgina shunday
sharoitlarda valyuta tizimi uzoq muddat davomida muvaffaqiyatli amal qilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |