Banklar va boshqa moliyaviy muassasalar O‘zbekiston Respublikasining 25 aprel 1996 yilda qabul qilingan ―Banklar va
bank faoliyati to‘g‘risida‖gi qonunga asosan Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank
faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan
yuridik shaxsdir: yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda
qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash
uchun foydalanish;to‘lovlarni amalga oshirish.
Xorijiy mamlakatlarda Banklar
- o‘zida qo‘yilmalar (depozitlar)ni
jamlaydigan va ssudalar (kreditlar) taqdim etadigan moliyaviy muassasalardir. Bu
erda banklar tushunchasiga tijorat banklari, ssuda va jamg‘arma assotsiatsiyalari,
o‘zaro jamg‘arma banklari, kredit uyushmalari kiritilgan. Banklar-moliyaviy
vositachilar bo‘lib, oddiy aholi ular bilan doimo ish olib boradilar. Yashash joyi
yoki avtomobil sotib olish uchun kreditni sizga maxalliy bank taqdim etadi.
Ko‘pchilik amerikaliklar o‘z jamg‘armalarining aksariyatini joriy va jamg‘arma
hisob raqamlarida, yoki boshqa ko‘rinishdagi bank jamg‘armalarida saqlaydilar.
Banklar – yirik moliyaviy vositachilar bo‘lganligi sababli ularning faoliyati chuqur
o‘rganilishi kerak. Ammo, AQShda banklardan tashqari yana bir qator moliyaviy
muassasalar mavjud. So‘nggi yillarda sug‘urta va moliyaviy kompaniyalar, pensiya
va o‘zaro fondlar, investitsion banklarning roli ortib bormoqda. Bu moliyaviy
muassasalarning faoliyati ham chuqur o‘rganishni talab etadi.
Siz fanni o‘rganish davomida daromad olish maqsadida banklar aktivlar va
passivlarni qanday qilib boshqarishlarini bilib olasiz. Ba‘zi faoliyat turlarini,
ko‘rsatkichlarni iqtisodiy tahlil qilib, nima sababdan moliyaviy tartibga solish
aynan shu ko‘rinishni olganligi hamda tartibga solish tizimida qanday xatoliklar
sodir bo‘lishi mumkinligini ko‘ramiz. Shuningdek, bank sanoatini ko‘rib chiqamiz,
bank sanoatini raqobatbardosh muhit qanchalik darajada o‘zgartirganligini
tekshiramiz va nima sababdan ba‘zi moliyaviy institutlar boshqalarning hisobidan
rivojlanayotganligini o‘rganamiz.
Banklarning iqtisodiyotda bajaradigan yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan
biri, bu ularning xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar, aholi va davlat tashkilotlari
o‘rtasida amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni tashkil etishi va ularning ustidan
tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti
sharoitida xo‘jalik sub‘ektlari o‘rtasida har kuni bir necha yuz minglab pul
o‘tkazmalari amalga oshiriladi. Bularning barchasi banklar tomonidan amalga
oshiriladi va tartibga solib turiladi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta‘sir
qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: