― pul va banklar


 Naqd pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   266
pul va banklar (2)

4.2. Naqd pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari.
Naqd pul aylanmasi bu pullarning naqd ko‘rinishidagi harakatlarining 
yig‘indisidir. Naqd pul aylanmasi – bu naqd pullarning doiraviy aylanishining 
doimiy ravishda takrorlanishidir.
Naqd pul aylanmasi bu pul mablag‘larining naqd ko‘rinishidagi aylanmasidir. 
Taraqqiy etgan mamlakatlarda naqdsiz pul aylanmalarini yuksak darajada 
rivojlanganligi, naqd pullarga bo‘lgan talabni keskin pasayishiga olib keldi. AQSh 
va Yaponiyada plastik kartochkalarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan. Evropada 
plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan.
Muomiladagi naqd pullar. FZT naqd pullarni chiqaradi. (Bu kulrang 
yashil qog‘oz bo‘laklari yuqori qismida 
"Federal Reserve Note" yozuvi 
bo‘ladi
 ). Muomiladagi naqd pullar –bu aholi qo‘lidagi naqd pullar hajmi. 
(Depozit tashkilotlarining seyfidagi naqd pullar markaziy bank passivi
lekin rezerv pul hisoblanadi.)
47
47
Fredric S. Mishkin. The Economics of Money, Banking and Financial Markrts. 
44 2 ЧАСТЬ IV.
Центральные банки и проведение монетарной политики. 


Naqd pulli hisob – kitoblar bevosita naqd pullar bilan amalga oshiriladi. 
Iqtisodiyotda pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblarning ulushi 
sezilarsiz darajada bo‗lib, taxminan 5 – 12 foiz atrofida tebranib turadi. Mamlakat 
pul oboroti tarkibida naqd pulli hisob – kitoblar ulushining pastligi yoki ortib 
borishi iqtisodiyotda ishlab chiqarish darajasi, moliya – kredit tizimi va milliy 
valyutaning barqarorligi hamda boshqa qator omillar bilan izohlanadi.
Naqd pullar aylanishining amal qilishiga doir quyidagicha asosiy tamoyillar 
ajratib ko‘rsatiladi: 
1) moliya muassasalari-emitentlarning mavjudligi; 
2) bozor qatnashchilarining mablag‘larni sarflash yuzasidan iqtisodiy 
erkinligi; 
3) ta‘sis etilgan milliy pul birligining amal qilishi; 
4) nazorat qiluvchi organlar oldida tushumlar va xarajatlar hajmlari uchun 
hisobotchilikni amalga oshirish mumkinligi; 
5) pul mablag‘lariga egalik qilishning legitimligi. 
Naqd pul aylanmasini tashkil qilish quyidagi printsiplar asosida amalga 
oshiriladi: 
1. Naqd pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solishni me‘yoriy huquqiy 
asoslarining mavjudligi. Masalan, Markaziy bankning kassa operatsiyalarini 
amalga oshirish to‘g‘risidagi yo‘riqnomasi muhim meyoriy hujjat bo‘lib 
hisoblanadi.
2. Barcha korxonalar va tashkilotlar o‘zlarining naqd puldagi mablag‘larini 
tijorat banklarida saqlashlari shart.
3. Korxonalar va tashkilotlarga kassada kichik miqdorda naqd pul saqlab 
turishga ruxsat etiladi. Buning uchun ularning kassasiga tijorat banklari tomonidan 
limit belgilanadi. Bu limit ko‘zda tutilmagan xarajatlar uchun ajratiladi.
4. Naqd pullardan maqsadli foydalanish printsiplari 
Banklardan korxonalar naqd pullarni pul cheklari orqali oladi. Pul chekida 
nima maqsadda naqd pul olinayotganligi ko‘rsatiladi.
To‘lovlar ma‘lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyotda 
pullik to‘lovlarni amalga oshirishning 2 xil ketma-ketligi mavjud: 
1.
Kalendar ketmaketlik. 
2.
Maqsadli ketmaketlik. 
Kalendar ketma – ketlikda qaysi qarzdorlik oldin paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha 
to‘lanadi. Bu ketma-ketlik taraqqiy etgan mamlakatlarda qo‘llaniladi. 
Maqsadli ketma-ketlikda to‘lovlar oldindan belgilangan maqsadlarga 
qarab to‘lanadi. Bu ketma-ketlik rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan 
O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladi.
Har qanday pullik to‘lovlar pul aylanmasida ishtirok etuvchi 
subektlarining joriy hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari hisobiga to‘lanadi. Joriy 
hisob raqamlar AQSh bank amaliyotida transaksion depozit hisob raqanlari, 
Germaniyada jiro hisob raqamlari, Rossiyada ―depoziti do vostrebovanie‖ deyiladi. 


Fransiyada joriy hisob raqami deyiladi, O‘zbekistonda talab qilib olinadigan 
depozit hisob raqamlari deyiladi.
Naqd pul aylanmasi muomalaga 2 kanal orqali chiqadi: 
1)
 
Markaziy Bankning zaxira vakillik tizimi orqali (Tijorat banklarining 
buyurtmalari asosida). Tijorat banklarida naqd pulga bo‘lgan qo‘shimcha talab 
yuzaga kelganda ular bu talabni qondirish uchun markaziy bankga naqd pul olish 
uchun buyurtma beradilar. Markaziy Bank buyurtma qilingan naqd pulni emissiya 
qiladi va uni inkassatsiya xizmati orqali tijorat banklariga etkazadi. Emissiya 
qilingan summaga Markaziy Bank balansining passiv qismidagi ―Majburiyatlar 
moddasi‖ ko‘payadi. Tijorat bankining Markaziy Bankning balansida ochilgan 
―Vostro‖ vakillik hisob raqamining qoldig‘i ana shu summaga kamayadi. 
2)
Davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtrishda. Markaziy Banklarning 
tuman va shahar filiallari bo‘lmaydi, shu sababli ular davlat byudjetining kassa 
ijrosini 
amalga 
oshirish 
maqsadida 
tijorat 
banklarining 
xizmatlaridan 
foydalanishga majbur bo‘ladilar. Moliya vazirligi byudjet tashkilotlari xarajatlarini 
naqd pulsiz shaklda moliyalashtrib beradi. Moliyalashtrilgan summaning naqd pul 
ta‘minoti Markaziy bank tomonidan amalga oshirilinadi. Markaziy Bank 
inkassatsiya xizmati orqali naqd pulni tijorat banklariga etkazib beradi. Etkazib 
berilgan naqd pulning naqd pulsiz ekvivalienti tijorat bankining hisob raqamidan 
echib oladi.
Naqd pul aylanmasining tarkibi quyidagi qismlardan tashkil topadi: 
Naqd pul aylanmasi – bu pullarning naqd shakldagi harakatlari yig`indisidir. 
Naqd pul aylanmasi tarkibi va qism umumiy nom bilan iyrarxik qism deyiladi. 
1. Markaziy bank va tijorat banklar o‘rtasidagi naqd pul aylanmsi. 
Davlat budjetining kassa ijrosi bilan bog`liq naqd pul aylanmasi Markaziy 
bankning tuman va shahar filiallari bo‘lmaganligi sababli u davlat budjetining 
kassa ijrosini amalga oshirishda tijorat banklarinig xizmatlaridan foydalanishga 
majbur. Moliya vazirligi davlat budjeti xarajatlari naqd pullik ta‘minotining tijorat 
bankining NOSTRO hisob raqamiga naqd pulni tashlab beradi. Markaziy bank 
tijorat bankiga budjet xarajatlariga naqd pullik ta‘minotiga inkassatsa xizmati 
orqali yetkazib beradi. Yetkazib berilgan naqd pulning naqd pullik ekvivalenti 
tijorat banklarining NOSTRO vakillik hisob raqamidan olib qo‘yiladi. 
2. Tijorat banklari o‘rtasidagi banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi naqd 
pullik aylanmasi. Barcha naqd pul ko‘rinishidagi pullarini tijorat banklariga 
topshirishlari shart.Tijorat banklari o‘z mijozlariga naqd pul puldagi xarajatlarini 
moliyalashtrish uchun naqd pullar beradi (Ish haqi, mukofot, mehnat ta‘tili pullari 
va boshqalar): 
a) Naqd pulning tijorat banklari uchun daromad keltirmaydigan aktiv 
hisoblanadi. Shu sababli bank kassasidagi ortiqcha pullarni unga muxtojlik 
sezayotgan banklarga foiz hisobiga sotadi; 
b) Banklar mijozlarga kassa xizmati ko‘rsatadi ya‘ni, ularning naqd pullarini 
qabul qiladi va ularga naqd pul beradi; 
3. Korxonalar, tashkilotlar va aholi o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi. 


Bunda korxona tomonidan aholiga ish haqi, stependiya, pensiya, nafaqa, 
dividentlar, sug`urta qoplash summalari kabi to‘lovlarni amalga oshiriah bilan 
bog`liq bo‘lgan naqd pul aylamasi ko‘zga tutiladi. 
4. Aholi o‘rtasidagi naqd pul aylanmasi. 
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi pul aylanmasining 
tarkibiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, taraqqiy etgan mamlakatlarda 
iqtisodiyotning pul mablag‘lari bilan ta‘minlanganlik darajasi yuqori bo‘lganligi 
sababli, tovar pul munosabatlarida to‘lovsizlik muammosi mavjud emas. 
M2 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin