§. Sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etish metodikasi


Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari tadbirlar quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi



Yüklə 159 Kb.
səhifə6/11
tarix10.05.2023
ölçüsü159 Kb.
#110467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
§. Sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etish metodikasi

Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari tadbirlar quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Tadbirni rejalashtirish;
2. Tadbir yuzasidan o'quvchilarga tushuncha berish;
3. Tadbirni tashkil qilish jarayonida sinf o'quvchilarining barchalarini ishtirok etishini ta'minlash;
4. O'quvchilarning imkoniyatlari darajasidan kelib chiqqan holda ishqlarni taqsimlash;
5. Tadbirni amalga oshirish;
6. Tadbir natijalarini tahlil qilish va baholash.
Bosqichlarning har biri o'qituvchi tomonidan oldindan chuqur o'rgaqnilgan bo'lishi lozim.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun yordam beradigan quyidagi metodik tavsiyalarni bayon etishni lozim topdik:
1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinfdan tashqari tadbirlariga rahbarlik qilishda, avvalo o'tkazilayotgan tadbirning ahamiyatiga, ijtimoiy xarakteriga e'tibor berish kerak;
2. Yaxshi ishtirok etgan o’quvchilarni, sinfni maktab jamoasi oldida moddiy va ma'naviy jihatdan ragbatlantirish;
3. Darsdan tashkari tadbirlar orkali ukuvchi shaxsidagi axlokiy sifatlarni rivojlantirish yullarini izlash;
4. Sinfdan tashkari mashgulotlarga raxbarlik kilishda milliy kadriyatlar ta'siri vositasida ba'zi ukuvchilarda mavjud salbiy xususiyatlarni bar-taraf kilib borish;
5. Boshlangich sinf ukuvchilari bunday tadbirlarda zur ishtiyok bilan kat-nashadilar. Ba'zan xamma ukuvchilar xam birdek talabga javob bera olmay-dilar, shu sababdan ularning ishtirokiga asta-sekinlik bilan erishish.
Mazkur ishlarni amalga oshirishda xar-bir boshlangich sinf ukituv-chisi eng avvalo, tashkil kilinadigan tarbiyaviy tadbirlarning mazmunini chukur urganishi, uning natijalariga jiddiy e'tibor berishi va bu bilan ukuvchi shaxsiga ijobiy ta'sir etishga intilmogi, Vatanga e'tikod, milliy gurur, Vatan ravnaki uchun xizmat kilish, kolaversa, ona tabiatni asrash kabi sifatlarni yanada rivojlantirish yullarini izlamogi lozim.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari tarbiyaviy faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning darsda olgan bilimlarini amalda isbotlash maqsadida turli ertaliklarni, kechalarni, bellashuvlarni o'tkazish maqsadga muvofiq.
Buning uchun, avvalo o'tkazilayotgan tadbir haqida bolalarda tushuncha xosil kilish, Vatan xakidagi she'rlarni yod oldirish, ukuvchilarning uzlari chizgan suratlar namoyishini tashkil qilish, ko'rinishlarni tayyorlash bilan ertaliklarga tayyorgarlik kuriladi.
Milliy bayramlarimizni boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan birga-likda nishonlash, avvalo o'quvchilarda ona-Vatanga, tabiat va jonzotlarga nisbatan mehr-muhabbat, g'urur va iftixor hissini tarbiyalaydi. Bu kabi tarbiyaviy ishlarning natijasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining lo'gat boyligi oshadi, dunyoqarashi kengayadi, asosiysi darsda olgan bilimlarini mustahkamlanadi, xotirasida uzoq vaqt saqlab qoladi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, o'quvchilar birdamlikka, jamoa bo'lib ishlash ko'nikmasiga ega bo'ladilar.
Xuddi shunday ijobiy sifatlarni boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarbiyalab borishda ertaliklarning o'z o'rni bor.
Ertaliklar bolalar uchun juda qiziqarli, tarbiyaviy jihatdan ahamiyatga ega bo'lgan tarbiya vositalaridan biridir. Ertaliklarda deyarli barcha sinf o'quvchilari ishtirok etadilar. Ularga tayyogarlik ko'rishning o'ziyoq bolalarda qiziqishni uyg'otadi. Bolalar ertalik munosabati bilan she'r, qo'shiqlar yodlashi, raqs tushishi va albatta milliy qadriyatlarimiz namunalari bilan tanishishi har tomonlama foydalidir.
Biz kuzatishlar olib borayotgan maktablarning aksariyat qismida ertaliklarni o'tkazishga kam e'tibor beriladi, ba'zi sinflarda umuman o'tkazilmasligi ayon bo'ldi.
Ertaliklar quyidagi tartibda o'tkazilsa, yaxshi natija beradi.
- ertalikning mavzusini tanlash va mavzu yuzasidan materiallar to'plash;
- ertalikning dasturini rejalashtirish;
- ertalikka mehmonlar taklif etishni rejalashtirish;
- ertalik o'tkaziladigan joyni aniqlash va bezash;
- ertalikni muvaffaqiyatli o'tkazish va qatnashchilarni rag'batlantirish.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan «Navro'z bayrami», «Mehrjon bayrami», «Gullar bayrami ertaligi», «Alifbo ertaliklari», “Oltin kuz” va boshйa ertaliklarni uyushtirish mumkin.
Shuningdek, Navro'z bayrami xalqimizning eng qadimiy qadriyatlaridan biridir. Uni necha ming asrlardan buyon ajdodlarimiz nishonlab kelishadi. Navro'z kelishi bilan tabiat uyg'ona boshlaydi. Bu kun tabiatning o'zidan kelib chiqqan holda, kun va tun tenglashuvi, kunlarning uzayishi, dalalarda ishlarning avj olishi bilan, tabiatning uyg'onishi va yashillanishi bilan boshlanadigan xalq bayramidir. Shu munosabat bilan yurtimizning barcha shahar va qishloйlarida, korxona-yu, tashkilotlarida, maktabu-bog'chalarida “Navro'z” bayramiga bag'ishlangan sayillar, tadbirlar, namoyishlar, bellashuv va ko'rik-tanlovlar o'tkaziladi.
Boshlang'ich sinflarda bu ishlarning davomi sifatida «Navro'z bayrami» ertaligini tashkil qilish mumkin. Bu borada boshlangich sinf o’qituvchilari “Navro’z”, “Bahor” haqidagi she'rlarni ifodali o’qib berib, o'quvchilarni bahor kelganidan ogoh etishi va bu tadbirga ularni jalb etishlari mumkin. Ertalikda barcha o’quvchilarni ishtirok etishini ta'minlash lozim. Shuningdek, musiqa o'qituvchisi yordamida bolalarga Navro’, Bahor, Vatan, Tabiat haqidagi alohida va guruh ishtirokida aytiladigan ashulalar o'rgatiladi. Mana shu tantanaga tayyorgarlik ko'rishning o'ziyoq bolalarga benihoya zavq-shavq bag'ishlaydi. O'qituvchining bayramga atab devoriy gazeta chiqarishi, unda bahor, tabiatning tasvirlanishi ham bolalarda ko'tarinki kayfiyatni hosil qiladi. Biz yuqorida aytganimizdek, ertalik munosabati bilan bolalarning she'r yodlashi, qo’shiq va raqslarni, bahor, tabiat, hayvonlar to’g’risidagi topishmoq, tez aytishni o’rganishlari ertalikni qiziqarli, ta'sirchan o’tishiga katta yordam beradi. Ertalik mazmunini boyitadigan obrazlar: Navro’zoy, Dehqonbobo, Gullar, Bahoroy, Quyosh bobo, hayvonlardan: Ayiqpolvon, Quyoncha, Olmaxon, qushlarning ishtiroki bayramga yanada ko’rk bag’ishlab bolalarning qiziqishini yanada oshiradi.
Ertalikka ota-onalar va boshqa mehmonlar taklif qilinadi. Bu ertalik, ya'ni, «Navro'z» bayrami ertaligi orqali o'quvchilar yurtimiz tabiati, undagi bahor munosabati bilan bo'ladigan tabiat hodisalari, kattalar mehnati xaqida ma'lumotga ega bo'ladilar. Qolaversa, bu ertalik orqali bolalar ona-tabiatni asrashga, jonvorlarga ozor bermaslikka, tevarak-atrofni ifloslantirmaslikka, daraxt va ko'chatlarni ko'paytirish ishlariga o'z hissalarini qushishda katnashadilar. Shu bilan birga o’quvchilar bu ertalik orqali, «Navro’z» bayrami xalqimizning e'zozlab keladigan qadriyatlaridan biri ekanligini anglab etadilar.



  1. Yüklə 159 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin