30
Xulosa
Hozirgi zamon kishisining kundalik hayoti turli – tuman yangiliklar,
voqea
va hodisalar, erishilgan muvofaqiyatlar va kamchiliklar,
hamda yuqori
maqsadlarga erishish uchun, qilinayotgan hatti – harakatlar bilan harakterlanadi.
Talabalar aholi kontintgentlari orasidagi yosh, ko’p narsaga qiziquvchi, oldiga yetuk
mutaxassis bo’lib chiqishi uchun ulkan vazifalar qo’ygan holda, bir vaqtning ozida
o’sib rivojlanish davridagi shaxslardir. Agar aytib o’tilgan turmush tashvishlari katta
odamlar orasida qator fiziologik va biokimyoviy o’zgarishlar
chaqirsa, talaba
yoshlar vujudida bu jarayon yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Kishi organizmida
atrof – muhitdagi sharoitlar bois yuzaga keladigan o’zgarishlar ichida 1930 –
yillarning ikkinchi yarmida Kanadalik mashhur olim Gans Selye tomonidan ixtiro
qilingan stress holati alohida o‟rin tutadi. Ushbu tushunchaning paydo bo’lganiga
ko’p vaqt o’tgan bo’lsada, stress bo’yicha olib borilgan
tadqiqotlar biologiya va
tibbiyotda nihoyatda keng rivojlangan ta’limot bo‟lib qoldi. Buni quyidagilar bilan
tushuntirish munkin:
1. Stressiz hayot yo’q. U har qanday o’simlik, hayvon va odam
hayotida albatta uchraydi.
2. Stress holatini to‟g‟ri anglab unga to’g’ri munosabatda bo’linsa,
hayotdagi aksariyat qiyinchiliklarni yengish va tegishli
muvofaqiyatga erishish
mumkin.
3. Hayot davom etar ekan har qanday tirik organizm stressga olib
keluvchi turli – tuman omillarga doimiy ravishda duch keladi.
Gans Selye
ta’limotiga ko’ra stress reaktsiyalar ikki xil bo’ladi:
1. Eustress ya’ni foydali stress.
2. Distress ya’ni zararli stress. Eustress paytida organizmning
adaptatsion imkoniyatlari kuchayadi, kasalliklarga qarshi kurashish qobilyati oshadi
hamda har xil ruhiy, hissiy hamda jismoniy noqulayliklarga bardoshliligi kuchayadi.
Distress esa organizmning ta’sir etuvchi omillardan yoki stress omilidan yengilishi
demakdir. U bunday holatda kasallanib halok bo’lishi ham mumkin. Stress so’zi
ingliz tilidan olingan bo’lib, “stress” kuchlanish, bosim, tanglik ma’nolarini beradi.
31
U dastlab fizikada qo’llanilgan bo’lib, tirik organizmga
nisbatan ishlatilishi qayd
qilinganidek Gans Selye tadqiqotlari bilan bog’liq. Har qanday tashqi yoki ichki
ta’sirot, agar uning kuchi yetarli bo’lsa, stress holatiga olib kelishi mumkin. Stressga
olib keladigan har qanday qo’zg’alish stress omil deyilsa, u tufayli kelib chiqadigan
fiziologik va biokimyoviy o‟zgarishlar stress reaktsiyalar deb ataladi. Stressga olib
keluvchi omillar kuchli
issiq yoki sovuq harorat, kuchli og’riq, kuchli ruhiy
kechinma, davomli och qolish, kuchli jismoniy yuklama yoki jismoniy yuklamaning
butunlay bo’lmasligi (gipodenamiya), ko’p qon yo’qotish, vaznsizlik holati, kuchli
tezlik (kosmik bo‟shliqda) va boshqalar. Ta’sir etuvchi omillarning tabiatiga qarab
hosil bo‟lgan stress reaktsiyalar
Dostları ilə paylaş: