taʼlim muassasasi hududida tugʻilgan kun, Oʻzbekiston qonunchiligida belgilanmagan turli
bayram tadbirlarini nishonlashi.
16. Pedagog va xodimlarga quyidagilar taqiqlanadi:
jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa
zoʻravonlik koʻrsatish;
oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;
“Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalingandan keyin oʻquvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish;
dars mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib borish;
taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan holda kelish;
taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini isteʼmol
qilish;
muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi boʻlmagan turli xil
tadbirlarni tashkil etish;
taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar va ularga
tayyorgarlik ishlarini dars
mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish.
17. Tajribali ustozlar va yosh oʻqituvchilarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi oʻzaro munosabatlari
“Ustoz-shogird” anʼanasi asosida tartibga solinadi.
18. Taʼlim muassasasida dars mashgʻulotlarining boshlanishi va tugashi maktab Ustavida
ko„rsatilgan qoʻngʻiroqlar jadvali asosida amalga oshiriladi.
19. Taʼlim muassasasida oʻtkaziladigan dars mashgʻulotlari boshlanishida:
oʻqituvchi sinfga kirib kelishi bilan oʻquvchilar hurmat yuzasidan oʻrinlaridan
turgan holda kutib
olishlari, bir ovozdan “Assalomu alaykum” (rus tili yoki chet tili fanlarida tegishli tilda salomlashish)
deb salom berishlari; oʻqituvchi “Va alaykum assalom” (rus tili yoki chet tili fanlarida tegishli tilda
salomlashish) deb alik olishlari va uning ruxsatidan soʻng oʻquvchilar oʻrinlariga oʻtirishlari, bunda 1-
4-sinf oʻquvchilari oʻquv
kunining birinchi dars soatida, 5-11-sinf oʻquvchilari har bir darsda sinfga
kirgan fan oʻqituvchisiga xuddi shunday tartibda munosabatda boʻlishi lozim.
20. Taʼlim muassasasida “Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalinganda oʻquvchilar pedagogning ruxsati bilan
sinf xonasini tark etadilar. Oʻz navbatida, pedagog dars mavzusini akademik soat reglamentiga muvofiq
toʻgʻri taqsimlashi talab etiladi.
Pedagog sinfdan chiqayotganda oʻquvchilar oʻrinlaridan turishlari, “Xayr, salomat boʻling!” deb
hurmat koʻrsatishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: