Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə69/109
tarix19.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#185065
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

3. Mezotrof— kam unumli tuproqlarda o‘suvchi o‘simliklar bu guruhga o‘tloq va o‘rmon zonasinig o‘simliklari kiradi.
0 ‘simlik uchun eng muhim kimyoviy elementlar bular azot, fosfor va kaliydir. Shuning uchun o‘simliklaiga o‘g‘it beiganda kompleks, ya’ni NPK (azot, fosfor, kaliy) beriladi. Azot o‘simliklarda oqsil, nuklein kislotalari va xlorofil tarkibiga kirganligi sababli u hamma o‘simliklar uchun eng kerakli muliim element hisoblanadi. Azot yetishmasa 0‘simliklar bargi och yashil rangda bo‘ladi.Bundan tashqari, o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishini tezlashtiruvclii va
moddalar almashuvida aktiv ishtirok etuvchi garmonlar tarkibida ham bo‘ladi. 0 ‘simliklar uchun azotning manbayi nitratlar, ammoniy tuzlari va azot to‘plovchi bakteriyalar hosil qiladigan biologik azotlardir. Azot yetishmaganda g‘allasimon o‘simliklarda quyidagi o‘zgarishlar bo‘ladi: poyalari ingichka, barglar kichik va dag‘al, ularning hujayralari mayda va hujayra po‘sti qalin bo‘ladi. Yosh baiglar och yashil rangda, biroq qarigan barglar sariq, qizil ranglarga kira boshlaydi. 0 ‘simUkning o‘sishi va tuplanishi juda sust bo‘ladi. Bu hollarda azot berish tavsiya etiladi. Azotning ko‘pligi ham o‘simliklaiga zarar keltiradi. Ya’ni azot ko‘p bo‘lib, kaliy va fosfor yetishmasa o‘simliklarda yupqa po‘stli katta va ko‘p suvli barglari hosil bo‘Iadi. Bu o‘simliklar bargida azot konsentratsiyasi kuchli bo‘lib, bu xil o‘simliklar sovuqqa chidamsiz va hasharotlar tomonidan ko'proq zararlanadi.Ekiladigan bug‘doy, arpa, javdar, suli va shu kabi boshqa don ekinlari azot o‘g‘itlariga nisbatan o‘rtacha talabchan bo‘ladi. Azot ko‘p berilsa o‘simliklarda gullash va don yetilishi kechikadi, hosil kamayadi. Biroq makkajo‘xori, jo'xori va shu kabi boshqa xil don ekinlarining gullashi don yetilislii va liosildorligi azot ko‘p berilganda to‘lishadi va ortadi. Azot qandlavlagi bargining o‘sishini tezlashtirsa ham uning ildiz mevasidagi qand miqdorini pasaytiradi. Fosfor — xuddi azotdek o‘simliklar uchun eng muhim kimyoviy element bo‘lib, u ham nuklein kislotalar tarkibiga kiradi. Yosh meristimatik hujayralarda keksa hujayralarga qaraganda fosfor ko‘p bo‘ladi. Bundan tashqari, fosfor modda almashinish va fotosintez jarayonlarida ham muhim rol o'ynaydi. Yuqori energiyaga ega fosforlar ko‘pincha ATFda bo‘ladi. Fosfor yetishmasa o‘simliklarning rivojlanishi susayadi. Ya’ni ildiz, poya va barglari rivojlanmaydi. Poyasi ingichka, barglari dag‘al bo‘lib, rangi ko‘k yashil bo‘ladi, antatsion pegmentlarining ko‘pligidan baiglari ba’zan bronza rangda bo‘ladi. Tuplanish intensivligi va meva beradigan poyalari keskin qisqaradi. Fosfor ko‘pincha o‘simliklaiga ekishdan yoki ko‘chatni o‘tkazishdan oldin beriladi.Kaliy. Ammoniy ionlaridan aminokislotalar va proteinlami sintez qilishda kaliyning o‘rni katta. Fotosintez jarayoni ham kaliy ishtirokida bo‘lib turadi. Kaliyning yetishmasligi natijasida barglaming COj ni qabul qilish jarayoni susayadi. Ko‘p azot me’yori qand lavlagi ildizidagi qand moddasini kamaytirsa, kaliy esa ko‘paytiradi. Kaliy yetislimasligidan ko‘pincha o‘simliklarning ostki barglari quriy boshlaydi, ildiz va ildiz mevalari yaxshi rivojlanmaydi. Masalan, kaliyning o‘payishi bilan kaitoshka tugunagi va undagi kraxmaining miqdori doimo oshib boradi. Kartoshkadan tashqari kaliyga nisbatan talabchan o‘simliklardan qandlavlagi, mevasabzavot (olma, smorodina) ekinlarini ham ko‘rsatish mumkin. Kaliy yetishmasa ko‘pchilik o‘simliklar past haroratga nisbatan chidamsiz bo‘lib qolishadi. Demak, g‘allasimon o‘simliklarga va mevali daraxtlarga kaliy yetarli berilsa, ularning tarkibida qand moddasining ko‘p to'planishi natijasida sovuqqa chidamlilik xususiyati ortadi. Kaliy yetishmasa o‘simliklarda poyalari qisqa, barglari kichik burshaygan, ko‘k yashil va jigarranglarda bo‘ladi. Kaliy o‘simliklarga azot va fosfor bilan birgalikda erta bahorda beriladi.



Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin