Biosferada moddalarning aylanishi. Yer sharining har qanday nuqtalarida kichik doirada moddalar aylanishi biri ikkinchisi bilan almashinib turadi. Kichik doiradagi aylanishlar bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq va katta doiraning ta’sirida bo‘ladi. Katta doiradagi moddalarning aylanishi quruqlikdan moddalarning daryo va havo oqimlari bilan okeanga kelib tushishidan iborat bo‘lib, dengiz yotqiziqlarining quruqlikka qaytib chiqishi esa okean tubining ko‘tarilishi va uning natijasida quruqlik ayrim joylarining cho‘kishi bilan sodir bo‘ladi. Erda moddalar aylanishi ayrim kimyoviy moddalarning aylanishidan tashkil topadi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: klaster,Vertushka metodi, bumerang, diologik yondashuv, muammoli ta’lim, nilifar guli, venn diagrammasi, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.
Zamonaviy ekologik muammolar. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan bog‘liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotda, xo‘jalik ahamiyatiga molik bo‘lgan jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan bog‘liq (stixiyali talofotlar, iqlimning o‘zgarishi, hayvonlarning yalpi ko‘chib ketishi va. h.k.) har qanday hodisa tushuniladi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari:diologik yondashuv, klaster,Vertushka metodi, bumerang, muammoli ta’lim, nilifar guli, venn diagrammasi, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.
Ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi va demografiyasi. Inson ekologiyasi –bu kompleks fanlararo ilmiy yo‘nalish bo‘lib, u inson populyasiyasining atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sir etish qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir. U tabiat bilan inson populyasiyasining o‘zaro ta’siri jarayonida aholi rivojini, undagi muammolarni maqsadli boshqarish va uning natijasida aholi sihat-salomatligini saqlash hamda Homo sapiens turini takomillashtirish chora- tadbirlarini ishlab chiqadi. SHu nuqtai nazardan inson ekologiyasi ijtimoiy ekologiyaning bir qismi bo‘lib, u inson populyasiyasining atrof- muhit hamda ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’sir etish qonuniyatlarini, boshqacha qilib aytganda, bu ilmiy yo‘nalish antropoekotizim ichidagi ijtimoiy biologik munosabatlarni o‘rganadi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari:diologik yondashuv, muammoli ta’lim, nilifar guli, klaster,Vertushka metodi, bumerang, venn diagrammasi, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.