1.3.Ekologik omillar ularning bo’linishi
Muhit tushunchasi fanda turli ma’nolarni anglatadi. Bular ekologik, geografik, fizik, falsafiy, ijtimoiy va boshqalar. Ekologiyada muxit deb tirik organizmni o‘rab turgan fizik qurshovni e’tiborga olinadi. Muxit tevarak-atrofdagi o‘zaro bog‘lanishlardagi shart-sharoitlar va ta’sirlar majmuidir.
Odatda tabiiy va sun’iy muxitlar ajratiladi. Tabiiy muxitni suv, quyosh, shamol, xavo, er, o‘simlik va xayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi. Sun’iy muxit inson tomonidan yaratilgan bo‘lib, bunda insonning mexnat maxsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muxitlar bir-biri bilan chambarchas bog‘lik. Ularning bog‘liqligini ekologik muxit tushunchasi ifodalaydi. Ekologik muxit tabiiy va sun’iy atrof-muxit bo‘lib, tirik mavjudotlar sub’ekt va ob’ekt ta’sirlar sifatida qatnashib, ta’sirlar soni esa tevarak atrofni saqlab qolish yoki xavf solish sharoitini keltirib chiqaradi. Ekologik muxit muayyan ekologik tizim xisoblanib, uni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy qismlarga ajratish mumkin.
Tabiiy ekotizim yoki ekosfera xayotni rivojlanishiga imkon beradigan erning tavsifi va abiotik jismlarning majmuidan iborat. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim esa insonning barcha atrof-muxitga (jonsiz va jonli tabiatga) bo‘lgan munosabatini bildiradi.
Ekologik muxit muvozanatda yoki muvozanat buzilgan xolatlarda bo‘ladi. Tirik organizmlarning xayoti o‘zgarmagan shart-sharoitlar va ta’sirlar barqaror xolatida muvozanat o‘zgarmaydi, aksincha, muxitning shart-sharoitlari va ta’sirlar buzilganda muvozanatsiz xolat kelib chiqadi.
Ekologik muxitning buzilishi atmosferaning yer ostki suvlarining ifloslanishi, qattiq chiqindi moddalarning to‘planishi va ozuqaning zaxarlanishi, shovqinlarning ko‘payishi, radioaktiv moddalar va boshqalarning ta’sirini ortib borishida ko‘rinadi. Inson tabiat qonunlarini chuqurroq o‘rganish o‘rniga xayot muxitini tezkorlik bilan buzib ifloslantira boshladi. (Tirik organizmlar - to‘rtta asosiy muxitlarda tarqaladi. Ulardan ikkitasi, ya’ni suv va xavo muxitlari o‘lik, tuproq muxiti oraliq va organizm (muxit sifatida) tirik xususiyatga ega. Xar bir xayot muxiti o‘z navbatida organizmlar yashashi uchun xar xil yashash joylaridan iborat. Masalan suv muxiti quyidagi xolatda uchrashi mumkin, chunki va sho‘r suv, ko‘lmak va oqar suv, chuqur va sayoz, iliq va sovuq va xokazolar. Xavo va tuproq xam nixoyatda xilma-xil yashash joylarini tashkil etadi. Tirik organizmlar (o‘simliklar, zamburug‘lar, xayvonlar) xam parazit va simbiontlar uchun muxit sifatida o‘ziga xosdir.
Dostları ilə paylaş: |