Taraqqiyoti: gipofizning oldingi bo'lagi og'iz ko'rfazi devori
epiteliydan hosil bo'lgan bo'rtm adan (Ratke cho'ntagi) taraqqiy etadi.
J3u ektodermal bo‘rtma bo'lajak III qorincha tubiga qarab o ‘sadi va
adenogipofizni hosil qiladi.
Neyrogi pofiz ikkinchi miya pufagi o'simtasidan hosO bo'ladi. Bu o'simta
Ratke cho'ntagi o'simtasiga qanna-qarshi yo'nalgan bo'lib, undan kulrang
tepacha, quyg'ich vaneyro gipofiz hosil bo'ladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda gipofiz noksimon shaklida bo'lib, o'rtacha
og'irligi 0,12 g. Uning o'lchamlari bo'yiga 5,7—7,5 mm, ko'ndalangiga
7,9—8,5 mm va balandligi 4—4,9 mm.Gipofiz bolahayotining ikkinchi
yilida, 4—5 va 11—12 yoshlarda tez o'sadi. Bola 10 yoshga to'lganida uning
og'irligi ikki marta, 15 yoshda esa uch marta oshadi.
20 yoshda u eng katta
og'irlikka (530—560 mg) ega bo'ladi. Hamma yoshda ham gipofizning
o'lchamlari va og'irligi ayollarda kattaroq bo'ladi. Gipofizning faoliyati
homila davrida boshlanib, bu davrda u boshqa endokrin bezlarga ta’sir qiluvchi
gormonlar ishlab chiqara boshlaydi.
Epifiz
Epifiz yoki shishsimon tana (corpus pineale) cho'zinchoq yoki
sharsimon shakllarda uchraydi. Uning og'irligi katta odamlaida 0,2 g, uzunligi
8—15 mm, kengligi 6—10 mm, qalinligi 6—10 mm bo'ladi. Tashqi
tomondan biriktiruvchi to'qimali kapsula bilan o'ralgan bo'lib, undan
shishsimon tana ichiga trabekulalar kirib bezni bo'laklarga bo'ladi. Bez
parenximasi tarkibini ko'p sonli ixtisoslashgan bez hujayralar—pinealositlar
va kamroq glial hujayralari hosil qiladi. Uning hujayralari balog'at davrigacha
gipofiz faoliyatini tormozlovchi vamoddaalmashuviniboshqarishdaishtirok
etadigan modda ishlab chiqaradi.
Hozirgi vaqtda epifizda ikki xil modda — serotonin va melatonin hosil
bo'lishi aniqlangan. Serotonin arteriyalami toraytirib, mediator vazifasini
bajaradi. Melatonin esa jinsiy bezlar taraqqiyoti uchun fiziologik tormoz
vazifasini bajaradi. Epifizning buzilishi bolalarda erta jinsiy balog'alga yetishga
olib keladi.
Taraqqiyoti: epifiz bo'lajak III qorincha tomining toq bo'rtmasi shaklida
rivojlanadi. Bu bo'rtma hujayralari hosil qilgan zich hujayra massasiga
mezoderma o'sib kiradi va undan epifizning biriktiruvchi to'qimali asosi
paydo bo'ladi. Bu asos qon tomirlar bilan birgalikda bez parenximasini
bo'laklariga bo'ladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq shishsimon tanasi yumaloq shaklda bo'lib,
oyoqchalari boimaydi va to'rt tepalikka yetmaydi. Uning og'iriigi 7 mg,
o'lchamlari ko'ngdalangiga 2,5 mm, vertikaliga 2 mm, oldingi-orqa o'lchami
3 mm bo'ladi. Bola hayotining birinchi yilida bez tez o'sib og‘iiiigi 100 mg
bo'ladi. Olti yoshda shishsimon tana o'zining doimiy kattaligiga: bo'yi 10
mm, kengligi 5 mm, og'irligi esa 157 mg ega bo'ladi. Keyinchalik bezning
o'ziga xos hujayralari buzilib, biriktiruvchi to'qima ko'payadi.
QON TOMIRLAR TIZIM I
HAQIDAGIILM - ANGIOLOGIA
Qon tomirlar tizimining umumiy anatomiyasi
Tomirlar tizimi organizmda muhim vazifani bajaradi. Ulaming ichida
suyuqlik (qon, limfa) oqadi. Bu suyuqlik hujayra, to‘qimalar hayoti uchun
kerak bo'lgan ozuqa moddalar va kislorodni (arteriyalar) yetkazib beradi,
ulardan organizm uchun keraksiz moddalami ekskretor a’zolaiga (venalar)
olib borib tashqariga chiqaradi. Tomirlar ichidagi suyuqlik tarkibiga qarab
ikki qismga: qon tomirlar va limfa tomirlarga bo'linadi. Qon tomirlar teri va
shilliq pardalar epiteliyida, sochlarda, ko'z olmasining shox pardasida va
bo'g'imlar tog'ayida bo'lmaydi.
Qon tomirlar tizimida qon oqadi. Bu tizimga arteriyalar, venalar,
mikrosirkulator tizim va yurak ldiadi. Bu tizim organizmda modda almashinuvini
ta’minlaydi. Qon tomirlar tizimining markaziy a’zosi yurak hisoblanadi. U
ritmik ravishda qonni harakatga keltiradi. Yurakdan boshlanib, organizmga
tarqaladigan tomirlar arteriyalar deb ataladi. Bu nomni birinchi bo'lib
eramizdan oldingi uchinchi asrdayashagan Gippokrat bergan bo'lib
aer —
havo,
tereo
— saqlayman degan ma’noni bildiradi.
Hujayra va to'qimalardan qonni yurakka olib keluvchi tomirlar venalar
deyiladi. Arteriya va venalar o'rtasidagi mikrotsirkulator qism: arteriola,
prekapillar, kapillar, postkapillar va venulalardan iborat.
Odam tanasida ikkita (katta va kichik) qon aylanish doirasi tafovut
qilinadi. Kichik (o'pka) qon aylanish doirasi o'pkada qonni kislorod
bilan boyitish uchun xizmat qiladi. U o'ng qorinchadan o'pka poyasi
bo'lib boshlanib, o'pkaga yetib kelib o‘ng va chap o'pka arteriyasiga bo'linadi
va alveolalami o'rab karbonat angidridni alveolaga berib, kislorodni qabul
qiladi. Kislorodga to'yingan qon 4 ta o'pka venalari orqali chap bo'lmachaga
quyiladi.
Katta qon aylanish doirasi chap qorinchadan aorta bo'lib boshlanadi.
Aortadan chiqqan arteriyalar a’zolar va to'qimalaiga tarqaladi. To'qima va
a’zolardan chiqqan venalar o'zaro qo'shilib ikkita yirik: yuqori va pastki
kovak venalami hosil qilib o'ng bo'lmachaga quyiladi.
Bundan tashqari, uchinchi (yurak) qon aylanish doirasi yurakning
o'zini qon bilan ta’minlaydi. U aortadan chiqadigan yurakning toj arteriyalari
bo'lib boshlanib, yurak venalari bo'lib tugaydi. Yurak venalari vena sinusini
hosil qilib o'ng bo'lmachaga ochiladi.
Arteriya va venalaming o'rtasida mikrotsirkulator tizim joylashgan bo'lib,
qon bilan to'qima o'rtasidagi aloqani ta’minlaydi. Bu tizim arterioladan
boshlanadi. Uning tarkibiga prekapillar, kapillar va postkapillar kirib venullaga
o‘tib ketadi.
Qon tomirlar tizimining filogenezi
Past tabaqali hayvonlarda yurak bo'lmasdan, ularda qon tomirlaming
qisqarishi hisobiga harakat qiladi. Umurtqali hayvonlarda yurak urib turuvchi
a’zo sifatida paydo bo'ladi va filogenez bo'ylab murakkablashib boradi.
Baliqlaming yuragi ikki kamerali bo'lib, qon qabul qiluvchi bo‘lmacha
va haydovchi qorinchadan iborat. Yurakdan vena qoni oqib o'tib, jabra
arteriyalari vositasida baliq jabralariga boradi va u yerda kislorod bilan
to'yinadi.
Amfibiyalar quruqlikka chiqishi munosabati bilan ularda jabralar bilan
biiga o'pka vujudga keladi. Shu sababli yurak bo'lmachasi to'siq vositasida ikki
bo'lakka bo'linib uch kamerali yurak paydo bo'ladi. Oxirgi jabra arteriyasidan
o'pka arteriyasi paydo bo'lib, qonni yurakdan o'pkaga olib borib gaz
almashinuvini ta’minlaydi.
Reptiliyalarda o'pka bilan nafas olish paydo bo'lganidan keyin ikkita qon
aylanish doirasi vujudga keladi. Ularning yuragida qorinchalar to'liq bo'lmagan
to'siq vositasida ikki bo'lakka bo'linadi.
Yurakning taraqqiyoti
Pusht taraqqiyotining taxminan 17-kunida bo'yin sohasida yurakning
juft kurtaklari ikkita endokardial qopchalar shaklida paydo bo'ladi. Visseral
mezodermadan mioepikardial qatlam hosil bo'lib, endokardial qopchalami
o'raydi va yurak qopchalari hosil bo'ladi. 3-haftalik pushtda yurak kurtaklari
birikib ikki qavatli yurak nayini hosil qiladi. Yurak nayining endokardial
qavatidan keyinchalik endokard, mioepikardial qavatidan epikard va miokard
rivojlanadi. Yurak nayi rivojlanayotgan qon tomirlar bilan qo'shiladi. Uning
orqa qismi — vena sinusiga ikkita kindik venasi va tuxum sarig'i venasi
qo'shiladi. Uning oldingi qismidan esa ikkita birlamchi aorta chiqadi. Yurak
nayi bir tekis o'smaydi. Uning o'rta qismi tez o'sgani uchun u S shaklini
oladi. Yurak nayining pastki uchi yuqoriga va orqaga, yuqori uchi pastga va
oldinga aylanadi. S-simon yurakning arteriya va vena qismlari tez o'sadi.
Ular o'rtasida toraygan joy paydo bo'lib, ikkala qismi tor kanal vositasida
o'zaro qo'shiladi. Shu davrda umumiy bo'lmacha bo'lgan vena qismidan
ikkita o'simta bo'lajak yurak quloqlari paydo bo'lib, arteriya poyasini o'rab
oladi. Yurak arteriya qismining ikkala tizzasi bir-biri bilan qo'shilib, umumiy
qorincha hosil bo'ladi. Homila hayotining 4-haftasida umumiy bo'lmachaning
ichki yuzasida burma hosil bo'ladi. Bu burma pastga qarab o'sib 5-hafta
boshlarida umumiy bo'lmachani ikkiga bo'luvchi to'siqqa aylanadi. To'siqda
oval teshik bo'lib undan qon o'ng bo'lmachadan chapiga o'tadi. 5-haftaning
oxirida umumiy qorinchada pastdan yuqoriga qarab suvchi to'siq hosil
bo'lib, umumiy qorinchani o‘ng va chapga ajratadi. Umumiy arteriya poyasi
ham ikki qismga: aorta hamda o‘pka poyasiga bo'linadi va to 'rt kamerali
yurak hosil bo'ladi. Vena sinusi torayadi va kengaygan chap umumiy
kardinal vena bilan birgalikda yurakning toj sinusiga aylanib o'ng
bo'lmachaga quyiladi.
Yurak
Yurak
(cor)
mushakdan tuzilgan (87-rasm) qon aylanish tizimining
markaziy a’zosi. U ko'krak qafasida oldingi ko'ks oralig'ining pastki qismida
joylashib, konussimon shaklga ega. Yurakning bo'ylama o'qi qiyshiq bo'lib,
orqadan oldinga, yuqoridan pastga va o'ngdan chapga yo'nalgan bo'ladi. Uning
toraygan uchi
(apex cordis)
chapga, pastga va oldinga, keng asosi
(basis
cordis)
yuqoriga va orqaga qaragan. Yurakning oldingi to'sh-qovurg'a yuzasi
(facies stemocostalis)
qavariq bo'lib to'sh va qovuig'aning oiqa yuzasiga qaragan.
Pastki diafragma yuzasi
(facies diapbragmatica)
diafragmaning pay markaziga
tegib turadi. Yurakning yon yuzalari o'pkaga qaragan bo'lib, o'ng va chap o'pka
yuzalari
(facies pubnonalis dextra et sinistra)
deb ataladi.Yurakning o'rtacha
og'irligi erkaklarda 300 g, ayollarda 250 g, uzunligi 10-15 sm, ko'ndalang
o'lchami 9—11 sm, oldingi-orqa o'lchami 6-8 sm bo'ladi.
Yurak yuzasida bo'lmacha va qorinchalar o'rtasida chegara bo'lib tojsimon
arteriya egati
(sulcus coronarius)
o'tadi. Yuraknng to'sh-qovurg'a yuzasida
qorinchalar o'rtasidagi oldingi egat
(sulcus
| |
и
interventricularis anterior),
pastki yuzasida
15
qorinchalar o'rtasidagi orqa egat
(sulcus
| Е | § | | ^ Ц
interventricularis posterior)
yotadi. Bu ikkala
13
egat yurakning uchida o'yma
(incisura apicis
Р Я Ш i r
;
cordis)
hosil qilib qo'shiladi. Yurak 4
Д1|
Ш
,
kameradan iborat. Unda o'ng, chap bo'lmacha
I i—
va o'ng, chap qorincha tafovut qilinadi.
■£*4 Bo'lmachalar venalardan qonni qabul qilib
'
olsa, qorinchalar qonni haydab chiqaradi.
' Yurakning o'ng bo'lagida vena qoni, chap
8" « Н и И Я К Р в д Я
bo'lagida arteriya qoni oqadi. Bo'lmachalar
Щ
? qorinchalar bilan o'zaro tabaqali klapani
fj
bo'lgan o'ng va chap bo'lmacha-qorinchalararo
tirqish orqali qo'shilib turadi.
87-rasm.Ynrakning bo'ylama kesmasi (old tomondan ko'rinishi). 1-auricula sinislra;
2-valva aortae; 3-ostium aorticum; 4-cuspis anterior valvae atrioventriculare sinistrae;
5-cuspis posterior valvae atrioventricularis sinistrae; 6-m.m. papillares; 7-septum interven-
triculare (pars muscularis); 8-cuspis septalis valvae atrioventricularis dextrae; 9-cuspis pos
terior valvae atrioventricularis dextrae; 10-septum interventriculare (pars membranasea);
11-auricula dextra; 12-pars ascendens aortae; 13-v.cava superior; 14-truncus pulvonalis;
15-v.v. pulmonales sinistrae.
O 'ng bo 'lm acha
(atrium dextrum )
kub shaklida b o'lib, chap
bo'lmachadan bo‘lmachalararo to'siq
(septum interatriale)
vositasida ajrab
turadi. To'siqda bitib ketgan oval teshik qoldig'i bo'lgan oval chuqurcha
(fossa
ovalis)
yaqqol ko'rinadi. O'ng bo'lmacha hajmi ancha katta bo'lib, o'ng
quloqcha
(auricula dextra)
bo'shlig'i hisobiga kattalashadi. Bo'lmacha
devorining qalinligi 2—3 mm bo'lib, ichki yuzasi silliq. Quloqchaning ichki
yuzasida taroqsimon mushak
(mm. pectmati)
tutamlari bo'ladi. O'ng bo'lmacha
devorida yuqori
(ostium venae cavae superioris)
va pastki kovak vena teshigi
(ostium venae cavae inferioris),
o'rtasida kichkina do'ng
(tuberculum
intervenosum)
bor. Pastki kovak vena teshigining pastki qirrasi bo'ylab
yarimoysimon burma
(valvula venae cavae inferioris)
joylashgan. Bu burma
homila davrida qonni o'ng bo'lmachadan oval teshik orqali chap bo'lmachaga
yo'naltiradi. Bo'lmacha qorincha bilan
ostium atrioventricularae dextrum
orqali qo'shilib turadi. Pastki kovak vena teshigi bilan bo'lmacha-qorinchaaro
tirqish o'rtasida tojsimon sinus
(sinus coronarius)
teshigi ochiladi. Uning
atrofini ingichka o'roqsimon burma — tojsimon sinus klapani
(valvula sinus
coronaria)
o'ragan. Tojsimon sinus yoniga mayda yurak vena teshiklari
(foramina
venoram minimarium)
ochiladi.
O'ng qorincha
(ventriculus dexter)
uchi pastga qaragan uch qirrali
piramida shaklida bo'lib, devorining qalinligi 5—8 mm. Uning medial
devori qorinchalararo to'siq
(septum interventricularae)
hosil qilib,
ko'p qismi mushakdan
(pars muscularis)
va yuqori bo'lmachaga yaqin
qismi pardadan
(pars membranacea)
iborat. Uning diafragmani pay
markaziga tegib turuvchi pastki devori yassi, oldingisi esa qavariq bo'lib,
o'ng qorinchaning yuqori keng qismida ikkita teshik bor. Orqadagi bo'lmacha
— qorinchaaro tirqish
(ostium atrioventricularae)
bo'lib, u orqali vena
qoni o'ng bo'lmachadan o'ng qorinchaga o'tadi. Oldingi teshik - o'pka
poyasi teshigi
(ostium trunci pulmonalis)
orqali qon o'pka poyasiga o'tadi.
B o 'lm a c h a -q o rin c h a a ro tirq ish uch ta b a q a li q o p q o q
(v a lv a
atrioventricularis dextra seu tricuspidalis)
bilan bekilgan. Qopqoq tabaqalari
uchburchak shaklidagi pay qatlamcha ko'rinishida bo'lib, ulaming asosi
teshik aylanasiga birikkan, erkin chekkalari esa qorincha bo'shlig'iga qaragan.
Tirqishning oldingi yarim aylanasiga qopqoqning oldingi tabaqasi
(cuspus
anterior),
orqa tashqi yarim aylanasiga orqa tabaqasi
(cuspus posterior)
va
ichki yarim aylanasiga qopqoqning ichki to'siq tabaqasi
(cuspus septalis)
birikkan. Bo'lmacha qisqarganida qon bosimi ta’siri ostida qopqoq tabaqalari
qorincha devoriga yopishadi va qonning qorinchaga o'tishiga qarshilik qilmaydi.
Qorincha qisqarganida qopqoq tabaqalarining erkin chekkalari yopiladi,
ammo bo'lmachaga qarab bukilmaydi, chunki qorincha tomonidan ulami
pishiq biriktiruvchi to'qimali paysimon ipchalar
(chordae tendineae)
ushlab
turadi. O'ng qorincha ichida mushak trabekulalari va so'rg'ichsimon
mushaklar
(mm. papillaris)
bor. O'ng qorinchada uchta: oldingi, orqa va
to‘siq so‘rg‘ichsimoti mushaklar
(mm. papillares anterior, posterior et
septales)
tafovut qilinadi. Bu mushaklar uchidan boshlangan paysimon
ipchalar ikkita qo'shni tabaqalaming erkin chekkasiga va ularning
qorinchaga qaragan yuzasiga birikadi.
Oldingi o'pka poyasi teshigi
(ostium truncus pulmonalis)
ustida 3 ta
yarimoysimon qopqoq
(valva trunci pulmonalis)
joylashgan. Unda aylana
bo'ylab joylashgan oldingi, o'ng va chap yarimoysimon qopqoqlar
(valva
semilunaris anterior, dextra et sinistra)
tafovut qilinadi. Ulaming qavariq
yuzasi o'ng qorincha bo'shlig'iga, botiq yuzasi va erkin chekkasi o'pka poyasi
bo'shlig'iga qaragan. Har bir qopqoqning erkin chekkasining o'rtasida
qalinlashgan tugunchasi
(nodulus valvulae semilunaris)
bo'lib, qopqoqlaming
zich yopilishini ta’minlaydi. Yarimoysimon qopqoq bilan o'pka poyasi o'rtasida
bo'shliq
(sin u s trunci pulm onalis)
bor. Qorinchalar qisqarganida
yarimoysimon qopqoqlar qon bosimi ta’sirida o'pka poyasi devoriga yopishadi.
Qorinchalar bo'shashganida esa, orqaga qaytgan qon qopqoq bo'shlig'ini
to'latib, ulami yopadi va qon orqaga qaytmaydi.
Chap bo'lmacha
(atrium sinistrum)
noto'g'ri kub shaklida bo'lib, o'ng
bo'lmachadan silliq boimachalararo to'siq vositasida chegaralanib turadi. Unda
joylashgan oval chuqurcha o'ng qorincha tomonida yaxshi bilinadi. Chap
bo'lmachaning oldingi yuzasida chap quloqcha
(auricula sinistra)
joylashgan.
Bo'lmachaning ichki yuzasi silliq, quloqcha ichida taroqsimon mushaklari
bor. Chap bo'lmachaga ochiladigan 5 ta teshikdan to'rttasi yuqori va orqa
tomonda joylashgan. Bular o'pka venalari teshigidir
(ostia venarum
pulmonatium).
Beshinchi katta chap atrioventrikular tirqish
(ostium
atrioventriculare sinistrum)
chap bolmachani chap qorinchaga qo'shib
turadi. Chap bo'lmachaning devori ichki tomondan silliq bo'ladi.
Chap qorincha
(ventricuhis sinister)
asosi yuqoriga qaragan konus shaklda.
Uning yuqori keng qismining o'ng tomonida aorta teshigi
(ostium aorticum)
chap tomonida bo'lmacha-qorinchaaro tirqish joylashgan. Atrioventrikular
tirqishda ikki tabaqali (mitral) qopqoq
(valva atrioventricularis sinistra
seu bicuspidalis)
joylashgan. Unda uchburchak shaklidagi oldingi va orqa
tabaqalari bor. Oidingi tabaqa
(cuspus anterior)
tirqishning ichki
yarimaylanasidan boshlansa, undan kichikroq orqa tabaqa
(cuspus posterior)
tirqishning tashqi orqa yarimaylanasidan boshlanadi. Chap qorinchaning
ichida ko'p sonli mushak trabekulalari va ikkita: oidingi va orqa so'rg'ichsimon
mushaklar
(mm. papillaris anterior et posterior)
bor. Ularning paysimon
ipchalari qopqoq tabaqalarini erkin chekkasigabirikadiAortateshigi
(ostium
aorticum)
sohasida qorinchaning ichki yuzasi silliq bo'ladi. Aortaning
boshlanish joyida 3 ta: orqa, o'ng va chap yarimoysimon qopqoq
(valva
semilunaris posterior, dexter et sinister)
joylashgan. Qopqoqlar va aorta
devori o'rtasida bo'shliq
(sinus aortae)
bor. Aorta qopqog'i o'pka poyasinikiga
nisbatan qalin va tugunlari kattaroq bo'ladi.
Yurak devori uch qavatdan iborat. Ichki yupqa endokard
(endocardium)
yurakni ichki tomondan qoplaydi. Yurak qopqoqlari, pastki kovak vena va
88-rasm . Yurak qorinchala-
rining m iokard q avatlari.
1-chap fibroz halqadan o 'ng
qorinchaga boruvchi tolalar;
2-o‘ng qorincha devorining yuza
bo'ylama qavati; 3-yurak girdo-
bi; 4-chap qorinchaning chuqur
bo'ylama qavati; 5-chap qorin-
chaning o 'rta qavati; 6-chap
qorinchaning yuza qavati.
toj sinus burmalari endokard duplikaturasidan
hosil bo‘lib, o ‘rtasida biriktiruvchi to'qima
joylashgan.
O'rta qavat miokard
(myocardium)
(
88-
rasm) yurakning ko'ndalang-taig'il mushagidan
tuzilgan bo'lib, ularning qisqarishi odam
ix tiy o rid a n ta sh q a rilig i b ilan skelet
mushaklaridan ajralib turadi. Bu mushak
hujayralarining o'zaklari markazda joylashgan
bo'lib, o'zaro sintistiylar hosil qilgan holda
birikib mushak to'rini hosil qiladi. Bo'lmacha va
qorinchalar miokardi o'zaro tutashmagan. Ular
o'ng va chap atrioventrikular tirqishni o'ragan
o'ng va chap fibroz halqalardan
(annuli fibrosi
dexter et sinister)
boshlanadi.
Bo'lmachalar miokardi ikki: 1. Yuza qavati
ikkala bo'lmacha uchun umumiy ko'ndalang
tolalardan iborat.
2 .Chuqur qavati har bir
bo'lmacha uchun alohida, bo'ylama yo'nalishdagi
mushak tolalaridan iborat. Bo'ylama tolalar fibroz halqadan boshlansa, aylanma
tolalar bo'lmachaga quyilgan venalami o'rab turadi.
Qorinchalar miokardi turli yo'nalishdagi uch qavatdan iborat. Tashqi
qiyshiq qavat fibroz halqadan boshlanib, yurak uchida yurak girdobi
(vortex
cordis)ni
hosil qilib, ichki bo'ylama qavatga o'tib ketadi. So'rg'ichsimon
mushaklar va mushak trabekullari shu qavat mushaklari hisobiga hosil bo'ladi.
Bu ikkala qavat qorinchalar uchun umumiy. Ular o'rtasida joylashgan aylanma
qavat esa qorinchalar uchun alohida. Qormchalararo to'siq shu qavat mushak
tutamlaridan iborat.
Yurak devorining tashqi qavati epikard
(epicardium)
miokardni ustidan
qoplab turuvchi yurak xaltasining visseral varag'idan iborat. U yupqa
biriktiruvchi to'qima qatlami bo'lib, mezoteliy bilan qoplangan. Epikard
yurakka keluvchi va yurakdan chiquvchi yirik qon tomirlami o'rab,
perikardning pariyetal varag'iga o'tib ketadi.
Dostları ilə paylaş: |