to‘liqli - barcha moliyaviy qo‘yilmalarning buxgalteriya hisobi va hisobotida to‘liq aks ettirilishi, hisobga olinmay qolgan moliyaviy qo‘yil-malar yo‘qligi;
korxona tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar va berilgan qarzlarning barchasi buxgalteriya hisobi va hisobotida to‘liq aks ettirilishi;
moliyaviy qo‘yilmalar hisobga olinadigan sintetik schyotlar qol-dig‘i va oborotlarining tegishli analitik hisob schyotlari qoldiq va oborot-lariga mos kelishi;
schyotlar bo‘yicha qoldiq va oborotlarning buxgalteriya hisobi re-gistrlaridan Bosh daftarga va buxgalteriya hisobotlariga to‘liq hajmda o‘t-kazilishi;
moliyaviy qo‘yilmalar kirimi va hisobdan o‘chirilish faktlarining barchasi buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirilishi;
moliyaviy qo‘yilmalar harakatiga doir barcha muomalalarning buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilishi;
mavjudligi - barcha moliyaviy qo‘yilmalar karxona uchun ahami-yatli bo‘lib, balans tuzish sanasiga mavjud va kelajakda daromad keltiradi;
moliyaviy qo‘yilmalar mavjudligi belgilangan tartibda o‘tkazilgan inventarizatsiya va zarur dastlabki hujjatlar bilan tasdiqlangan;
huquq va majburiyatlar - korxona moliyaviy qo‘yilmalar uchun tegishli huquqlarga ega va ushbu huquqlar bilan bog‘liq xavf-xatar uchun mas’uldir:
buxgalteriya hisobida aks ettirilgan moliyaviy qo‘yilmalar (qim-matli qog‘ozlar va berilgan qarzlar) korxonaga qonun asosida tegishlidir;
buxgalteriya balansida aks ettirilgan qimmatli qog‘ozlar korxonaga mulkiy huquq asosida tegishli bo‘lib, tegishli huquq talablariga mos shart-nomani amalga oshirish natijasida olgan hamda korxona qimmatli qog‘oz-lar olinganligini tasdiqlovchi barcha zarur guvohliklarga ega;
buxgalteriya hisobi schyotlaridagi barcha yozuvlar amaldagi qo-nunchilik va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan. Isbotlovchi va dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan;
moliyaviy qo‘yilmalarga doir barcha muomalalar amaldagi qonun-chilikka zid bo‘lmagan munosabatlar sharoitidan kelib chiqadi;
moliyaviy qo‘yilmalar bilan bog‘liq muomalalarni amalga oshirish belgilangan tartibda vakolatli shaxslar tomonidan ruxsat etilganligi;
Dostları ilə paylaş: |