3.2. Kesish asboblari
Chilangarlikda qo`llaniladigan kesuvchi asboblardan biri — zubilo o`rta
zarba oluvchi uchta qismdan iborat bo`lib, po`lat (U7, U8A, 7XF, 8XF)dan
tayyorlanadi (58-rasm, a). Ishchi qismi (2) — ponasimon kesuvchi chiviqning
tig`i (1) ma`lum burchak ostida o`tkirlangan. Zarba oluvchi qismi (4) yuqoriga
borgan sayin ingichkalashgan, uchi qalpoq shaklida. Metallni kesishda
zubiloning o`rta qismidan (3) ushlanadi.Zubiloning o`tkirlik burchagi ishlov
beriladigan metallning qattikligiga bog`liqholda tanlanadi. Ayrim metallarni
kesishda tavsiya etiladigan o`tkirlik burchaklari quyidagicha: qattiq materiallar
(qattiq po`lat, bronza, cho`yan) —70°; o`rta qattiklikdagi materiallar (po`lat) —
60°; yumshoq materiallar (jez, mis, titanli qotishma) — 45°; alyumin qotishmasi
— 35°.
Zubilolar 100, 125, 160, 200 mm uzunlikda, ishchi qismining eni 5, 10, 16
va 20 mm o`lchamlarda yasaladi. Ishchi qismining 0,3— 0,5 mm uzunlikdagi
bo`lagi (tig`i) toblanadi.
Kreysmeysel zubilodan o`zining kambar eni bilan farqlanadi (58-rasm, b).
U bilan zagotovkada shponka ariqchalari hosil qilinadi, keng taxta sirtlaridan
qatlamlar kesiladi. Kreysmeysellar zubilo tayyorlanadigan materiallardan
16
yasaladi. Har ikki asbobning o`tkirlik burchaklari va zarba oluvchi ishchi
qismlarining mustahkamlik darajalari bir xildir.
Zagotovkalarga yarim aylana (segment) va shunga o`xshash ariqchalar
o`yishda maxsus kreysmeysellardan foydalaniladi (58-rasm, v). Ular
oddiylaridan kesuvchi qismining shakli bilan farqlanadi.
Ariqcha o`yish kreysmeysellari U8A po`latdan yasalib, ularning uzunligi 80,
100, 120, 150, 200, 300 va 350 mm, yumaloqlanish radiusi I; 1,5; 2; 2,5 va 3
mm bo`ladi.
Asbobni dastgohsa o`tkirlash. Zubilo va krsysmsysellar charxlash
dastgoxlarida o`tkirlamadi (59-rasm, a). Buning uchun dastgohning qo` n
aluvchi tomoniga asbobni qo`yib toshga sekinayeta tskkizib, goh u tomonini,
goh bu tomomshshagdmrmbchlrxlanadi. Dastthningtoshiga asbobmi qapiq
Gyusmaslik lozim, aks xrlda ayebobmpsh kssunchi tigi qattiqnik xossasini
yo`qotimsh mumkin.Asbobmi charxlatdai avval tokchami aylaiastgam toshga
mumkin qadar ko`proq yaqinlashtiriladi (59-rasm, b). Tosh bilan tokcha
orasidagi tirqish 2—3 mm. Dan oshmasligi kerak (59-rasm, v).Agar asbob suv
bilan sovutib charxlanmasa «kuyib» qolishi, natijada, uning mustahkamligiga
putur yetishi mumkin. Charxlangan zubiloning yon tomoni tekis, eni bor
bo`yicha bir xil qiyalikda bo`lishi kerak.
|