1- amaliy mashg‘ulot Mavzu Wireshark ilovasini o‘rnatish va soz
1- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Wireshark ilovasini o‘rnatish va sozlash
Ishdan maqsad: Talabalarda Wireshark ilovasini o‘rnatish va foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.
Nazariy qism Wireshark ilovasi – bu kompyuterning tarmoq interfeysi orqali o‘tadigan trafikni tahlil qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan kuchli tarmoq tahlilchisidir. Tarmoq muammolarini aniqlash va ularni yechish, web-ilovalar, tarmoq dasturlari yoki saytlarni tahlillash vazifasini bajaradi. Wireshark barcha darajadagi paketlar tarkibini to‘liq ko‘rish imkonini beradi.
Wiresharkning rivojlanishi butun dunyo bo‘ylab tarmoq mutaxassislarining tashabbuslari tufayli ortib bormoqda va Gerald Kombs tomonidan 1998 yilda boshlangan loyihaning davomi hisoblanadi.
Wireshark ko‘pgina operatsion tizimlarda ishlaydi. Jumladan, Linux, Microsoft Windows, Solaris, FreeBSD, NetBSD, OpenBSD, Android va Mac OSX kabilar.
Ushbu ilova yuzlab protokollar orqali uzatiluvchi ma'lumotlarni tahlillashga yordam beradi.
Ushbu ma'lumotlar paketlarini real vaqtda yoki oflayn rejimda tahlil qilish mumkin.
Wireshark quyidagi xususiyatlar to‘plamiga ega:
Windows, Linux, macOS, Solaris, FreeBSD, NetBSD va boshqalarda ishlaydi;
olingan tarmoq ma'lumotlarini GUI orqali, TTY rejimida va TShark dasturi yordamida ko‘rib chiqish mumkin;
ko‘p turli xil fayl formatlarini o‘qish / yozish: tcpdump (libpcap), Pcap NG, Catapult DCT2000, Cisco Secure IDS iplog, Microsoft Network Monitor, Network General Sniffer® (siqilgan va siqilmagan), Sniffer® Pro va NetXray®, Network Instruments Observer , NetScreen snoop, Novell LANalyzer, RADCOM WAN / LAN analizatori, Shomiti / Finisar Surveyor, Tektronix K12xx, Visual Networks Time Up Visual, WildPackets EtherPeek / TokenPeek / AiroPeek va boshqalar.
onlayn ma’lumotlarni Ethernet, IEEE 802.11, PPP / HDLC, ATM, Bluetooth, USB, Token Ring, Frame Relay, FDDI va boshqalardan o‘qish mumkin (platformaga qarab).
XML, PostScript®, CSV yoki oddiy matnga eksport qilinishi mumkin.