1 – amaliy mashg‘ulot


O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati



Yüklə 497,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix28.11.2023
ölçüsü497,84 Kb.
#169214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 - amaliy mashg\'ulot (1) (1)

 
O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati 
Metrologiyaga oid faoliyat sohasining davlat tomonidan boshqarilishini 
metrologiya bo‘yicha milliy organ — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya 
va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat 
organi deb yuritiladi) amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya 
xizmatidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlaridan, 
shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan yuridik 
shaxslarning metrologiya xizmatlaridan iboratdir. 
Davlat metrologiya xizmati maxsus vakolatli davlat organi va uning 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘linmalaridan, 
shuningdek O‘zbekiston milliy metrologiya institutidan iborat. 
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlari davlat va 
xo‘jalik boshqaruvi organlari huzuridagi maxsus tashkil etilgan hamda 
akkreditatsiya qilingan bo‘linmalardan iboratdir. 
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi 
organlari hisoblanmaydigan maxsus tashkil etilgan hamda akkreditatsiya qilingan 
yuridik shaxslardan va (yoki) ular huzuridagi bo‘linmalardan (bundan buyon 
matnda yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari deb yuritiladi) iborat. 
III-Bob. Metrologiyaga oid faoliyatni tashkil etish 
O‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir normativ 
hujjatlar 
Metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda O‘zbekiston 
Respublikasi hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan o‘lchashlarning yagona 
birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini 
ta’minlashga doir normativ hujjatlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi: 
o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyoti; 
o‘lchash vositalarini kalibrlash uslubiyoti; 
o‘lchashlarni bajarish uslubiyoti; 
sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish uslubiyoti. 
O‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir normativ 
hujjatlar jumlasiga metrologiya tekshiruvini o‘tkazish tartibini belgilovchi 
standartlashtirish bo‘yicha hujjatlar ham kiradi. 
O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash uslubiyotlari, sinov 
vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish uslubiyoti metrologik ekspertizadan 
o‘tkazilishi lozim. 
O‘lchashlarni bajarish uslubiyoti metrologik attestatsiyadan o‘tkaziladi. 



Yüklə 497,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin