1-boshlovchi: Buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur she'riyati o‘zining nodir va badiiy qimmati bilan ham adabiyotimizda katta o‘rin egallagan.
2-boshlovchi: Ha, Bobur iymoni butun inson bo‘lgan, ana shu e'tiqod, uning o‘z iqroriga ko‘ra, uni doimo turli balo-qazolardan muhofaza qilgan.
Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aql ko‘zin qarosi, javxari ham biz.
To‘garak jahonni uzuk deb bilsak
Shaksiz, uning ko‘zi, gavhari ham biz.
Ozodbek Nazarbekning” Shaydo qilibsen”g’azali raqs
1- boshlovchi: Mumtoz adabiyotimiz, tarixiy asarlarimizni mutolaa qilishdan maqsadimiz undagi zarra-zarra ganjinlarni bugungi yoshlarimiz ongiga yetkazib, hayotda to‘g‘ri, jamiyat uchun manfaatli yo‘lga kirishlariga ko‘maklashishdir.
Hurmatli mehmonlar, aziz o‘quvchilar bugungi kechamizni Zahiriddin Muhammad Boburning so‘zlari bilan yakunlasak.
Unda kishi umrini mazmunli, barakali, o‘zidan keyin dog‘ va malomat qoldirmasdan yashashi, bu zaminda yashashdan maqsad, odamlarni ezgulikka yetaklash garovi bor. Unga amal qilish hammamizga nasib etsin:
Bormu erkin hech nima olamda hijrondin yamon.
Har nekim ondin yamonroqdur, budur ondin yamon.
2-boshlovchi: Tadbirimiz so’ngida yana so’z navbatini dekanimiz …………………………………….ga bersak.