52 - DARS. FORMATLI KIRITISH – SCANF.
Scanf funktsiyasi iostream.h modulida joylashgan bo’lib, umumiy ko’rinishi qo’yidagichadir:
Scanf(control, arg1, arg2,…)
Funktsiya standart okimdan simvollarni o’qib boshqaruvchi qator asosida formatlab mos parametrlarga yozib qo’yadi. Parametr ko’rsatkich bo’lishi lozim. Boshqaruvchi qator qo’yidagi o’zgartirish spetsifikatsiyalaridan iborat Bushlik, tabulyatsiya, keyingi qatorga o’tish simvollari;
Oddiy simvollar (% dan tashkari) kiritish oqimidagi navbatdagi simvollar bilan mos kelishi lozim;
% simvolidan boshlanuvchi spetsifikatsiya simvollari;
% simvolidan boshlanuvchi qiymat berishni ta'qiqlovchi * simvoli;
% simvolidan boshlanuvchi maydon maksimal uzunligini ko’rsatuvchi son;
Qo’yidagi spetsifikatsiya simvollarini ishlatish mumkin:
d – unli butun son ko’tilmoqda.
o – 0 bilan boshlangan yoki boshlanmagan sakkizlik son kutilmoqda.
x – 0x belgili eki belgisiz o’n oltilik son kutilmoqda.
h - o’nlik son kutilmoqda.
c – bitta simvol kutilmoqda.
s – satr kutilmoqda.
f - float tipidagi son kutilmoqda. Kiritilayotgan sonning butun raqamlari va nuqtadan so’ng kasr raqamlari soni va E eki e belgisidan so’ng mantissa raqamlari soni ko’rsatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |