2 – DARS. TIL TUZILISHI.
1. Alfavit, identifikator, xizmatchi so’zlar.
Alfavit. C++ alfavitiga quyidagi simvollar kiradi.
• Katta va kichik lotin alfaviti xarflari (A,B,..,Z,a,b,…,z)
• Raqamlar: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9
• Maxsus simvollar: “ , {} | [] () + - / % \ ; ‘ . : ? < = > _ ! & * # ~ ^
• Ko’rinmaydigan simvollar (“umumlashgan bushliq simvollari”). Leksemalarni uzaro ajratish uchun ishlatiladigan simvollar (misol uchun bushlik, tabulyatsiya, yangi qatorga o’tish belgilari).
Izohlarda, satrlarda va simvolli konstantalarda boshqa literalar, masalan rus xarflarini ishlatilishi mumkin.
C++ tilida olti khil turdagi leksemalar ishlatiladi: ehrkin tanlanadigan va ishlatiladigan identifikatorlar, khizmatchi suzlar, konstantalar( konstanta satrlar), amallar( amallar belgilari), azhratuvchi belgilar.
Identifikator.Identifikatorlar lotin xarflari,ostki chiziq belgisi va sonlar ketma ketligidan iborat buladi. Identifikator lotin xarfidan yoki ostki chizish belgisidan boshlanishi lozim.
Misol uchun:
A1, _MAX, adress_01, RIM, rim
Katta va kichik xarflar farklanadi, shuning uchun ohirgi ikki identifikator bir biridan farq qiladi.
Borland kompilyatorlaridan foydalanilganda nomning birinchi 32 xarfi ,ba’zi kompilyatorlarda 8 ta xarfi inobatga olinadi. Bu holda NUMBER_OF_TEST va NUMBER_OF_ROOM identifikatorlari bir biridan farq qilmaydi.
Xizmatchi so’zlar. Tilda ishlatiluvchi ya’ni dasturchi tomonidan uzgaruvchilar nomlari sifatida ishlatish mumkin bulmagan identifikatorlar xizmatchi so’zlar deyiladi.
C ++ tilida quyidagi xizmachi so’zlar mavjud:
int extern else
char register for
float typedef do
double static while
struct goto switch
union return case
long sizeof default
short break entry
unsigned continue
auto if
Dostları ilə paylaş: |