Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usui: Tayyor prezentatsiya materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Kutiladigan natijalar
|
O'quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to'g'risidagi bilim va ko'nikmalari rivojlanadi. Ularda Paskal dasturlash tilida barcha operatorlarni qollash va foydalanish malakasi shakllanadi.
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)
|
O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki ham- kasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.
|
Darsning borishi va vaqt taqsimoti
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O'tilganlarni takrorlash
|
7 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
13 daqiqa
|
5
|
Uyga vazifa
|
3 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, fan yangiliklari bilan tanishish, kompyuterlarni ishchi holatida ekanligini aniqlash.
II. O`tilgan mavzuni so`rash.
1.Dasturda protsedura va funksiyalar qanday maqsadda qo'llaniladi?
2.Protsedura va funksiyalarning farqi nimada?
3.Parametrli protsedura va funksiyalar haqida so'zlab bering.
4.Protseduraning umumiy tuzilishini ifodalab bering.
5.Funksiyaning umumiy tuzilishini ifodalab bering.
6.Dasturdagi umumiy va mahalliy o'zgaruvchilar haqida so'zlab bering.
7.Funksiya o'rniga qachon protsedurani qo'llash mumkin?
III. Yangi mavzu bayoni.
Takrorlashga doir topshiriqlar
1.Tomonining uzunligi a ga teng kvadrat va unga ichki chizilgan aylana chizish dasturi tuzilsin. a ning qiymati klaviaturadan kiritilsin.
2.Radiusi R ga teng aylana va unga tashqi chizilgan kvadrat chizish dasturi tuzilsin. R ning qiymati klaviaturadan kiritilsin.
3.Tomonlarining uzunligi a va b bo'lgan to'g'ri to'rtburchak va unga ichki chizilgan ellips chizish dasturi tuzilsin. a va b ning qiymati klaviaturadan kiritilsin.
4.Ko'k fonli ekranni oralig'i 20 piksel bo'lgan vertikal oq chiziqlar bilan to'ldiring.
5.Har xil rangli 15 ta doira chizing.
6.Stol rasmini chizing
7.Uy rasmini chizing
Dostları ilə paylaş: |