Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Kutiladigan natijalar
O'quvchilar
,
,
, va
juft teglarining qo’llanilishi,
juft tegining ALIGN va VALIGN parametrlari, CELLSPACING va CELLPADDING parametrlarining vazifalari hamda COLSPAN va ROWSPAN parametrlarining ishlatilishi haqidagi bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi.
Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)
O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki ham- kasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.
Darsning borishi va vaqt taqsimoti
Dars bosqichlari
Vaqt
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O'tilganlarni takrorlash
7 daqiqa
3
Yangi mavzu ustida ishlash
14 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
13 daqiqa
5
Uyga vazifa
3 daqiqa
O’tilgan mavzuni takrorlash. 1.MS Wordda qanday ro'yxat turlari bor?
2.Web-sahifada necha xil ro'yxat ishlatish mumkin? Misollar keltiring.
3.Tartib raqamli ro 'yxat qanday tashkil qilinadi? Misollar keltiring.
4.Markerli ro'yxat qanday tashkil qilinadi? Misollar keltiring.
5.Grafik tasvirli ro'yxatni tashkil etish jarayonini izohlab bering.
6.Grafik markerli ro'yxat qanday tashkil etiladi?
7.Ta'riflar ro'yxati haqida so'zlab bering.
Yangi mavzu bayoni.
Web-sahifaga jadval kiritish uchun
(table — jadval),
(table row — jadval satri),
(table header — jadvaldagi sarlavha) va
(table data — jadval ma'lumotlari) juft teglari qo'llaniladi.
tegi jadval boshlanishini, tegi esa jadval oxirini,
juft tegi jadval satrini va
juft tegi esa jadval ustunini belgilaydi.
juft tegi sarlavhali katakchalarni bildirib, bu katakchalardagi ma'lumotlar web-sahifada qalin shrift bilan katakcha o'rtasida tekislangan holda (ya'ni, ALIGN=Center va VALIGN=Middle, bu yerda V — vertikal yo'nalishni bildiradi) aks etadi.
tegi
tegisiz ishlatilmaydi. Agar web-sahifada jadvalning chegara chiziqlari ham aks etishi lozim bo'lsa, u holda BORDER parametri qo'llaniladi. BORDER parametrining qiymatlari piksellarda o'lchanadi va faqat jadval ramkasining tashqi chiziqlarining qalinligiga o'ziga xos ta'sir etadi.
Jadval satrlardan tashkil topadi. O'z navbatida har bir satr ustunlarga bo'linadi.
va
teglari mos ravishda
va teglari bilan yopiladi. Masalan,
Oy nomi
Fasl
Oy tartibi
Yanvar
Qishning 2-oyi
Yilning birinchi oyi
Dekabr
Qishning 1-oyi
Yilning oxirgi oyi
jadvalni ifodalovchi HTML-hujjat lavhasi quyidagicha yoziladi:
Oy nomi
Fasl
Oy tartibi
Yanvar
Qishning 2-oyi
Yilning birinchi oyi
Dekabr
Qishning l-oyi
Yilning oxirgi oyi
Jadvalning chegara chiziqlarisiz va chegara chiziqlari bilan aks ettiruvchi HTML-hujjat va unga mos web-sahifada jadvalning joylashishini quyidagi misolda ko'rish mumkin:
Web-sahifada aks ettirilayotgan jadvalga sarlavha berish lozim bo'lsa
(sarlavha) juft tegi ishlatilib, u birinchi
tegidan oldin yozilishi shart. Bu tegning ALIGN va VALIGN parametrlari bo'lib, parametr qiymatlari qanday ishlatilishi mumkinligi quyidagi jadvalda keltirilgan:
ALIGN
VALIGN
Izoh
TOP
yozilmaydi
Sarlavha jadvaldan tepasida jadvalning o'rtasiga mos tekislanadi
BOTTOM
yozilmaydi
Sarlavha jadvaldan tagida jadvalning o'rtasiga mos tekislanadi
LEFT
TOP
Sarlavha jadval tepasida jadvalning chap chegarasiga mos tekislanadi
LEFT
BOTTOM
Sarlavha jadval tagida jadvalning chap chegarasiga mos tekislanadi
CENTER
TOP
Sarlavha jadval tepasida jadvalning o'rtasiga mos tekislanadi
CENTER
BOTTOM
Sarlavha jadval tagida jadvalning o'rtasiga mos tekislanadi
RIGHT
TOP
Sarlavha jadval tepasida jadvalning o'ng chegarasiga mos tekislanadi
RIGHT
BOTTOM
Sarlavha jadval tagida jadvalning o'ng chegarasiga mos tekislanadi
Quyidagi misolda ALIGN va VALIGN parametrlarini ishlatilishini ko'rish mumkin:
Jadvalning ichki chiziqlari qalinligini (ikkita katakchani ajratuvchi parallel chiqlar orasidagi masofani) CELLSPACING parametri bilan (masalan, CELLSPACING =5) piksellarda tanlash mumkin. Katakchaga kiritilgan ma'lumotlar bilan katakcha orasidagi masofa esa CELLPADDING parametri bilan (masalan, CELLPAJDDING=9) piksellarda aniqlanadi.
Avvalroq, web-sahifaga rasm joylashtirganda uning atrofiga matnning joylashishi haqida ma'lumot bergan edik. Xuddi shunday, jadvalning ham atrofiga matn joylashtirish imkoni bo'lib, matn jadvalning faqat chap yoki o'ng tomoniga joylashtirlishi mumkin. Buning uchun
tegi ALIGN parametri bilan birga ishlatiladi, masalan:
. Agar jadval web-sahifaning chap tomoniga tekislansa, matn jadvalning o'ng tomonida aks etadi va aksincha.
Shuni ta'kidlash joizki, katakcha ichidagi ma'lumotlarni formatlash uchun sarlavha, matn va rasmlarni formatlash uchun ishlatilgan barcha teglardan foydalanish mumkin. Jadval, satr va katakchalar chegara chiziqlarining rangini o'zgartirish BORDERCOLOR parametri orqali amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar asosida quyidagi HTML-hujjat va web-sahifani hosil qilish mumkin:
MS Word dasturida hujjatga joylashtirilgan jadvalning kataklarini birlashtirish yoki katakchani yana katakchalarga bo'lish mumkin edi, masalan:
HTML tili ham shunday imkoniyat beradi. Buning uchun
yoki
teglari COLSPAN (column spanning — ustunni birlashtirish) va ROWSPAN (row spanning — satrni birlashtirish) parametrlari bilan birga ishlatiladi. Mantiqan qaraganda bo'lingan katakchali jadvalni hosil qilish uchun katakchani bo'lish o'rniga boshqa katak- chalarni birlashtirish orqali erishish mumkin. Yuqoridagi jadvalning HTML-hujjati quyidagichadir: