1- kurs talabasi Muinova n mavzu: Alyuminiy nitrat tuzining olinishi va xossalari Reja


I-bob. Alyuminiy nitratning olinishi



Yüklə 215,14 Kb.
səhifə3/12
tarix27.04.2022
ölçüsü215,14 Kb.
#56522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1- kurs talabasi Muinova n mavzu Alyuminiy nitrat tuzining olin

I-bob. Alyuminiy nitratning olinishi.

Hozirgi kunda alyuminiy nitrat tuzini olishda bir necha usullar qo’llaniladi. Bunda reagent sifatida alyuminy matali,nitrat kislotaning suyultirilgan eritmasi, azot (V) oksidi, alyuminy tuzlariishlatiladi.



I.1.Alyuminiy nitratning laboratoriyada olinish usullari.

a)Laboratoriya sharoitida alyuminiy nitratni olish uchun alyuminiy nitrat kislota eritmasi bilan ta’sirlashtiriladi. Bunda nitrat kislotaning suyultirilgan eritnmasidan foydalaniladi. Chunkji konsentrlangan nitrat kislotada alyuminy passivlashib qoladi.

Bu reaksiyaning qo’shimcha mahsuloti sifatida rangsiz gaz-  O ajraladi. U endotermik birikma bo’lib, narkozlash xususiyatiga ega bo’lganligi sababli “kuldiruvchi gaz” deb ataladi.



Alyuminiyning juda suyultirilgan nitrat kislota bilan reaksiyasi natijasida ham alyuminiy nitrat hosil bo’ladi.

b)Ma’lumki alyuminiy tuzlari eritmasiga ishqor ta’sir ettirilganda  -alyuminiy gidroksid cho’kmasi hosil bo’ladi. U pH=4,1-6,5 qiymatga ega bo’lgan kuchsiz kislotali muhitda cho’kadi. Alyuminiy gidroksid amfoter elektrolit hisoblanib,ishqorlarda ham, kislotalarda ham yaxshi eriydi. Uning ana shu xossasidan foydalanib laboratoriyada alyuminy nitrat tuzini olish imkoniyati mavjud:

Biroq bu reaksiya kislotaning miqdori yetarli darajada bo’lgandagina oxirigacha boradi. Eritmada kislota miqdori kam bo’lganda  yoki  hosil bo’lib,  cho’kmasi oxirigacha erimaydi.
c)Laboratoriya sharoitida alyuminiy nitrat tuzini olishning yana bir usuli alyuminiy sulfatga bariy nitrat ta’sir ettirishdir.

Ushbu reaksiya kimnyoviy reaksiya turlarining almashinish reaksiyasi xiliga xos bo’lib, reaksiya natijasida oq rangli bariy sulfat cho’kmaga tushadi. Eritmada esa alyuminiy nitrat qoladi. Shu narsani ham aytib o’tish kerakki, bu usulda olingan alyuminiy nitrat tarkibida ma’lum miqdorda suv molekulalari bo’ladi. Bu jarayonni quidagicha tushuntirish mumkin:  ioni kichik radiusli va katta zaryadli bo’lganligi sababli u kuchli qutblovchi ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham alyuminiy tuzlari, jumladan, alyuminiy nitrat ham eritmalarda suv molekulalari bilan birga kristallanadi:  9 O. Suvsiz alyuminiy nitratni olish esa hosil bo’lgan kristallogidratga azot(V) oksidi ta’sir ettiriladi:

Bundan tashqari alyuminy xloridga xlor nitrat eritmasini qo’shib reaksiya olib borilganda ham suvsiz  tuzini olish mumkin:

Suvsiz alyuminiy nitratni olish uchun alyuminy nitrat nonogidratini yuqori temperaturada qizdirish usulidan hamfoydalanish mumkin. Biroq bu nisbatan noqulayroq usul sanaladi. Negaki,bunda kristallogidratni qizdirish davomida u dastlab asta-sekin suv molekulalarini yo’qota boshlaydi, biroq keyinchalik temperatura ko’tarilgan sari juda tezlik bilan  ga qadar parchalanib ketadi.Shu sababdan ham hozirda alyuminiy nitratni olish uchun ushbu usuldan foydalanilmaydi.


Yüklə 215,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin