a)kuzatuv ro‗yhatini tayyorlash (jadval 1);
b)manometr ko‗rsatishini yozish М1, М2, М3;
c)termometr ko‗rsatkichlarini yozish Т1, Т2, Т3;
d)tarmoqdagi suv sarflarini yozish.
Mahalliy isitish sistemasidan qaytuvchi quvurdagi bosim manometri M1 orqali nazorat qilinadi. Mahalliy isitish sistemasida bosim tushishi M2 va M3 manometrlari ko‗rsatkichlari orqali nazorat qilinadi. Ma‘lum vaqt mobaynida 10 va 10 sarf o‗lchovlari ko‗rsatgichlari olib tashlanadi. O‗lchangan T1, T2, T3haroratlar orqali elevator aralashma koeffitsiyenti (2)-formula bo‗yicha aniqlanadi. O‗lchov sarfini ko‗rsatkichi orqali isitish sistemasidagi sirkulyatsion suv sarfini aniqlaymiz. G1va G2orqali elevator aralashma koeffitsiyenti 1-formula bo‗yicha aniqlanadi. 1-va 2-formula orqali hisoblangan aralashma koeffitsiyent hisoblangan natija qiymatlari bir-biriga yaqin bo‗lishi kerak.