1 – Laboratoriya ishi Mavzu: Kompyuterning asosiy va qo’shimchalarini sozlash Ishdan maqsad: Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalarini sozlashni o’rganish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter, protsessor, klaviatura, sichqoncha, tarmoq kartasi, audio karta, mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira
Masalani qo`yilishi: Qurilmalar haqida bilish va ularni turlarini o’rganish.
Nazariy qism :Kompyuter deganda- dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni ta'minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin. Birinchi shaxsiy kompyuter 1973- yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga mazkur shaxsiy kompyuter elektron o'yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977- yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi "Apple Computer" firmasi tomonidan mukammallashtirildi hamda dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi. Shundan beri kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.
Shaxsiy kompyuter quyidagi asosiy qurilmalar: Protsessor, monitor, klaviatura va sichqonchadan tashkil topgan. Protsessor (mother board) - qurilmalarni va hisoblashlarni boshqaruvchi, asosiy qurilma bo`lib, unga mikroprotsessor, tezkor va kesh xotira, mikrosxemalari, kontroller va turli adabter, elektrosxemalar o`rnatiladi. Protsessor asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi.
Mikroprotsessor - kompyuterni boshqarish va barcha hisob ishlari, buyruqlarni bajarilishini ta`minlaydi. Mikroprotsessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 100 million amalga va undan ortiq bo`lishi mumkin. Uning tezligi Megagerslarda hisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi. Masalan, Pentium 700.
Tezkor xotira - protsessor uchun zarur bo`lgan dasturlar va ma`lumotlarni saqlaydi. Kompyuter o`chirilishi bilan tezkor xotiradagi ma`lumotlar o`chiriladi.
Qattiq disk (doimiy xotira - Hard Disk Drive) - dastur va ma`lumotlarni doimo saqlaydi. U ba`zan "vinchester" deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi qattiq disk nomidan kelib chiqqan. Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi. Qattiq diskdagi dastur va ma`lumotlar esa o`chirilmaydi.
Kesh xotira - kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko`p ishlatilgan ma`lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o`rtasida joylashadi.
Sistemali blok – o‘zida bir necha murakkab qurilmalarni birlashtirgan va himoya g‘ilofiga o‘ralgan qurilma. Unda asosiy plata, protsessor, xotira, qattiq disk kabi muhim qurilmalar joylashgan.. Monitor - (lotincha so‘z bo‘lib, «eslatuvchi», «xabar beruvchi» ma’nolarini anglatadi) kompyuterdagi matn, grafik va boshqa turdagi ma’lumotlarni ekranda aks ettirish qurilmasi (8, 9, 10-rasmlar) bo‘lib, uning bir necha turlari mavjud:
MONITOR TURLARI Elektron nurli trubkali Suyuq kristalli
Plazmali (LED) Sensorli monitor
Klaviatura - bosma mashinkadagi kabi tugmachalardan iborat bo‘lib, ma’lumotlarni kiritish qurilmasi hisoblanadi.
Klaviatura quyidagi turlari mavjud: Standart (103ta klavish) Multimediali Erganamik
Sichqoncha-kompyuterga axborotlarni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi.Ular klaviaturaning o’rnini to’laligicha almashtira olmaydi.Bu qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmasiga egadir.
Skaner-tasvir va matn ma’lumotlarni kompyuterga kiritish qismi. Skanerlar rangli va rangsiz bo’ladi
.
Xulosa Yuqoridagi ma’lumotlarni o‘qib, kompyuterning imkoni juda katta ekanligini sezgan bo’lsangiz kerak. Undan tashqari bugungi kunda kitoblarni ham kompyuter orqali pdf formatda chiqarilmoqda. Bu esa istalgan vaqtda kitob o’qish imkoniyatini beradi. Ushbu laboratoriya tufayli biz shaxsiy kompyuteringizdagi asosiy bilimlarga ega bo'ldik. Bu bizga kompyuterni ta'mirlash va sotib olish bilan bog'liq bir qator muammolarni, shuningdek ish joyingizni yoki xodimlarning joyini tashkil etishga yordam beradi va bu o'zlarini kompyuterga to'g'ri va o'z vaqtida ishlashi, o'zlarini vaqtni ortiqcha sarflashni oldini oladi. Bularning barchasi bilan, o'zimizning bilimdonlik darajasini oshirish, biz o'z do'stlarimiz bilan kompyuter mavzularida aloqa qilishimiz mumkin.