1 – laboratoriya ishi tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini o’rnatish ishdan maqsad


a. Imtiyoz rejimiga o‘tish uchun foydalanuvchi rejimida kommutatorga Switch> enable buyrug‘ini yozing



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə3/14
tarix02.05.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#106344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1680088925 (1)

a. Imtiyoz rejimiga o‘tish uchun foydalanuvchi rejimida kommutatorga Switch> enable buyrug‘ini yozing.
Switch> enable
Switch#
Qatordagi o‘zgarish imtiyoz rejimiga o‘tganligiga e’tibor bering.
Kommutatorning konfiguratsiyasini tekshirish uchun imtiyoz rejimida show running-config buyrug‘ini kiriting. Agar kommutatorda sozlangan fayllar saqlangan bo‘lsa, ularni o‘chirib tashlang.
b. "Running configuration" faylini o‘rganing
Switch# show running-config
2960 kommutatori nechta FastEthernet interfeyslari mavjud? ________
2960 kommutatori nechta Gigabit Ethernet interfeyslari mavjud? ________
VTY-kanalining diapazon qiymati qancha? ________
c. VLAN 1 uchun SVI harakteristikalarini o‘rganing.
Switch# show interface vlan1
VLAN 1 tarmog‘i uchun IP-manzil qo‘yilganmi? ________
SVI qanday MAC-manzilga ega? _______________________
Ushbu interfeys yoqilganmi? ___________
Switch# show ip interface vlan1 qanday ma’lumotlar chiqdi?
d. Kommutatorning Cisco IOS operatsion tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘rganing. Switch# show version
Hozirda ishlab turgan kommutator qaysi Cisco IOS operatsion tizimda ishlaydi? ______________________________________
Tizimning fayl obrazi qanday nomlanadi? _____________________


2. Tarmoq qurilmasini asosiy ko‘rsatkichlarini sozlash




2.1. Kommutatorning asosiy parametrlari: qurilmaning nomi, lokal parollar, MOTD (qurilmaga kirishda kiruvchini ogohlantiruvchi xabar) banneri, boshqaruv manzili va Telnet orqali kirishlarni sozlang

  1. Agar kommutatorning NVRAM xotirasida konfiguratsiyaning fayli saqlanmagan bo‘lsa, siz imtiyoz rejimda bo‘lasiz. Agar qator Switch> ga o‘zgargan bo‘lsa enable ni yozing.

Switch> enable
Switch#

  1. Global konfiguratsiya rejimiga o‘ting.

Switch# configure terminal
Switch(config)#
Global konfiguratsiya rejimini ko‘rsatish uchun qator yana o‘zgardi.

  1. Kommutatorga nom bering.

Switch(config)# hostname S1
S1(config)#

  1. Parolni shifrlanishini sozlang.

S1(config)# service password-encryption
S1(config)#

  1. Imtiyoz rejimiga kirish uchun maxfiy parol sifatida class bering.

S1(config)# enable secret class
S1(config)#

  1. MOTD (qurilmaga kirishda kiruvchini ogohlantiruvchi xabar) bannerini sozlang.

S1(config)# banner motd # Qurilmaga kirish taqiqlanadi#

  1. Rejimlarga o‘tishdagi o‘tishlarni sozlanganligini tekshiring.

S1(config)# exit
S1# exit
Foydalanuvchi rejimidan imtiyoz rejimiga o‘ting. Parol so‘ralganda class ni kiriting.
S1> enable
Password:
S1#
Izoh: kiritishda Parol ko‘rinmaydi.

  1. Kommutatorning SVI siga IP manzil qo‘yish uchun global rejimga kiring. Bu esa kommutatorni uzoqdan boshqarish imkoniyatini beradi.

S1 kommutatorni uzoqdagi PC-A kompyuter orqali boshqarishdan oldin kommutatorga IP manzil qo‘yish kerak. Kommutatorning dastlabki xolatidagi konfiguratsiyaga asosan kommutatorni boshqarish VLAN 1 orqali amalga oshiriladi.
Kommutatorning ichki virtual interfeys (SVI) VLAN 1 ga IP manzil 192.168.1.100 va tarmoq maskasi 255.255.255.0 ni sozlang.
S1(config)# interface vlan1
S1(config-if)# ip address 192.168.1.100 255.255.255.0
S1(config-if)# no shutdown
S1(config-if)# exit
S1(config)#

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin