Umumiy maqsadli amaliy dasturiy ta’minot ga yorqin misoli qilib Microsoft kompaniyasining Microsoft Office dasturlar paketini misol qilib keltirish mumkin. Chunki bu dasturlar paketi Microsoft tomonidan Windows muhitiga moslab chiqarilgan va u o’zida kundalik hayotda kerak bo’ladigan mukammal dasturlarni jamlagan. Windows OS rivojlanishi barobarida Office dasturlar paketi ham unga mos rivojlanib bordi. Microsoft Office dasturlar paketining rivojlanishi qisqacha quyidagi jadvalda keltirilgan.
Microsoft Office paketi Microsoft Office 2003 gacha imkoniyatlari ortib, tarkibiga yangi dasturlar qo’shilib borsada o’z ko’rinishini o’zgartirmagan edi. Ammo sotuvga chiqarilgan Microsoft Office 2016 paketi o’zidan avvalgi avlodlarning barcha buyruqlari va imkoniyatlarini saqlab qolgan bo’lsada, ko’rinishi oldingi versiyalardan tubdan farq qilar edi.
Microsoft Office 2016 dizayn va imkoniyatlar jixatdan oldingi versiyalarni ortda qoldirgan bo’lsada, ko’pchilik foydalanuvchilar hanuzgacha Microsoft Office 2003 ni ma’qul ko’rishmoqda. Quyida Microsoft Office 2003 dasturlar paketining aosiy dasturlari vazifalari bilan qisqacha tushuntirib o’tilgan.
Microsoft Office Word 2003.Butun dunyoda birinchi deb tan olingan matn muharriri. Asosan matn, jadval va tasvir ko’rinishdagi materiallarni o’zida jamlagan xujjatlarni yaratish, o’zgartirish, saqlash, tahrirlash, bezash va chop etish kabi ko’plab amallarni bajarishga xizmat qiluvchi dastur. Microsoft Offise Word 2003 dasturi yordamida sodda xat yoki faks matnini tayyorlashdan boshlab, murakkab xisobot va ilmiy asarlarni ham tayyorlash imkoniyati mavjud. Microsoft Office Word 2003 da tayyorlangan maxsulat xujjat deb yuritiladi.
Excel. Oddiy jadval yaratishdan tortib, murakkab xisob kitob ishlarini amalga oshirish, muhandislik masalari yechimini topish, statistik ma’lumotlarni taxlil etish, turli matematik funksiyalarni xisoblash va turli ko’rinishdagi diagrammalarni xosil qilish imkoniyatini foydalanuvchiga taqdim etuvchi dastur. Microsoft Office Excel 2003 da tayyorlanayotgan maxsulot ishchi kitob deb yuritiladi va uning asosiy elementi yacheyka (katak) xisoblanadi. Xar bir ishchi kitob bir nechta saxifalardan iborat va o’z o’rnida xar bir saxifa lotin bosh xarflari birikmasi bilan nomlangan 256 ta ustun va sonlar bilan tartiblangan 65536 ta satrdan iborat. Bitta saxifada jami 16 777 216 ta yacheyka bor.