1- ma’ruza : informatika va axborot texnologiyalari fanidan o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish metodikasi reja



Yüklə 392,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix10.10.2022
ölçüsü392,87 Kb.
#64823
  1   2   3
1-Maruza(S4)



1- MA’RUZA : INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
FANIDAN O’QUV MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH 
METODIKASI 
REJA: 
1. Zamonaviy informatika xonasida o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish. 
2.Informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy mashg’ulotlarini tashkil etish. 
3.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil 
etish. 
«Informatika» va «Axborot texnologiyalari» o‘quv fanlari bo‘yicha amaliy 
mashg‘ulotlarda nazariy mashg‘ulotlarda berilgan bilimlar mustahkamlanadi.
Amaliy mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi o‘quvchilarda bilimlar hosil qilish, o‘quv 
va malakalarni shakllantirish hamda ular tafakkurini takomillashtirishdan iborat ekan, 
o‘quvchilarga o‘qish, yozish, gapirish, tinglash, fikrlash ko‘nikmalarini birdek 
rivojlantirib borish lozim. Bu maqsadni amalga oshirish uchun informatikadan amaliy 
mashg‘ulot jarayonida turli mazmundagi mashqlarni bajartirib borish muhim ahamiyat 
kasb etadi.
An’anaviy o‘qitish tizimida zarur malakalarni shakllantirish ko‘p sondagi 
mashqlarni takroran bajartirish orqali erishishga asoslangan. Mavjud darslik va 
to‘plamlarda bir xil turdagi mashqlarning ko‘p sonda berilishini ham shu bilan izohlash 
mumkin. Bizningcha, malaka hosil qilishda mashqlarning bu qadar yuzaki bajarilishini 
takrorlamasdan, mashqlarning har xil turini tanlash va ularni o‘quvchilar tomonidan 
ongli, faol bajarishlarini ta’minlash orqali erishish lozim.
Informatika fanida foydalaniladigan mashqlarni bir nechta turga ajratilgan. 
I. Tushunchalar mazmunini ochishga qaratilgan mashqlar. O‘quvchi o‘quv 
materialini tushunish uchun mavzudagi har bir tushuncha mazmunini anglab yetmog‘i 
zarur. Tushunchalar mazmunini ochishga qaratilgan mashqlar bunday vazifani amalga 
oshirishda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Bu turga oid mashqlarning shartini ushbu 
shaklda berish mumkin: «Quyidagi fikrlardan qaysilari to‘g‘ri (noto‘g‘ri):».
Namuna uchun quyidagi mashqni keltiramiz:
1-mashq. Quyidagi fikrlardan qaysilari to‘g‘ri?:
a) VA, YoKI bog‘lovchilari, EMAS to‘liqsiz fe’li qatnashgan darak gap murakkab 
mulohaza bo‘ladi;
b) mulohaza qiymati aniq rost yoki yolg‘on qiymatga ega bo‘lishi shart emas;
v) murakkab mulohaza ikkitadan ortiq sodda mulohazadan tuzilishi ham mumkin.
II. Jarayonni tushunishga doir mashqlar. Ma’lum bir ob’ektni o‘rganish uchun 
uning tarkibidagi elementlar qanday tartibda joylashganligi yoki biror jarayonni o‘rganish 
uchun unda bajariladigan amallarning qanday ketma-ketlikda amalga oshirilayotganligini 
to‘g‘ri tushunish muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadda sharti «Quyidagi ...larni ... ketma-
ketligida joylashtiring (ko‘chirib yozing yoki o‘qing):», «Quyidagi ...dan keyin ... qanday 
bo‘ladi?:», «Quyidagi dastur (algoritm) qanday vazifani bajarishini aniqlang:», «Berilgan 
... dasturidagi operatorlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtiring:» ko‘rinishida berilgan 
mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Mashq namunasini keltiramiz:
2-mashq. Berilgan sonning butun yoki butun emasligini tekshiruvchi dastur tuzib, 
buyruqlari quyidagi ko‘rinishda almashtirib joylashtirilgan. Ularni to‘g‘ri ketma-ketlikda 
joylashtiring va satr raqamlarini yozing:
If n=int(n) then a$=« — butun son» else a$=« — butun son emas»
WriteLn( n,a$);


End. 
ReadLn(‘sonni kiriting‘, n);
III. Buyruq va ifodalarni o‘qishga doir mashqlar. O‘quvchilarda bilimlarning to‘g‘ri 
shakllanishi uchun buyruq va ifodalarni to‘g‘ri o‘qiy olish malakalarini shakllantirish 
muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarning u yoki bu buyruqni to‘g‘ri o‘qiy olishlariga 
erishish uchun «Quyidagi ....larni o‘qing:» mazmunidagi mashqlarni bajartirib borish 
foydalidir.
Misol keltiramiz: 
3-mashq. Quyidagi operatorlarni o‘qing:
a) RESTORE; b) DATA; v) READ.
IV. Yozma nutq va yozish malakalarini shakllantirishga doir mashqlar. Yozma nutq 
va yozish malakalarini shakllantirishga doir mashqlarning «Quyidagilarni ... holda 
ko‘chirib yozing:», «Quyidagi ...larni ... yozing:» ko‘rinishlaridan foydalanish mumkin.
Bu turga quyidagi mashqni misol qilib ko‘rsatish mumkin: 
4-mashq. Quyidagi jadvallardan sonli va belgili elementlarga ega bo‘lganlarini 
ajratib yozing:
a) A (21); b) L$ (19);
v) SUZ% (9,9); g) K$ (N%,M%).
V. Noto‘g‘ri berilganlarni tuzatishga doir mashqlar. Noto‘g‘ri berilganlarni 
tuzatishga doir mashqlarning «Quyidagi ...larni yozishda qanday xatolarga yo‘l 
qo‘yilgan:», «Quyidagi ...lardan qaysilarini yozishda xatoga yo‘l qo‘yilganligini aniqlang 
va ularni izohlang:», «Dasturdagi o‘rinlari noto‘g‘ri joylashtirilgan operatorlarni 
tuzating» ko‘rinishlaridan foydalanish mumkin.
VI. So‘zli yozuvdan belgili yozuvga va, aksincha, belgili yozuvdan so‘zli yozuvga 
o‘tishga doir mashqlar. Yozuvni so‘zli tildan belgili yozuvga o‘tkaza olish o‘quvchilar 
fikrlash qobiliyatining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bunday mashqlar o‘quvchini o‘z 
fikrini og‘zaki nutqda ham, yozma bayonda ham aniq ifodalashga o‘rgatadi. Bu 
maqsadda «Quyidagi ...larni Paskal tilidagi operator shaklida yozing:», «Quyidagi har bir 
jumlani Beysik tilidagi operator shaklida yozib, dastur hosil qiling:», «Quyidagi 
dasturning har bir satri qanday vazifani bajarishini ayting (yozing):» mazmunidagi 
mashqlarni barajtirish foydalidir.
So‘zli yozuvdan belgili yozuvga va, aksincha, belgili yozuvdan so‘zli yozuvga 
o‘tishga doir mashqqa misol sifatida quyidagi mashqni ko‘rsatish mumkin: 
5-mashq. Quyidagi buyruq shaklida berilgan shartlarni Paskal tilida yozing:
a) A$ belgili kattalikning 5-belgisidan boshlab uchta belgisini qirqib olganda 
«LAR» qo‘shimchasidan iborat bo‘lsa, S ning qiymati bitta orttirilsin;
b) V$ belgili kattalikning 8-belgisi «A» harfidan iborat bo‘lmasa, bu belgi ekranga 
chiqarilsin;
v) uzunligi L bo‘lgan L$ so‘zning uchinchi harfi «B» bo‘lsa, uni «V» harfi bilan 
almashtirilsin.
VII. Hisoblashga doir mashqlar. Informatikadan turli mazmundagi hisoblashga doir 
mashqlarni bajartirish o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishning muhim omilidir. Hisoblashga 
doir mashqlarning «Quyidagi amallarni bajaring:», «... ni hisoblang.» ko‘rinishlaridan 
foydalanish mumkin.
Misol: 
6-mashq. Takrorlash operatori sarlavhasi quyidagicha bo‘lganda uning tanasi necha 
marta bajariladi:
FOR Z = 5 TO 7 DO ...;


VIII. Algoritm va dastur tuzishga doir mashqlar. Bunday mashqlarning «... 
algoritmini tuzing.», «... algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tasvirlang.», «... dasturini 
tuzing.» ko‘rinishlaridan foydalanish mumkin.
XI. Mavzularning o‘z xususiyatidan kelib chiqadigan mashqlar. Informatikada 
shunday mashqlar ham bajartiriladiki, ularni bajarishda talab qilinadigan faoliyat 
yuqorida ko‘rilgan mashq turlaridan bir nechtasida ishtirok etadi va ularning har biri 
mashq bajarilishida muhim hisoblanadi. Shuning uchun ularni yuqoridagi mashq 
turlaridan birortasining tarkibiga kiritish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Biz ularni mavzularning o‘z 
xususiyatidan kelib chiqadigan mashqlar deb umumiy bir turga ajratganmizki, bunday 
mashqlar turli mazmunda berilishi bois ularni sanab o‘tishning imkoniyati yo‘q.
Misol: 
7-mashq. AAK-8 harf raqamli kodlash usulidan foydalanib, quyidagi gapni o‘n oltili 
kodlang:
«Ona — buyuk zot!»
Ushbu mashqda tushuncha mazmunini ochish, jarayonni tushunish, o‘qish, yozish, 
hisoblashga oid faoliyatlarning har biri va asosiysi, kodlashtirishning o‘zi xususidagi 
bilimlarga ega bo‘lish talab qilinadi. Mashqni bajarish jarayonida asosiy e’tibor 
ko‘rsatilgan faoliyat turlariga emas, kodlashtirishni o‘rganishga qaratiladi. 
Informatikadan amaliy mashg‘ulotlarda o‘tgan mavzusini takrorlash va malaka hosil 
qilishga bag‘ishlanib, mashg‘ulotlar yangi o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlash 
darsining davomi sifatida unga bog‘lab tashkil etiladi. Ushbu mashg‘ulotlarda ko‘proq 
turli-tuman mashqlardan foydalaniladi, o‘rganilgan bilimlar ustida o‘quvchilar faoliyati 
tashkil etiladi, bilimlar turli o‘quv sharoitlariga tatbiq etiladi. Bilimlarni esga tushirish, 
ularni o‘quv va hayotiy sharoitlarga tatbiq etish natijasida o‘quvchilarga shu bilimlarga 
oid malakalar shakllanadi. 
Amaliy mashg‘ulot asosan uchta bosqichdan iborat:
a. o‘rganilgan bilim va faoliyat usullarini ongli esga tushurish; 
b. esga tushurilgan bilim va faoliyat usullarini yangi o‘quv sharoitlariga tatbiq qilish;
c. bilimlarni yangi dalillar bilan boyitish.
Bunday mashg‘ulotlar ko‘nikmalarni malaka darajasiga ko‘tarish, mavzu doirasida 
yangi bog‘lanish, aloqalarni ajratish va qayd qilish bilan o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. 
Misol sifatida «Windows operatsion sistemasi» mavzusi bo‘yicha amaliy 
mashg‘ulotni o‘tish metodikasini keltiramiz. 

Yüklə 392,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin