1- ma’ruza mavzu: Ta’lim texnologiyasining tuzilishi Reja


“Kechiktirilgan, o‘zgaruvchan natija”



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix03.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#92775
1   2   3   4   5
portal.guldu.uz-1-ma`ruza (1)

2. “Kechiktirilgan, o‘zgaruvchan natija”. Moddiy va masul (masalan, ishlab 
chiqarish sharoitidagi) faoliyat ma’lum sohaning borliq qonuniyatlari bilan bog‘liq. SHu 
bois ishlab chiqarish texnologiyalari texnologik tartibni qat’iy belgilanishi bilan 
xususiyatlanadi va shu bilan birga natijani belgilangan maqsadga mosligini doimo 
ta’minlaydi. 
Vaholanki, ta’limiy faoliyat shaxsiy-sub’ektiv, hissiyotli xususiyatga ega bo‘lib, u 
mualliflik, individual, ijodiy, tayyorgarliksiz, ya’ni jarayonni o‘zida yaratish tabiatida 
ta’lim berishga asoslanadi, ta’lim beruvchining ‘sixologik-kasbiy xususiyatlari hamda 
ta’lim oluvchilarni ko‘’ qirrali shaxsiy xususiyatlari bilan ifodalanadi. SHu bois, ta’lim 
texnologiyasida belgilangan tartibdan chetga chiqishga yo‘l qo‘yiladi, birgina va faqat shu 
texnologiyani amalga oshirishda sub’ekt tomonidan erishilgan ta’lim natijalari esa, 
kechiktirilgan, o‘zgaruvchan xususiyatga ega bo‘ladi. 



Shunday bo‘lsa ham har qanday holatda ham erishilgan natija bir oz o‘rtacha 
ko‘rsatkichga yaqin bo‘ladi. 
Ta’lim texnologiyasini tuzilmasi 
 
Tuzilish (lot. structura – tuzilish, joylashish), tarkibiy qismlarning muayyan 
o‘zaro aloqasi, o‘zaro joylashuvi; biror narsani tuzilishi. 
Tuzilmaning qismlari – uning shartli bo‘linmaydigan va qiyoslana oladigan 
qismlari. 
Tuzilmaning tashkil etuvchilari - qismlar uchun ularni birlashtiruvchi nom.
Ta’lim texnologiyasi - tizimli toifa bo‘lib, tuzilmaviy tashkil etuvchi va qismlari 
bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi: 
1. Ta’limning yo‘l va vositalari: 
Ta’lim usullari; ta’lim shakllari; ta’limning yo‘llari, texnikalari; ta’lim 
vositalari. 
2. Muloqotning yo‘l va vositalari: 
2.1. Ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan birga tezkor qaytar aloqa 
asosida bevosita o‘zaro harakati:
(1) ta’lim beruvchi - o‘quv axborot manbai, undan foydalanishning 
tashkilotchisi hamda nazoratchisi; 
ta’lim oluvchi - axborot iste’molchisi, ta’sir o‘tkaziladigan boshqaruv ob’ekti; 
(2) ta’lim beruvchi - o‘quv axboroti manbai bo‘lib, maslahatchi, ta’lim 
jarayonining sub’ektlari o‘rtasida axborot almashinuvining muvofiqlashtiruvchisi; 
ta’lim oluvchi- o‘quv axborotini egallash va uni ishlatish bo‘yicha shaxsiy 
mustaqil ijodiy faoliyat sub’ekti. 
2.2. Vaqt bo‘yicha bo‘lingan qaytar aloqa bilan ta’lim beruvchini ta’lim 
oluvchilar bilan birga bavosita o‘zaro harakati: 
(1) ta’lim beruvchining ta’lim manbalari bilan ta’lim oluvchilarni eng kam 
ishtiroklaridagi o‘zaro harakati; 
(2) ta’lim beruvchining bir ta’lim oluvchi bilan, ikkita ta’lim oluvchi 
o‘rtasidagi: faol o‘zaro harakat; 
(3) ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari o‘rtasida: ta’lim beruvchi 
ta’lim oluvchilar guruhi bilan; ta’lim oluvchi guruhlar o‘rtasida: faol o‘zaro 
harakat. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin