1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja


Tolali optik aloqa tizimining tuzilishi



Yüklə 165,68 Kb.
səhifə16/44
tarix14.12.2023
ölçüsü165,68 Kb.
#177033
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja-fayllar.org

Tolali optik aloqa tizimining tuzilishi
TOA tizimining tuzilish sxemasi (1.3–rasm) ham OA tizimiga xos standart qurilmalardan iborat. Faqatgina optik signallarni tarqalishini ta’minlash uchun uzatish muhiti sifatida optik kabel tolasi ishlatiladi.
TOAtizimining tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
KHQU – kanal hosil qiluvchi uskuna;
MvQ – muvofiqlashtiruvchi qurilma;
OUz – optik uzatgich;
ONM - optik nurlanish manbai;
MQ – moslashtiruvchi qurilma;
UzOM – uzatuvchi optik modul;
OT – optik tola;
OR – optik retranslyator;
OQq – optik qabul qilgich;
QqOM – qabul qiluvchi optik modul;
ONQq – optik nurlanish qabul qilgich.
a) TOAtizimi uzatish traktining tuzilish sxemasi
b) TOA tizimi qabul qilish traktining tuzilish sxemasi

2.3–rasm. TOA tizimining tuzilish sxemasi
Xozirgi kunda OA ning oxirgi qurilmalari sifatida raqamli uzatish tizimlari (RUT)dan foydalanilmoqda. Chunki RUT analog uzatish tizimlariga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega: shovqin bardoshliligi yuqori, signalni uzatish sifati liniya trakti uzunligiga kam bog’liq, texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori va boshqalar. Kanallari chastota bo‘yicha bo‘lingan analog uzatish tizimlarining bir qancha kamchiliklari tufayli, ularning OA da qo‘llanilishi chegaralangan.

2.3.Tolali optik aloqa tizimlari: plezioxron ierarxiyaning aloqa tizimlari, sinxron raqamli ierarxiyaning optik aloqa tizimlari
Ma’lumotlarni uzatish tarmog’ida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning boshlanishi IKM, ya’ni kabelli aloqa tarmoqlari asosidagi raqamli telefon tizimlari bilan bog’liq. IKM va kanallarni vaqtli ajratishga ega bo‘lgan multipleksorlash usuli qo‘llaniladigan, ovozni uzatuvchi birinchi raqamli tizim, 1962-yilda Chikagoda o‘rnatilgan Bell System (AQSh) kompaniyasining tizimi hisoblangan. Bunday tizim mis simli kabellar orqali, Bell System kompaniyasi ofislari orasida 24 ta ovozli kanallarni uzatish imkonini bergan. Har bir ovozli kanal 64 kbit/s tezlikda uzatilgan va barcha kanallarning ikkilik ma’lumotlari 1536 kbit/s tezlikli yagona oqimga multipleksor yordamida birlashtirilgan, xizmat kanali (8 kbit/s)ni nazarda tutgan holda bu oqimning tezligi 1544 kbit/s ga yetdi. U keyingi standartlashga asoslangan holda, oldin AQSh da raqamli telefonlashtirish tizimlari uchun multipleksorlashning birinchi satxi deb qabul qilingan va nomi chiqqan DS1 yokiT1 kanaliga aylandi.

Bu raqamli ma’lumotlarni uzatuvchi tijorat kompyuter tizimlarini tashkillashtirish uchun qo‘llaniladigan shuningdek lokal tarmoqlarga kompyuterlarni birlashtirish uchun, rivojlangan kirish/chiqishli multipleksor tizimlariga ega, kirish/chiqishli kanal konsepsiyasini olib keluvchi EHM larning uchinchi avlodining (IBM System 360, 1963 god) paydo bo‘lgan vaqti edi


1971-yilda Intel kompaniyasining birinchi mikroprotsessorlari paydo bo‘lishi bilan, faqatgina mikroprotsessor texnikasi va texnologiyalari rivojlanishiga bo‘lgan intilish, telekommunikatsiya tizimlarida raqamli texnikani yaratish imkonini berdi va keng tarqalishiga olib keldi, shuningdek IKM asosida ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini rivojlantirishda ikkinchi katta turtki bo‘ldi.
Tarmoqning, umumiy vazifali EHM lar yoki menfreymlar asosida birinchi yaratilgan kompyuter texnologiyalari, mana bir necha yillardan beri shaxsiy kompyuterlar tarmog’iga birlashish uchun qo‘llanilib kelinmoqda. Aloqa tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha yuqori talablarni qondirish uchun mikroprotsessorlarni ishlab chiqish va ularning funksional imkoniyatlari juda oshgan bir paytda tarmoq texnologiyalarini keng qo‘llashga imkon yaratildi.
Tarmoqning raqamli texnologiyalari global va lokal tarmoqlar uchun parallel holda oxirgi paytgacha rivojlandi. Global tarmoq texnologiyalari asosan ovozni uzatish uchun qo‘llaniladigan raqamli telefon tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltirildi. Lokal tarmoq texnologiyalari–uning teskarisi, asosan ma’lumotlarni uzatish uchun qo‘llanildi.
Raqamli telefon tarmoqlarining rivojlanishi kanallarni liniya bo‘yicha zichlashtirish bo‘yicha ketdi. Bu T1 past tezlikli birlamchi kanallarni multipleksorlash hisobiga amalga oshgani kabi, anchagina samarali bo‘lgan modulyatsiyalash usullarini qo‘llash hisobiga ham amalga oshdi. Masalan bunday usulga 32, 16 i 8 kbit/s tezlikda ovozni uzatishda qo‘llash imkonini beruvchi differensial IKM va uning modifikatsiyasini qo‘llash kiradi.
Multipleksorlash sxemasining rivojlanishi, uzatish tezliklari va kanallari standartlashgan: DS2 yoki T2/Ye2, DS3 yoki TZ/YeZ, DS4 yoki T4/Ye4. turli satxlarga ega (davlatlarning turli guruxlari uchun) uchta raqamli ierarxiyani yuzaga keltirdi. Pleziaxron (xuddi sinxron kabi) deb atalgan, PDH (PRI) raqamli ierarxiya keng qo‘llanildi va hozirgacha raqamli telefonlashtirishdagi kabi ma’lumotlarni uzatishda ham qo‘llanilib kelinmoqda.
Oxirgi yillarda, PDH asosidagi tezlikli telekommunikatsiya texnolorgiyalarining rivojlanishi, yetarli darajada yangi bo‘lgan ikkita raqamli texnologiyalar: sinxron optik tarmoqlar SONET va sinxron raqamli ierarxiya SDHni paydo bo‘lishiga olib keldi, ayrim hollarda bu uzatish tezligining diapazonini 40 Gbit/s gacha kengaytiruvchi, xuddi yagona texnologshiya SONET/SDH kabi qaraladi. Bu texnologiyaning uzatish muhiti sifatida tolali optik kabellarni qo‘llash mo‘ljallangan.
SDH tizimlari shunaqa tez rivojlandiki, oxirgi yillarda ularning nafaqat namenklaturasi, balki tarmoqni himoyalashni tashkillashtirishda bir qator yondashishlar va ularni WDM texnologiyasi asosida optik tarmoqlar bilan o‘zaro bog’lanishi ham o‘zgardi.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha multipleksorlovchi tizimlar - WDM tizimlari ham oxirgi yillarda yetarli darajada rivojlandi va to‘lqin uzunligi bo‘yicha kommutatsiyalash va marshrutlashtirish imkoniga ega optik tizimlarda evolyusiyalanmoqda. Ular nafaqat SDH tizimlari bilan birgalikdagi bog’lamlarda qo‘llanilmoqda (ma’lumotlarning sinxron oqimlari manbalari kabi), balki alohida o‘zini qo‘llash yoki boshqa texnologiyalar ishlab chiqqan (masalan, ATM, Ethernet, FDDI, IP, Token Ring). ma’lumotlar oqimini shaffof uzatish imkoniyatlarini qo‘llashi mumkin.
Vanihoyat oxirgi yillarda SDH/WDM tarmoqlarida optik funksional elementlar: optik kuchaytirgichlar, kirish-chiqishli optik multipleksorlar, optik modulyatorlar, optik kommutatorlar va marshrutizatorlar keng qo‘llanila boshladi. Bunday texnologiyalarni va optik elementlarni qo‘llash nafaqat ishlab chiqaruvchilardan, balki SDH apparaturalaridan foydalanuvchi muxandislardan ham optik texnologiyalar sohasida yetarli bilimni talab qiladi.
Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, raqamli uzatish tizimlarining jadallik bilan rivojlanishi, ularni analog uzatish tizimlariga nisbatan juda ko‘p afzalliklari bilan bog’liq ekan, masalan: yuqori shovqinbardoshlik, signalni uzatish sifatining aloqa liniyasi uzanligiga kam bog’liqligi, aloqa kanallarining elektrik parametrlarini mo‘tadilligi, diskret xabarlarni uzatishda o‘tkazuvchanlik qobiliyatidan samarali foydalanish va xokazolar.



Yüklə 165,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin